Fakulteti kafedrasi o`zbekistonning eng yangi tarixi


O`zbekiston respublikasi davlat gerbi


Download 0.79 Mb.
bet3/3
Sana25.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1396509
1   2   3
Bog'liq
7-Mustaqil ish mavzu O`zbekiston Respublikasi Davlat Ramzlari

O`zbekiston respublikasi davlat gerbi
1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida «O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi» to`g`risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb markazidagi humo qushi-baxt saodat va erksevarlik ramzi. Gerbning yuqori qismidagi sakkiz qirrali yulduz respublikamizning sobit va barqarorligi timsoli sifatida tasvirlangan.
Quyosh — davlatimizning yo`li xamisha nurafshon bo`lishi bildirilgan yaxshi niyat, ayni paytda u O`zbekistonning noyob iqlimga ega mamlakat, serquyosh o`lka ekanligini bildiradi.
Boshoq — rizq-ruzimiz timsoli, tukin-sochinlik ifodasi.
Oppoq paxta — O`zbekiston dong`ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz ramzi.
Bugdoy va paxta chanoqlarini Davlat bayrog`i lenta bulib o`raganligi O`zbekistonda yashayotgan xalqlar do`stligi va yakdilligi ifodasi hisoblanadi.
Gerb rangli tasvirda bulib, Humo qushi kumush rangda, Quyosh, boshoqlar, paxta chanog`i va «O`zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, g`o`za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog`lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i tasvirlangan lenta to`rt xil rangda berilgan.


O`zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrida bo`lib o`tgan XI sessiyasida «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.



O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,


Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,


Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,


Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,


Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagandiyor!


Xulosa
Shunday qilib, qo`lga kiritilgan mustaqillik o`zbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana bordi. Xalq engil nafas olish imkoniyatiga ega bo`ldi. U endi kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. O`z yurtining to`la xo`jayini ekanligini, o`z taqdirini o`zi belgilash imkoniyatini qo`lga kiritganligini his qila boshladi. Xalqimizning o`z mustaqilligini his qilishida davlatimiz ramzlari muhim o`rin tutdi. O`zimiz o`z mustaqilligimiz,o`z an`analarimizda kelib chiqqan holda o`z davlat ramzlarimizni tanladik.
Bu buyuk olamshumul yutuq edi

Foydalanilgan adabiyotlar
Narzulla Jo`rayev, Tursunboy Fayzullayev
O`zbekistonning eng yangi tarixi (3-kitob)

  1. https://ziyonet.uz

  2. https://arxiv.uz

  3. https://www.wikipedia.org

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling