qishloq xo’jaligini rivojlantirish zaruriyati. Dunyo xo’jaligi tizimida
qishloq xo’jaligini ustivor tarmoq sifatida rivojlantirish zaruriyati bir qator sabablar
bilan bog’liq agroishlab chiqarish soxasidagi vazifalarni belgilab beradi.
Birinchi sabab - o’sib borayotgan yer shari axolisini oziq-ovqat
maxsulotlari bilan ta’minlash. XX asrdagi axoli ko’payishining yuqori sur’atlar
bilan borishi (Lotin Amerikasi va boshqa bir qator mintaqalarda ayrim yillari
axolining o’sish sur’atlari 3% ga yetdi.), «demografik portlash» jarayoni qishloq
xo’jaligi maxsulotlari yetishtirish xajmini oshirib borishni taqozo qiladi. CHunki,
XXI asr boshlarida xam BMTning oziq-ovqat komissiyasi ma’lumotlariga ko’ra
700-750 mln.kishi och, to’yib ovqat yemaydi yoki yarim och xolda kun
kechirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |