Uchinchi sabab - sanoatning xom-ashyo asosini mustaxkamlash bilan
bog’liq. Ayniqsa, bu muammo bilan rivojlanayotgan mamlakatlar to’qnash
keldilar. CHunki, industrlashtirish jarayonini tezlashtirishda bu mamlakatlar
qishloq xo’jaligiga umid qilgan edilar. Yengil sanoatining yetarli darajada xomashyo bilan ta’minlashga urinishlar agroasoslarning bo’shligi tufayli ko’tilgan
natijalarini bermadi. Natijada, 80-yillarda ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar
iqtisodiyotida sanoat rolining pasayishi kuzatildi. Faqatgina, Janubiy va JanubiySHarqiy Osiyo mamlakatlari qishloq xo’jaligini intensifikatsiyalashlari orqali chuqur tarmoqlararo farqdan qutulib qoldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |