Fakulteti kafedrasi Ro’yxatga olindi №


-bob.Dunyo xo’jaligi asosiy ko’rinishlari va yangi jarayonlar


Download 213.22 Kb.
bet9/25
Sana05.01.2022
Hajmi213.22 Kb.
#214709
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Jahon xo’jaligining vujudga kelishi, asosiy belgilari va bosqichlari

2-bob.Dunyo xo’jaligi asosiy ko’rinishlari va yangi jarayonlar

2.1. Dunyo xo’jaligi va mexnat taqsimotidagi yangi jarayonlar

80-90 yillarda dunyoda yuz bergan juda katta iqtisodiy-siyosiy-ijtimoiy


jarayonlar dunyo xo’jaligiga, uning sifat jixatlariga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Ikki
tuzumning qarama-qarshiligining barxam topishi Yevropada, qolaversa, butun
dunyoda kuchlarning yangi nisbatlariga olib keldi. Natijada, dunyodagi bir-biriga
bog’liq muammolarni xal qilish mamlakatlarning rivojlanish darajasi bilangina
emas balki, XMT va dunyo xo’jaligidagi ishtiroki bilan xarakterlanadi. Davrning
asosiy xususiyati bu integratsiyaning umumlashuvi - kapital ishlab chiqarish va
mexnatni qamrab olganligidir. Iqtisodiy integratsiya - turli milliy xo’jaliklarning
baynalminallashuvi bo’lib ikki va undan ortiq milliy xo’jaliklarning yagona
xo’jalik mexanizmini yaratish maqsadidagi yaqinlashuvi va uyg’unlashuvidir.
Iqtisodiy integratsiya bir-biriga yaqinlashayotan mamlakatlar xo’jaliklarning
bir-biri bilan bog’liqligi asosida yuzaga keladi va siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va
boshqa yo’nalishdagi muammolarni xal qilish vositasi, mavjud tabiiy shart-sharoit
va resurslardan oqilona foydalanish vositasidir. Integratsiya maqsadi integratsiyalanayotgan mamlakatlarning jaxon bozorlaridagi savdo-sotiqda
raqobatbardoshligini ta’minlash va foyda olish, zamonaviy ilmiy-texnika va
texnologiya yutuqlaridan oqilona foydlanishini ta’minlashdan iboratdir.
Iqtisodiy integratsiyaning muxim sharti mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlanishi darajalarining nisbatan tengligi va bir-biri bilan chegaradoshligidir
(qo’shniligi). Iqtisodiy integratsiyaning asosiy xususiyatlaridan biri - bu jarayon
dastlab Yevropada (Evropa iqtisodiy xamjamiyati (EIX), Sobiq O’zaro Iqtisodiy
Yordam Kengashi (O’IYoK) boshlandi va keyinchalik boshqa mintaqa va
mamlakatlarni xam qamrab oldi.
Integratsiya jarayoni, rivojlanish darajasiga bog’liq xolda, beshta pog’onaga
ajratiladi: 1) erkin savdo mintaqasi; 2) bojxona ittifoqi; 3) umumiy bozor; 4)
valyutaviy-iqtisodiy ittifoq; 5) siyosiy ittifoq.
Bu borada Yevropa iqtisodiy xamkorligi (EIX) - Yevropa Ittifoqi namuna
bo’lib xizmat qiladi. Uning integratsiya soxasidagi tajribasini boshqa mintaqalarda
xam qo’llash mumkin.
Xozirgi vaqtda dunyodagi ko’plab integratsiya assotsiatsiyalari YeIX
tajribasiga amal qilgan xolda integratsiyaning besh pog’onasiga asoslanib ish olib
bormoqdalar. Endilikda faqat pog’onali integratsiya modeliga asoslangan erkin
savdo mintaqalari (Lotin Amerikasi erkin savdo assotsiatsiyasi) yoki bojxona
ittifoqlari (G’arbiy Afrika bojxona ittifoqi va Markaziy Afrika iqtisodiy-bojxona
ittifoqi) bilan bir qatorda iqtisodiy ittifoqlar xam tashkil etila boshlandi (EKOVAS
-1975 y).
G’arbiy Yevropada Yevropa Ittifoqi (EI) 80-yillarning o’rtalaridan boshlab
yagona bozor tashkil etishni maqsad qilib qo’ydi va Maastirx shartnomasini tuzib,
valyutaviy-iqtisodiy ittifoqqa o’tishning tartibini belgilab oldi. 1989 yilda
SHimoliy Afrika, 1994 yilda Kanada va AQSH o’rtasida erkin savdo mintaqasi
tashkil etildi, ungi Meksika qo’shilishi natijasida erkin savdo assotsiatsiyasi
shakllandi. Osiyo-Tinch okean mintaqasida 1989 yilda Osiyo-Tinch okean
iqtisodiy koorporatsiyasi (OTIK) tuzildi. Xozirda bu assotsiatsiyaga Tinch okeani
xavzasining 20 dan ortiq mamlakati a’zo bo’lib, 2020 yilga borib, uning doirasida
erkin savdo mintaqasini tashkil etish to’g’risida kelishib olingan. Undan avvalroq,
1992 yilda Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasiga a’zo bo’lgan olti
mamlakat 2008 yilgacha erkin savdo assotsiatsiyasini tashkil qilish to’g’risida
shartnoma tuzgan edi.
Integratsiya borasida O’zbekiston xam murakkab yo’lni bosib o’tmoqda.
CHorizm davrida O’zbekiston iqtisodi umumrossiya yagona iqtisodining tarkibiy
qismi sifatida Rossiya davlatiga xizmat qildi. SHo’rolar davrida vaziyat yanada
murakkablashdi. O’zbekiston iqtisodi yanada maxkamroq ravishda Markazga
bo’ysindirilib, yurtimizdan moddiy boyliklarning olib ketilishi avvalgidan xam
tezlashdi, «rivojlangan sotsializm» yillarida «Butun ittifoq yagona iqtisodiy
majmuasi» tashkil qilindi. Bularning xammasi majburiy, zo’ravonlarcha
integratsiyaning yorqin misollaridir. Xolbuki, u ixtiyoriy o’zaro, manfaatdorlik
asosida va tabiiy ravishda amalga oshirilishi kerak.
Katta istiqbolga ega integratsion jarayon - 1994 yili O’zbekiston, Qozog’iston
va Qirg’iziston o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan Markaziy
Osiyo umumiy bozorining rivojlanishidir. Ushbu shartnomada mintaqaviy
integratsion aloqalarni kuchaytirish bo’yicha qator tadbirlar ko’rsatib o’tilgan. Ular
qatoriga yoqilg’i-energetika majmuini, transport va axborot tizimlarini, mintaqa
suv xo’jalik tizimini rivojlantirishning yagona dasturlarini ishlab chiqish;
umummintaqa erkin savdo xududi va bojxona ittifoqini tashkil etish; banklarararo
xisob-kitoblarning samarali mintaqaviy tizimini yaratish; byudjet siyosati, pulkredit, valyuta munosabatlarida mutanosiblikka erishish; mintaqa doirasida
davlatlar iqtisodiy qonunchiligini yaqinlashtirish va xuquqiy me’yoriy aktlar
muvofiqligiga erishish; ko’shma korxonalar, moliya-sanoat guruxlari tuzish uchun
zarur shart-sharoit yaratish; ishlab chiqarish kooperatsiyasining turli xil
davlatlararo shakllarini amalga oshirishni (kooperatsiya, assotsiatsiya, birlashmalar
tashkil etish) kiritish mumkin va bu tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Iqtisodiy xayotda integratsiya bir nechta yo’nalishlarga ega:

Download 213.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling