Fakulteti kafedrfasi


Yaxshilik, yomonlik moʼlu koʼl bunda


Download 0.6 Mb.
bet4/5
Sana08.05.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1443000
1   2   3   4   5
Bog'liq
педагокика

Yaxshilik, yomonlik moʼlu koʼl bunda,

Qilmishing holidan ogoh boʼl bunda.

Koʼling olur ulkim, qoʼlini olding,

Barchaning foydasi qoʼlma-qoʼl bunda.

Olim, kishilar orasida saxiylar va baxillar, yaxshi-yu yomonlar, halol va nopoklar borligini ko‟rib, insonda oliyjanob xislatlarni rivoj toptirish yo‟llarini izlaydi.

Olim, kishilar orasida saxiylar va baxillar, yaxshi-yu yomonlar, halol va nopoklar borligini ko‟rib, insonda oliyjanob xislatlarni rivoj toptirish yo‟llarini izlaydi.

Bedilning axloqiy qarashlari bilan birgalikda uning estetik qarashlarini eʼtiborsiz qoldirib boʼlmaydi. Bedil estetikaga oid maxsus risolalar qoldirmagan. Lekin, ayniqsa, "Tilismi xayrat" ("Hayrat tilsimi"), "Nukot" ("Maktublar")da, "Turi marifat" ("Ilmi Sinay"), "Muhiti azam" ("Buyuk Ummon"), "Irfon" ("Bilim") asarlarida - gʼazal va ruboiylarda tabiat, sanʼat, inson goʼzalligi, goʼzallikning mohiyati haqidagi sheʼr, haqida juda koʼp qiziqarli fikrlarni uchratamiz.

Bedilning estetik merosiga keng nazar tashlasak, u oʼz maktublarida koʼpincha sanʼat vakillari, sanʼatkorlar haqida zavq - shavq bilan yozar, oʼz isteʼdodini ilohiy inʼom sifatida taqdim etar edi. Bedil estetikasining eng muhim

tamoyili shundaki, u oʼz maktublarida sanʼatda mazmunning yuksak ahamiyati, badiiy ijodning maʼnaviy tarbiyaviy roli haqida yozadi. Sanʼatga hurmat va ehtirom namunasi uning "Komde va Madan" dostonida keltirilgan. "Komde va Madan" qissasi ilk o„rta asr hikoyasi bo„lib, uning markaziy obrazida - oshiq va ma‟shuqa - hunar, san‟at vakillari turadi. "Komde va Madan"ning yozilgan yili 1712 shu yilda deb e‟tirof etilgan va qissa 900 oyatdan iborat bo„lib, 10 bobni o„z ichiga oladi.

Olim, haqiqiy san‟at erkin bo„lishi va erkinlikda u o„zini ko„proq ochib bera olishi, shundagina samimiy va ulug„vor holatga olib kelishi tug„risida fikrni bildiradi. Ushbu she‟riy qissada u musiqa va raqs haqida hayrat bilan gapiradi. Uning Komde raqsini tasvirlariga etibor qaratsak, raqsning ritmi va nozikligini his qilish mumkin.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling