Fakulteti talabasi ning


Download 101.33 Kb.
bet2/5
Sana26.06.2023
Hajmi101.33 Kb.
#1655034
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSTAQIL ISH. GEOSIYOSIY TA\'LIMOTLAR TARIXI

Ikkinchidan, – davrimizning barcha murakkabliklarining asosiy jihatlaridan bo`lgan “geosiyosat” geosiyosiy nuqtai nazaridan ko`pgina hollarda sivilizatsiyaviy yondashuvi bilan bir qatorda olib borilmoqda.
Uchinchidan, – “sivilizatsiya” atamasi (lotincha Civile) so`zidan olingan bo`lib, inson, shaxs, fuqaro, fuqaroviylikka, davlatchilikka oid juda ko`p ma`nolarni bildiradi. Bu tushunchalardan “geosiyosat” tushunchasini begonalashtirib bo`lmaydi. Negaki “tsivilizatsiya” atamasida ham makon tavsifi bo`yicha olinganligining o`ziyoq “geosiyosat” hozirgi kunda halqaro munosabatlarda yuz berayotgan voqealar hamda davlatlar va xalqlar o`rtasida to`xtovsiz hududiy mojarolarning mavjudligi va ko`pgina siyosatshunoslarning XXI asrda “Tsivilizatsiyalar to`qnashuvi” sifatida qarashlarini aniqlab olishda hal qiluvchi omil ekanligini tasdiqlaydi.
Ana shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyoning dunyo geosiyosatidagi o`rni va imkoniyatlari haqida fikr yuritganda Garvard universiteti qoshidagi Jon Olin nomli strategik tadqiqotlar institutining direktori Samuil P. Xantington nazariyasining mohiyatini tashkil etgan uning neoatlantizmini tahlil etish lozim. Uning neoatlantizmi “Sivilizatsiyalar to`qnashuvi” masalasida10 o`z ifodasini topgan. Ushbu maqolani Markaziy Osiyoning geosiyosatidagi o`rni va imkoniyatlariga qanday aloqasi bor degan fikr tug`ilishi mumkin. Fikrimizcha “sovuq urush”ning tugashi butun borliqda beqarorlikning bor yo`g`i eng ustki qirralariga barham berilganligini anglatadi. Mafkuraviy tizimlarning qulashi inson qalbining eng tubida joylashgan sivilizatsion qatlamlarning emirilganligini bildirmaydi. Aksincha, Fakuyamadan farqli o`laroq11 Xantingtonning fikricha strategik g`alaba hali sivilizatsion g`alaba degani emas; G`arb mafkurasi ya`ni liberal-demokratiya vaqtincha butun dunyoga hukmronlik qilayapti, chunki, nog`arbiy xalqlarda endi tsivilzatsion va geosiyosiy xususiyatlar paydo bo`la boshlaydi17.
Hozirgi zamon geosiyosat nazariyasi uning o`ziga xos yo`nalishlari sobiq ittifoq parchalanishidan keyin yangi mazmun kasb eta boshladiki, bu quyidagilarda namoyon bo`ladi:
Birinchidan, Sobiq sotsialistik va MDH davlatlari siyosatlashgan sun`iy mafkuraviy e`tiqodlardan voz kechib, azaldan mavjud bo`lgan madaniy qatlamlar ular universal atlantik qadriyatlarga ham bo`ysunishdan bosh tortadi.
Ikkinchidan, mafkuraviy jihatdan kommunizmni rad etgan sobiq sotsialistik jumladan MDH, Markaziy Osiyo mustaqil davlatlar tarkibiy tuzilishidagi o`zgarishlar vaqtinchalik hal bo`lib muayyan tashkilotlarning tarqalib ketishi boshqasining paydo bo`lishi bilan almashinadi.
Uchinchidan, S. Xantington, J.Veygeldan iqtibos keltiradi: “desekuyarizatsiya XX asrning hukmron ijtimoiy omillaridan biridir”12. Fikrimizcha, bu omil XXI asrning dastlabki yillarida ham ijtimoiy omillardan biri sifanida namoyon bo`lmoqda. Buning isboti sifatida bugungi kunda butun dunyoda kishilar diniy aqidalarni nariroq surish o`rniga diniy mansublikni yanada chuqurroq, his qilmoqdalar. Xantington diniy mansublikni tsivilizatsiyalar bilan tenglashtirgan holda geosiyosiy nuqtai nazardan bir qator asossiz fikrlarni ilgari suradi.
Xullas, bugungi kunda siyosatshunos olimlar o`rtasida geosiyosat nazariyasining asosiy yo`nalishlari haqida keskin tortishuvlar davom etmoqda.
O`zbekistonlik siyosatshunos olimlar fikricha “geosiyosat davlat mintaqa va dunyo xavfsizligininig rivojlanishi tamoyillari hamda jarayonlarinii jo`g`rofiy, siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ekologik kabi omilar tizimi ta`sirini o`rganuvchi fan. Xavfsizlik nazariyasida geostrategik va geosiyosiy mintaqalar asosiy tushunchalar hisoblanadi13. Ularning fikricha geosiyosat boshqa fanlarga nisbatan yoki yangi ilmiy yo`nalish bo`lib, xavfsizlik muammolarini o`rganishda birlamchi hisoblanadi. Uning to`liq shakllanishi hali nihoyasiga etmagan... Geosiyosiy tadqiqotlar boshqa ilmiy yo`nalishlarga nisbatan sust rivojlangan”22. Bu holat uning uslubiy asoslarini shakllantirishga qaratilgan vazifaniningsh muhimligini, tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi.




Download 101.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling