Fakulteti talabasi ning
Download 101.33 Kb.
|
MUSTAQIL ISH. GEOSIYOSIY TA\'LIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ____________________ Tekshirdi: ____________________ Buxoro 2023 Geosiyosat tushunchasi va uning mohiyati
- Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1 Xalqaro munosabatlarda zamonaviy yondoshuvlar va nazariyalar
- Birinchidan
______________________________________ fakulteti ______________________________________ talabasi ______________________________________ ning ______________________________________ fanidan MUSTAQIL ISHI Bajardi: ____________________ Tekshirdi: ____________________ Buxoro 2023 Geosiyosat tushunchasi va uning mohiyati Reja: Xalqaro munosabatlarda zamonaviy yondoshuvlar va nazariyalar. Geosiyosat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1 Xalqaro munosabatlarda zamonaviy yondoshuvlar va nazariyalar Geosiyosat – siyosiy fan yo`nalishlaridan biri bo`lib, xalqaro munosabatlarda muhim o`rin egallaydi. Ammo bugungi kunga qadar geosiyosatni ilmiy yo`nalish sifatida asoslash va e`tirof etish masalasi oxirigacha hal bo`lgani yo`q. Bu borada turli ziddiyatli fikrlar ham mavjud. Ammo bugungi qaltis, tez o`zgaruvchan zamonda geosiyosatning tub mohiyatini tadqiq etish, geosiyosiy jarayonlarni anglash nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Ta`kidlash lozimki, klassik geosiyosatchilar geosiyosatni nafaqat nazariy, balki amaliy majmua sifatida ham talqin etgan va uni o`z davlatlari tashqi siyosatini talqin etishga qo`llagan. Shu tufayli amaliy geosiyosat paydo bo`lgan va u ko`pgina hollarda etakchi davlatlar tashqi siyosatining nazariy asosi sifatida xizmat qilgan. Garchi bunday gieosiyosat XX asrda yaqqol namoyon bo`lgan bo`lsada, G`arb davlatlari aynan X. Makkinder yaratgan nazariyaga, uning izdoshi – S. Xantington va Z. Bzejinskiylarning ta`limotiga tayangan holda dunyoga hukmronlik qilish siyosatini ilgari suradi. Bunday siyosat oqibatida XXI asrda ham er yuzida ko`plab urush o`choqlari paydo bo`layotgani G`arb va Sharq o`rtasidagi ziddiyatlar borgan sari keskinlashayotganini kuzatish mumkin. Xalqaro va turli mintaqalar doirasida yuz berayotgan mojaro va ziddiyatlar hamda muayyan davlatlarning bosqinchilik siyosati geosiyosatga asoslanayotganligi, uning mazmun-mohiyati, asosiy yo`nalishlari va tamoyillarini ilmiy jihatdan jiddiy o`rganishni taqozo etadi. Geosiyosiy jarayonlarning mazmun mohiyatini aniqlashda bir qator nazariyalar, ta`limotlar, yo`nalishlar paydo bo`lgan. Geosiyosiy ta`limotlarni shakllanishida shved olimi Rudol`f Chellen, nemis olimlari Fridrix Rattsel, Fridrix Nauman, Alfred Mexen, Xelfard Makkinderlarning mehnatlari beqiyos1. Ularning fikricha, davlatning geosiyosiy mavqei “tirik tana” yoki “tirik jonzot” kabi rivojlanib boradi. Shuningdek, geosiyosiy makon “Hayotiy doira” bilan quvvatlanadi. Bunda Yevropaning geosiyosiy mavqei dunyo maydonida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Klassik geosiyosiy ta`limot vakillarining qarashlarida evrotsentrizm g`oyasi ustuvor, ular ijtimoiy makon va zamon masalalarini o`z davlatlari manfaatlari doirasida aks ettirishga harakat qilganlar. Chunki har bir davlatga tegishli bo`lgan chegara hududlarining kengayishi va torayib borishiga olib keluvchi geosiyosiy omillar davrida ham ustuvor ahamiyat kasb etgan. Klassik geosiyosiy ta`limot vakillari hozirgi Markaziy Osiyo hususan mamlakatimiz halqlari to`g`risida ob`ektiv fikr-mulohazalarni ilgari surmaganlar. Ularning fikricha, evropa aholisi mustaqil siyosiy tafakkurga ega bo`lishi bilan bir qatorda makon va zamin nuqtai nazarga ko`ra ham siyosiy mavqeini yuqoriligini ko`rsatishga va boshaqa xalqlar ustidan hukmronlik qilishga haqlidirlar. Klassik geosiyosiy ta`limot vakillari yuqorida ta`kidlaganimizdek evrotsentrizm g`oyasiga alohida urg`u berganlar. Klassik geosiyosiy ta`limotlarni tahlil qilish va tanqidiy yordashuv asosida zamonaviy nazariyalar hamda qarashlar ishlab chiqiladi. Bunda De la Blansh, Karl Xausxofer, Karl Shmit, Al`fered Mexen, Nikolas Spaykmen, Semuel Xantington, Yordis fon Loxauzen, Jan Parvuleskon, Lev Gumilev va boshqalar o`zlarining geosiyosiy ta`limotlari orqali geosiyosat fanini rivojlanishida munosib o`rin egallaganlar2. Shunday bo`lsada zamonaviy geosiyosiy qarashlarda ham sub`ektivizm, dogmatizm, konservatizm, liberalizm, gegemonizm g`oyalarini ko`rish mumkin. Lekin, bunday qarama-qarshi g`oyalar geosiyosat fanining shakllanishida muhim rol o`ynadi. Geosiyosat fani XIX-XX asrlarda yuzaga kelgan degan fikr ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan bo`lsada, lekin uning tarixiy ildizlari qadimgi dunyo mutaffakirlarining asarlarida o`z aksini topgan deyishga asos bor. Qadimgi Yunon faylasufi Aristotel` (Arastu) o`zining “Siyosat” nomli asarida geografik omillarning jamiyat va inson hayotidagi ahamiyatini alohida ta`kidlagan. “Sovuq mamlakatlar kishilari tabiatan jasur bo`lish bilan birga chuqur mulohaza va texnologik kashfiyotlar qilishga qodir hamda erkinlikka intilishi uni saqlashga qodir bo`lsalarda, lekin o`zlari va qo`shinlarini boshqarish bobida siyosiy rahbarlik qilishga qobiliyatli emaslar”3 uning fikricha, Janubiy Osiyo xalqlari ham chuqur fikr-mulohazali, yangilikka intiluvchan bo`lsalarda, lekin ular tabiatan tashabbus ko`rsatishdan ko`ra mute`lik va qullikka moyildirlar. “Ikki qit`a o`rtasida yashayotgan xalqlar o`z tabiatlarida ana shu xususiyatlarning har ikkalasini o`zlarida uyg`unlashtirgan, ularning ustunligi ana shundadir”4 Geosiyosat to`g`risidagi bunday antik yondashuv o`zida milliy manfaat va maqsadlarni aks ettirishi bilan alohida ajralib turadi. Shuningdek, sharq xalqlariga bo`lgan bunday sub`ektiv munosabat o`zining ilmiy asosiga ega emas edi. Chunki aynan shu davrlarda hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida ichki va tashqi ijtimoiy-siyosiy hamda savdo-sotiq aloqalari ancha erta rivojlanganligi manbalardan ma`lum. Mamlakatlar va kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga siyosiy jarayon hamda munosabatlariga geosiyosiy omilning ta`siri haqidagi ilmiy qarashlar ba`zi tadqiqotchilar ta`kidlaganlaridek XIX-XX asrlarda emas, balki ancha oldinroq Sharqda vujudga kelgan deb aytishga bugungi kunda asos bor5. Geosiyosat fanining asosiy tushuchalari, mohiyati, uning etakchi maktablari yo`nalishlari va xalqaro munosabatlardagi o`rni haqida frantsuz yuristi va siyosatchisi Sharl` Lui Montesk`ening bu boradagi ishlari ahamiyatlidir. U o`zining “Qonunlar ruhi” nomli asarida tabiiy jo`g`rofiy omilning mamlakat joylashgan makonning ahamiyati, uning zamini (tuprog`i), madaniyati hamda iqtisodiy rivojiga bevosita ta`sir qiluvchi omillardan iborat ekanligini ko`rsatgan edi.6 Hattoki Sharl` Lui Montesk`e har bir davlat jo`g`rofiy sharoitidan kelib chiqqan holda o`z qonunlarini qabul qilishlari lozimligini ta`kidlaganligi uning fikrlarini mustaqilligimizni mustahkamlash, mamlakatimiz xavfsizligi, uning barqaror taraqqiyotini ta`minlash, mustahkamlash iqtisodiyotning muhim sharti bo`lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishning muhim shartidir. Geosiyosat, okeanga ko`proq siyosatga yaqinligi tufayli e`tiborni siyosiy hodisalarga qaratadi va ularga jo`g`rofiy talqin berishga va bu hodisalarning jo`g`rofiy jihatlarini talqin qilishga harakat qilgan6. P.I. Savitskiy – to`la ma`nodagi geosiyosatchi deb atash mumkin bo`lgan birinchi rus siyosatshunosidir. Ma`lumotiga ko`ra iqtisodchi bo`lgan bu olim V. Vernadskiy va P. Struve – Trubetsskoy bilan geosiyosiy omillar asosiy o`rin tutgan evroosiyo harakatini boshqargan. Savitskiyning “dasht va o`tloqlik” asarida “Tatarlarsiz” (turkiylarsiz) rossiya davlati bo`lmas edi7. tezisi uning asosiy formulasi edi. Bu esa sof geosiyosiy munosabatdir. “G`arbiy evropagacha umumiy dunyo tarixida dengizni his etish mumkin bo`lsa, faqatgina mo`g`ulcha his etishga qarshi turadi .... Rossiya buyuk xonlarning vorisidir. Buyuk Amir Temur va Chingizxon davlatlarining davomchisi, Osiyo qo`riqchisidir”8, – deydi P.N. Savitskiy. Darhaqiqat, Savitskiyning nazarida Rossiya bu evropa o`rmoni va Osiyo dashtining umumlashgan sintezidir. U Osiyo va evropa o`rtasida joylashgan va har ikki madaniyatlarni o`zida tutashtiribgina qolmay, balki uning sarhadlari yanada kengroq tushuncha deb qaralgan. Shu nuqtai nazardan tabiiy bir savol tug`iladi. Nega sobiq ittifoq davrida bu fan deyarli o`rganilmadi? Fikrimizcha uning eng asosiy sabablaridan biri geosiyosat faniga “Burjua imperialistik” siyosatining asoiy vositasi deb qarab kelinganidir9. Geosiyosat o`sha davrda mafkuraviy e`tiqodlardan xoli bo`lgan fan deb qaralgan. Binobarin sobiq Sovet ittifoqida barcha sohada bo`lgani kabi iqtisodiy sohada ham halqaro munosabatlarda ham yakka mafkuraviylik ustuvor edi. Ayni paytda G`arbda bu fan juda tez rivojlandi, bir necha oqimlar, yo`nalishlar vujudga keldi. Bu muammoning yanada dolzarbligi bugungi kunda Markaziy Osiyoning dunyo geosiyosati maydonidagi o`rni va imkoniyatlari xavfsizlik va barqaror rivojlanish masalasini jahon miqyosidagi ahamiyati bilan belgilanmoqda. XX asr oxirlarida geosiyosat faniga munosabat o`zgardi. Sobiq SSSR parchalanib ketgach, har bir MDH davlati o`z qurolli kuchlarini barpo etish jarayonida o`zlarining geosiyosiy, geoiqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqadilar. Mazkur davlatlar o`rtasida mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlashga qaratilgan yangi harbiy siyosiy iqtisodiy uyushmalar tashkil qilindi va bu jarayon yanada takomillashtirilmoqda. Bugungi kunda “tsivilizatsiya” va “geosiyosat” tushunchalarining o`zaro qiyosiy tahlili asosan uchta muammo bilan bog`liqdir. Birinchidan, – hozirgi vaqtda insoniyat tarixini tsivilizatsiyaviy jarayonlar, ularning turli ko`rinishlari va bosqichlari sifatida qarash ijtimoiy-siyosiy fanlarda etakchi o`ringa chiqmoqda. Download 101.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling