Fakulteti talabasi ning
Ma`lum hududga egaligi; 2
Download 101.33 Kb.
|
MUSTAQIL ISH. GEOSIYOSIY TA\'LIMOTLAR TARIXI
1. Ma`lum hududga egaligi;
2. Mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholisi; 3. Hokimiyat idoralari. Biroq, Chellen tomonidan ilgari surilgan bu iboralar “geosiyosat” tushunchasidan tashqari politologiya doirasida o`z aksini topmadi. R. Chellen “Davlat hayot shakli sifatida” asarida Ratselning fikrlarini davom ettirdi va boyitdi. U Ratsel` kabi jamiyat va davlatga mexanistik yondashuvni rad etuvchi “organitsizm” g`oyalarini ilgari surdi. Bu qarashlar negizida “jonsiz ob`ekt” (fan)va insoniy sub`ektlar (arboblar)ga qat`iy bo`linishni rad etish orqali o`rganish ko`psilik geosiyosatning farqli tomonidir. Geosiyosat yo`nalishida qalam tebratgan yana bir yirik ingliz olimi Xelford D. Makkinderdir. (1861-1947) U Buyuk Britaniya tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlarining shakllanishidagi ishtiroki, shuningdek, jahon siyosiy tarixini o`ziga xos talqin qilganligi bilan mashxurdir. X. Makkinder g`oyalari xalqaro munosabatlarning yo`nalishiga jiddiy ta`mir etishga qodir bo`lgan va shu tufayli Angliya siyosatida oliy martabaga erishgan siyosiy arbobdir. Shu bilan birga, u dunyo siyosiy tarixini tadqiq va talqin etishda dadil va o`ziga xos inqilobiy yo`nalish yaratgan mashhur shaxs xisoblanadi. Geosiyosatga xos bo`lgan ilmiy jumboqni X. Makkinderning ilmiy asarlarida yaqqol kuzatish mumkin. Uning “Tarixning jo`g`rofiy o`qi” “Demokratik ideallar va voqeliklar” singari mashhur asarlarida eng muhim geosiyosiy g`oyalar bayon etilgan Shuni ta`kidlash kerakki X. Makkinder nafaqat siyosat olamida, balki ilmiy doiralarda ham yuqori mavqega ega bo`lishiga qaramay, uning g`oyalari ilmiy hamjamiyat tomonidan qabul qilinmagan. 1904 yilda “Jo`g`rofiy jurnal” da nashr etilgan “Tarixning jo`g`rofiy o`qi” maqolasi X. Makinderning dastlabki va eng yorqin chiqishi bo`lgan edi20. X. Makkinder bu maqolada keyingi barcha asarlarida rivojlantirilgan jo`g`rofiya va tarixga oid qarashlarini bayon qilgan. Mazkur maqolaning ilmiy qiymati shundaki, unda nafaqat “siyosiy geografiya” taraqqiyotining ilgarigi barcha yo`nalishlarida qo`lga kiritilgan ilmiy natijalar umumlashtirilishi bilan bir qatorda, mazkur fanning asosiy qonuni ham ishlab chiqilgan. X. Makkinder fikricha, eng qulay jo`g`rofiy makon bu o`rtalikdagi holat bo`lib, biror bir mintaqaning markazda joylashish davlat uchun har jihatdan foydalidir. “Markazda joylashganlik holati” nisbiy tushuncha bo`lib, vziyatga ko`ra o`zgarib turishi mumkin. Ammo sayyoraviy nuqtai nazardan dunyoning markazida evrosiyo mintaqasi, uning markazida esa “dunyoning yuragi”, ya`ni “heartland” joylashgan. U butun dunyoni nazorat qilish uchun eng qulay jo`g`rofiy plantsdarmdir. Heartland “dunyo oroli”ning (World Island) chegarasi ichida o`rin egallagan umummiqyosdagi asosiy hudud hisoblanadi. X. Makkinder “dunyo oroli”ni 3 mintaqa – Osiyo, Afrika va evropadan iborat deb bilgan. Shunday qilib, X. Makkinder markazda to`planuvchi doiralar tizimini qo`llagan holda, umumsayyoraiy miqyosda hududlar ketma-ketligini belgilab uning markazida “tarixning jo`g`rofiy o`qi” yoki “o`q maydon”21 joylashganini asoslashga intildi. Ushbu geosiyosiy tushunchaga ko`ra erning geosiyosiy o`qi jo`g`rofiy nuqtai nazaridan Rossiya hududini anglatadi. Ana shu “o`q” ni tashkil etgan voqelik heartland ya`ni erning yuragi deb ataladi. Undan keyin esa “ichki yoki tashqi yarimoy” joylashgan22. Bu belbog` evrosiyo mintaqasining qirg`oq hududlariga to`g`ri keladiyu X. Makinder fikriga ko`ra, “ichki yarimoy” sivilizatsiya rivojining ancha tezkor qismini tashkil etadi. Bu esa tsivilizatsiyalarning dengil va daryolar sohillarida paydo bo`lganligi to`g`risidagi “potamik nazariya”ga mos keladi. Ushbu nazariya barcha geosiyosiy yondashuvlarning o`zagi hisoblanadi. Suv va quruqlikning kesishishi nuqtasi davlat va xalqlar tarixida muhim omil hisoblanadi. Bunday qarashlar tizimi K. Shmitt va N. Spaykmen tomonidan ilgari surilgan bo`lsada, ushbu muammoni birinchilardan bo`lib tadqiq etgan olim aynan X. Makkinder hisoblanadi. U “Demokratik ideallar va voqelik” asaridada bundan keyin yanada kengroq doira “tashki yoki orliy yarim oy” boshlanishini ta`kidlaydi. Bu hudud Dunyo oroli (World Island) ning uruqlikdagi qismiga nisbatan (jo`g`rofiy va madaniy jihatdan) butunlay tashqarida joylashgan. X.Makkinder fikricha, tarixiy taraqqiyot jarayoni sabab-oqibat tamoyiliga asoslangan holda quyidagicha kechgan: Heartlandning markazidan uning qirg`oqlariga “quruqlik bosqinchi” lar muntazam ravishda hujum qilib turgan. Bu hol XIII asrda mo`g`ul bosqini davrida ayniqsa yaqqol ko`zga tashlangan. Biroq ulardan oldin skiflar, xunlar hamda alanlar tomonidan ham xuddi shunday xurujlar amalga oshirilgan. X.Makkinderning ta`kidlashicha “tarixning jo`g`rofiy o`qi” da joylashgan tamaddunlar heartlandning ichki hududlaridagi “avtoritar” siyosiy hokimiyatga ega bo`lgan “nodemokratik” hamda “savdoga asoslanmagan” jamiyatlardan iborat bo`lgan. Bunday tamaddunlar dastlab Qadimgi Rim yoki Spartasi singari jamiyatlar mujassamlashgan. Tashqaridan, “Orol yarim oyi” mintaqalaridagi “dengiz bosqinchilari” yoki “orolliklar” tomnidan “dunyo oroli”ga hujum bo`lib turgan. Ular evroosiyodan tashqaridagi markazlardan kelib chiqqan mustamlakachi bo`lib, mintaqaning ichki sarhadlaridan kelgan kuchlarni engib, dengiz va quruqlik kuchlari o`rtasida muvozanatni ta`minlashga intilgan “savdo-sotiq” va “demokratik” siyosiy tizim esa “tashqi yarim oy” tamaddunlar xos xususiyatdir. Qadimda Afina davlati yoki Karfagen ana shunday xususiyatlari bilan ajralib turgan. Ikki qutbni egallagan ushbu tamadduniy-jo`g`rofiy majmua oralig`ida “ichki yarim oy” hududi joylashgan. U ikki yoqlamali hamda doimiy ravishda bir-biriga zid bo`lgan madaniyatlar ta`sirida qolgani tufayli harakatchan bo`lgan va shu sababli tamaddunning eng taraqqiy topgan hududiga aylangan. Tarixning jo`g`rofiy o`qi maqolasida X.Makinder evrosiyoning marakaziy quruqlik qismi bilan qirg`oqdagi davlatlar o`rtasida joylashgan mamlakatlarni misol tariqasida keltirish mumkinligini yozadi. X. Makkinder fikricha, tarixiy jarayon jo`g`rofiy nuqtai nazardan mintaqaviy o`q atrofida kechadi. Bu jarayon “ichki yarim oy” hududlarida yaqqol namoyon bo`ladi heartlandda “harakatsiz” arxaizm, “tashqi yarim oy” da esa qandaydir tamadduniy tartibsizlik hukm suradi. X. Makkinder o`z manfaatlarini anglosakson orol dunyosi, ya`ni “tashqi yarim oy” hududining manfaatlari mushtarak deb hisoblagan. “Dunyo oroli” geosiyosiy jihatdan shundady yo`nalishga ega bo`ladiki, bundda heartlandning nihoyatda zaiflashgani holda “tashqi yarim oy” ning “ichki yarim oy”ga ko`rsatadigan ta`siri kengayib boradi. X. Makinder “Tarixning jo`g`rofiy o`qi” ning butun dunyo siyosatidagi strategik ustuvorligini ta`kidlab, quyidagi muhim qonunni kashf etadi. U 1919 yilda N`yu - Yorkda nashr etilgan ”Demokratik ideallar va voqelik” asarida “Kimki Sharqiy evropani nazorat qilsa, heartlandga ustunlik qiladi; kim heartlandda ustunlik qilsa “dunyo oroli”ga ustunlik qiladi; kimki “dunyo oroli”ga ustunlik qilsa u dunyo miqyosidagi ustunlikka erishadi”, deb yozgan edi. Siyosiy nuqtai nazardan qaraganda bu hol Rossiyaning strategik etakchiligini tan olishni anglatar edi. X. Makkinder “Tarixning jo`g`rofiy o`qi” maqolasida bu haqda shunday deb yozadi: “Germaniyaning evropadagi o`rni qanday bo`lsa Rossiya butun dunyo miqyosida xuddi shunday markaziy strategik mavqeini egallaydi. U har tarafdan hamla qilishi va ayni vaqtda o`zi ham shimoldan tashqari barcha tarafdan hujumga duch kelishi mumkin. Ana shu fikrlarga tayangan holda X. Makkinder anglosakson geosiyosatining bosh vazifasi “tarixning jo`g`rofiy o`qi”, ya`ni Rossiya atrofida mintaqaviy strategik ittifoq tashkil topishiga yo`l qo`ymaslik deb hisoblagan. Demak, “tashqi yarim oy” kuchlarining strategiyasi heartland dan imkon qadar ko`p miqdorda sohilli hududlarni tortib olish va ularni “orol tsivilizatsiya”si ta`siri ostiga kiritishdan iborat. Uning nazarida “Kuchlar muvozanatining o`q davlat (Rossiya) tomon o`zgarishi, uning evrosiyo atrof hududlarini istilo qilishi bilan barobar ro`y berib, mintaqaning ulkan zahiralaridan foydalangan holda kudratli dengiz floti yaratish imkonini berdi bunday vaziyatda u dunyo saltanati darajasiga etishi mumkinligi ham extimoldan holi emas. Rossiya Germaniya bilan birlashgan taqdirda ana shunday vaziyat vujudga kelishi mumkin. E`tiborli jihati shundaki, X. Makkinder faqatgina nazariy taxminlarni ilgari surish bilan cheklanib qolmadi. Balki Antantani qo`llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan “oq harakat” ni tashkil etishda ham faol ishtirok etdi. Unnig fikriga ko`ra harakat nemislarga xayrixoh bo`lgan evrosiyochi-sho`rolar qudratini zaiflashtirishga yo`naltirilgan jarayon bo`lishi kerak edi. X.Makkinder Angliya hukumatidan imkon qadar ko`proq madad olishga harakat qilgani holda shaxsan o`zi “oq harakat” rahbarlariga yo`l-yo`riq va maslahat bergan. X. Makkinder faol ishtirok etgan Versal` shartnomasining asosiy mazmunida uning geosiyosiy qarashlari singdirilgan. Bu shartnoma g`arbiy evropa anglosakson dunyosi uchun qirg`oq bazasi bo`lib qolajagini mustahkamlash uchun tuzilgan edi. Shu bilan birga X.Makkinder nemislar va slavyanlarni bir-biridan ajratib turuvchi chegaraviy davlatlar tuzilishini ham nazarda tutadi. Bunday oraliq davlatlar nemislar va slavyanlar o`rtasida o`ziga xos chegara vazifasini o`taydi va demakki “demokratiya” uchun xatarli bo`lgan mintaqaviy strategik ittifoq tuzilishiga imkon bermaydi. Shuni ta`kidlash kerakki, X. Makkinder asarlarida heartland jo`g`rofiy chegaralarini tadrijiy taraqqyotini ham kuzatish mumkin. Agar 1904 va 1919 yillarda heartland ning tashqi ko`rinishi umumiy belgilarga ko`ra rossiya imperiyasi chegaralari, keyinchalik esa SSSR chegaralariga mos kelgan bo`lsa, 40 yillarda X.Makkinder o`zining oldingi qarashlari qayta ko`rib chiqadi va “Tarixning geografik o`qi” (1904) maqolasi hamda “Demokratik ideallar va voqelik” kitobida (1919) sho`rolarning enisey ortida joylashgan Sharqiy Sibir hududlarini heartlanddan chiqarib tashlaydi. 1943 yilda chop etilgan “Aylana sayyora va tinchlikni zabt etish” asarida u deyarli aholisiz bo`lgan sho`ro hududlarini Lena daryosi nomidan kelib chiqqan holda “Lenaland Rossiyasi” deb ataydi: Heartlandda Rossiyaning 9 million aholisi bor, 5 millioni Irkutsdan Vladivostokgacha bo`lgan mintaqalararo temir yo`l hududida yashaydi, Qolgan hududlarda har 8 km kvadratga bir kishidan kam aholi to`g`ri keladi. Bu erning tabiiy boyliklari yog`och, minerallar bo`lib, ularga umuman qo`l urilmagan. Lenalandning Heartland chegaralaridan chiqarilishi uni ichki yarim oy” hududi sifatida qabul qilinishi imkoniyatini, ya`ni “orol davlatlari” tomonidan “tarixning jo`g`rofiy o`qi” ga qarshi jangda qo`llaniladigan qirg`oq hududi sifatida foydalanish mumkinligini anglatardi. “Oq harakat” va Antanta harakatini tashkil etishda faol ishtirok etgan. X.Makkinder aftidan Kolchakning evrosiyo markaziga qarshi chiqishini “tashqi yarim oy” hududlariga nisbatan bo`lajak hujum sifatida talqin qilgan. Shu tufayli uning nazorati ostida bo`lgan hududlarni ehtimoldagi “qirg`oq hududlari” sifatida qabul qilish uchun etarli asos deb hisoblagan. Xulosa: Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Geosiyosat atamasi muayyan bir mamlakat oʻrni, tabiiy boyliklari, iqlimI va boshqa geografik omillarining davlat tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va hokazoga) muayyan taʼsirini ifodalash uchun ishlatiladi. Geosiyosat tushunchasini birinchi bor R. Chellen (Shvetsiya) ilmiy muomalaga kiritgan. Geosiyosat nazariyasi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida F. Ratsel (Germaniya), A. Mexen (AQSh), X. Makkinder (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqilgan, geosiyosat Kissinjer, Z. Bjezinskiy (AQSh) va b. tomonidan hozirgi dunyodagi siyosiy jarayonlarga tadbiqan rivojlantirilgan. Geosiyosatga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni) bilan uning ichki va tashqi siyosati oʻrtasidagi uygʻunlik prinsipi asos qilib olinadi. Oʻzbekiston oʻz tashqi siyosatida maʼlum darajada geosiyosatning asosiy tamoyillarini ham hisobga oladi. Bir qarashda, geosiyosat ma’naviyat bilan bog‘liq emasdek tuyiladi. Aslida esa muayyan mamlakat geosiyosatni yuqorida tilga olingan omillardan tashqari ijtimoiy, madaniy va ma’naviy jihatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Globallashuv davri geosiyosatining barcha imkoniyatlari inson ravnaqi va xavfsizligiga safarbar etilishi zarur. Bu, o‘z navbatida, kishilarning ma’naviy poklanishi, davlatlararo va insonlararo munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishiga xizmat qiladi. Geosiyosat atamasini ilmiy muomalaga shvetsiyalik siyosatshunos olim R.Chellen olib kirgan. Bu atama I jahon urushi arafasida keng qo‘llanila boshladi. O‘sha davrda yashagan nemis olimi F.Ratsel (1844–1904) davlat siyosati va mamlakatning geografik holati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikka xizmat qiladigan yangi geosiyosiy konsepsiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqadi. Puxta o‘ylangan mafkuraviy asosga tayangan ushbu konsepsiyada “alohida makonni his etish” g‘oyasi ilgari surilib, o‘z chegaralarini o‘zgartirishni (kengaytirishni) maqsad qilgan davlatlar sa’y-harakatini oqlash borasidagi intilish ko‘zga tashlanadi. K.Xausxofer (1869–1946) geosiyosat tushunchasini bunday talqin etish an’anasini davom ettirib, mohiyatan tajovuzkorlik tabiatiga ega bo‘lgan “nemis millati hayotiy makoni” g‘oyasini ilgari surib, uning ekspansionistik, imperialistik konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uchinchi reyxning o‘ziga xos mafkuraviy quroliga aylangan geosiyosat nazariyasining ana shu ko‘rinishi nemis mumtoz geosiyosiy maktablari doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalarini inkor etib keldi. Amerikalik admiral A.T.Mexen (1840 – 1914) dengiz bo‘yi va quruqlikda joylashgan davlatlar o‘rtasida abadiy ziddiyat mavjudligi g‘oyasiga tayanib, okean va dengiz kommunikatsiyalari hamda portlari ustidan nazorat o‘rnatilishi muayyan mamlakatning uzoq vaqt davomida dunyoda geosiyosiy ustunligini ta’minlashi mumkinligi ta’kidlanadi. XX asrning 80-yillarida jahonning “bipolyar” geosiyosiy tuzilishining inqirozga yuz tutishi hamda taraqqiyotning “ko‘p vektorlik” tendensiyasining yaqqol namoyon bo‘lishi tamoman yangicha geosiyosiy yondashuvlarning paydo bo‘lishi va shakllanishiga sabab bo‘ldi. Masalan, P.Galluaning “Geosiyosat qudrat manbalari” (1990) asarida davlatning imkoniyatlari, kuch-qudrati, uning hududi, aholisi, geografik holati, chegaralari va zaxiralariga (shu jumladan, eng yangi ommaviy qirg‘in qurollariga ega ekani) bog‘liqligi e’tirof etiladi. XX asr oxiriga kelib dunyo siyosiy xaritasi o‘zgarishi bilan bu sohada ham muayyan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ammo dunyo bu bilan xavfsizroq bo‘lib qolgani yo‘q. Ma’lumki, dunyodagi yirik davlatlar, xususan, juda katta moddiy, moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan turli markaz va siyosiy doiralarning puxta o‘ylangan geosiyosiy rejalari zamirida rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishga intilayotgan yangi mustaqil davlatlarni o‘ziga tobe qilish, bo‘ysundirish, boyliklarini egallab olish, ma’naviyatidan judo etish maqsadida namoyon bo‘ladi. O‘zbekistonning yer usti va yer osti boyliklari, G‘arb va Sharqni o‘zaro bog‘lab turgan makon sifatidagi imkoniyatlari, aholisi, ishlab chiqarish va ilmiy salohiyati hamda boshqa jihatlari ulkan imkoniyatlarga ega, kelajagi buyuk mamlakat ekanini tan olgan rivojlangan mamlakatlar o‘zining geosiyosiy strategiyasida ana shu omillarni e’tiborga olib, O‘zbekiston bilan barcha sohalarda o‘zaro manfaatli va teng huquqli aloqalarni yanada rivojlantirish zaruratini anglab yetmoqda. Bu hol O‘zbekistonning jahon geosiyosiy sahnasida o‘ziga xos o‘rin egallab borayotganidan dalolat beradi. Download 101.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling