Fakulteti talabasi ning


Geosiyosat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati


Download 101.33 Kb.
bet3/5
Sana26.06.2023
Hajmi101.33 Kb.
#1655034
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSTAQIL ISH. GEOSIYOSIY TA\'LIMOTLAR TARIXI

2


Geosiyosat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati

1941 yilda chop etilgan “Xorijiy so`zlar lug`ati” da “Geosiyosat” (“grekcha


“geo” – er, va “politika” - davlat haqidagi ta`limot) soxta fan bo`lib ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar va davlat taraqqiyoti jo`g`rofiy, fizik va boshqa shu kabi xos xususiyatlari bilan belgilanadi” deb ta`rif berilgan14.
A.I. Poltorak va L.I. Savinskiylar muallifligida yozilgan “Qurolli mojarolar va xalqaro huquq” asarida “geosiyosat “urushni tadqiq qiluvchi keng tarqalgan yo`nalishlardan biri” sifatida izohlanadi15.
1985 yilda nashr etilgan “Diplomatik lug`at” da “geosiyosat-reaktsion burjuaziya nazariyasi bo`lib, uning tarafdorlari jamiyat hayotida jo`g`rofiy omillarni mutloqlashtirish orqali imperialistik davlatlarning agresiv tashqi siyosatini asoslab berishga intiladilar”16deb ta`rif berilgan. Shuningdek, mazkur adabiyotda “geosiyosat” iborasini birinchi marotaba birinchi jahon urushi davrida evropa davlatlarining Germaniya imperiyasi hukmronligi ostida birlashish tarafdori bo`lgan shved siyosatshunos olimi R. Chellen tomonidan ilgari surilganligi, keyinchalik esa “geosiyosat natsistlar tomnidan qurol qilib olinishi” va “uchinchi reyx”ning rasmiy ideologiyasi va siyosati bo`lib qolganligini aytilishi bilan bir qatorda urushdan keyingi davrda “geosiyosatning asosiy tamoyillari amerika siyosiy doiralari va nazariyotchilari tarafidan o`zlashtirilib” “bir qator AQSh reaktsion tashqi siyosiy doktrinalar asosini tashkil etganligi” aytiladi.
1988 yilda chop etilgan yana bir lug`atda “geosiyosat” (“grekcha “ge” er, mamlakat va “politika” davlat yoki jamoat ishlari) jamiyat hayotida jo`g`rofiy omillarni haddan ortiq asoslovchi burjuaziya siyosiy qarashlari; – deb ta`rif beriladi. Insoniyat jamiyati taraqqiyotining jo`g`rofiy holati va jo`g`rofiy sharoitlariga to`g`ridan to`g`ri tobe deb qaraluvchi geosiyosiy qarashlar mal`tuschilik, ijtimoiy darvinizm, irqlar tengsizligi, tabiiy chegaralar va hayotiy kenglikning etishmasligi va boshqa shu kabi g`oyalarni birlashtirishga qaratilib, imperializmning agressiv tashqi siyosatini mafkuraviy jihatdan asoslanishiga xizmat qiladi” deb aytiladi17.
Sovet davrida chop etilgan adabiyotlarning barchasida geosiyosatning birinchi jahon urushi davrida paydo bo`lganligini, ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyada taraqqiy topishi, “Fashizmning rasmiy doktrinasi” va fashist geosiyosatchilari tomonidan tajovuz va “Olmon millatining hayotiy kengligi” kabi g`oyalarni keng targ`ib qilganliklari, ikkinchi jahon urushidan so`ng geosiyosat AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarga yoyilishi va bu davlatlarning jahon xukmronligiga da`vogarligini asoslab beruvchi “oqim”, “qarash”, “fan” deb izohlanadi.
The World Book Encyclopedia qomusida “geosiyosat” jo`g`rofiy muhitdan kelib chiqqan holda jahon siyosati taraqqiyotini talqin etishga intiladi” deb ta`riflanadi. Mazkur nazariyaga binoan jahon sahnasida joyning kamligi dunyo mamlakatlarining yashab qolishlari uchun o`zaro kurash olib borishlariga asosiy sabab deb qaraladi. Geosiyosat jo`g`rofiy joy va tashqi siyosat o`rtasidagi aloqadorlikni ko`rsatishga intiladi... Geograflar, tarixchilar va siyosatshunoslar geografiyaning tashqi siyosatga ta`sirini o`rganadilar” deb izohlanadi18.
Ko`pgina lug`atlarda “Geosiyosat” so`zini birinchi marotaba shved olimi R. Chellen ilgari surganligi aytib o`tiladi. Biroq, mazkur tushunchani “geosiyosat” deb altamagan bo`lsada, birinchi bo`lib Fridrix Ratsel` (1844-1904) ishlab chiqqan va amaliyotga kiritgan. F. Ratsel` o`z asarlarida “siyosiy geografiya” iborasini qo`llagan. Uning 1897 yilda chop etilgan ishlaridan biri ham aynan “Politishe geographe” deb nomlangan.
Ratsel` o`zining “Siyosiy geografiya” asarida tuproqli halqlarning manfaatlarini tashkil etuvchi uni ifodalovchi asosiy manbaa sifatida ko`radi.
Tarixning rivojlanishida tuproq va hudud asosiy o`rinni egallaydi degan fikrni ilgari surib, davlatni “tuproq ildiz otgan”, “tirik organizm” deb xulosa qiladi. Davlat hududiy relef va masshtabning xalq tarafidan mushohada qilinishi natijasida yuzaga keladi. Shunday qilib, “davlat tushunchasida jo`g`rofiy borliq va shu borliqning sub`ektiv umummilliy anglash natijasida siyosatda aks etishi namoyon bo`ladi. Ratsel` “tabiiy davlat” o`z ichida millatning jo`g`rofiy demografik va milliy madaniyat parometrlarini qamrab olganligini aytib o`tadi.
Davlatlar o`z taraqqiyotining barcha davrida o`z zaminlari bilan bog`liqlarini saqlab qolish zaruriyatiga ega o`ziga xos organizm sifatida qaraladi va shu bois jo`g`rofiy etnografiya va tarixning shohidligicha davlatlar hududiy kengliklarda taraqqiy topib hudud bilan uzviy bog`lanadi va u bilan birlashib boradi, undan kuch quvvat oladi. Shunday qilib, davlatlar hududiy ko`rinish shakliga ega bo`ladi, hudud tarafidan boshqariladi va u tarafidan jonlantirilib turiladi va albatta bu jarayonlarni taqqoslash, o`rganish geografiya zimmasidadir. Davlatlar xayot ko`rinishlarining yuqori cho`qqisi bo`lib tajovuzning asosiy tarkibiy qismidir19.
Ratsel`ning bunday “organistik” yondashuvidan ayon bo`ladiki, davlatning hududiy kengayishi (ekspansiyasi) tirik organimzlarning o`sishi, rivojlanishi singari tabiiy jarayon sifatida baholanadi.
Yuqorida qayd etilganidek, “Geosiyosat” iborasini birinchi bo`lib shved olimi Rudol`f Chellen (186-1922) qo`llagan. U geografiya fanidan yiroq bo`lishiga qaramasdan, o`zini Rattsel`ning shogirdi, deb hisoblagan va geopolitikani politologiyaning bir qismi sifatida qaragan. Chellen geopolitikaga quyidagicha ta`rif beradi: Geosiyosat –davlatning hududida mujassamlashgan juhrofiy organizm haqidagi fan”. Chellen “geosiyosat” so`zidan tashqari siyosatshunoslikda o`rganilishi lozim bo`lgan yana 4 ta yangi so`zni qo`llaydi:
Ekosiyosat – davlatning iqtisodiy qudratini tadqiq qilish;
Demosiyosat – xalq tarafidan davlatga ta`sir etuvchi kuchlar rivoji;
Sotsiosiyosat –davlatning ijtimoiy jihatini tadqiq qilish;
Kratosiyosat – huquq va ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan mutanosiblikda xokimiyat va boshqaruv shakllarini o`rganish.
Chellenning siyosatshunoslikka kiritgan bunday tasnifi bugungi kun halqaro huquq mezonlarida berilgan davlatning quyidagi uch element birikuvidan iboratligiga to`g`ri keladi.

Download 101.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling