Fakulteti tal`im yo`nalishi kurs guruh talabasi


Download 311.92 Kb.
bet4/14
Sana15.06.2023
Hajmi311.92 Kb.
#1486177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Radioaktivlik va radioaktiv elementlar kurs ishi.docx.

Radioaktivlik yoki yadroviy parchalanish, yadro, zarrachalar yoki elektromagnit nurlanish yoki o’z-o’zidan parchalanish natijasida kuchli quvvat ajralish jarayoni. Bu yadro reaktsiyasi paytida yuz beradi. Radioaktiv nurlar inson tanasidan, shuningdek ko’plab narsalardan o’tishi mumkin. Ular tuproqdan, toshlardan va ayniqsa qo’rg’oshindan osonlikcha o’tib keta olmaydi. Radiatsiya chiqaradigan ob’ektlarga radioaktiv deyiladi.
Atrofimizda doimo radiatsiya mavjud, ammo juda ko’p radiatsiya inson salomatligiga tahdid soladi va yanada rivojlangan bosqichlarda o’limga olib kelishi mumkin.
Tabiiy nurlanish uran kabi ba’zi kimyoviy elementlar va yulduzlar va kosmosdagi ba’zi narsalar tomonidan ishlab chiqariladi. Ba’zi ob’ektlar bir soniyadan kam vaqt davomida radioaktiv bo’lib turishi mumkin, boshqalari esa ming yillar davomida radioaktiv bo’lib turishi mumkin.
Radiatsiya maxsus mashinalar tomonidan ham ishlab chiqarilishi mumkin, bu mashinalar Siklotron (tezlashtirgich mashinasi), chiziqli tezlatgich yoki zarrachalar tezlatgichi ham deb nomlanadi . Ba’zi olimlar ushbu mashinalardan ular ishlaydigan radiatsiya hosil qilish uchun foydalanadilar. Rentgen apparatlari ishlab chiqarilgan oz miqdordagi (rentgen nurlari) tufayli inson tanasining ichki qismlarini ko’rishga imkon beradi.2
Ushbu hodisa birinchi marta 1896-yil 1-martda frantsuz fizigi Anri Bekkerel tomonidan uran birikmalarida aniqlangan. Bekkerel 1898-yilgacha o’z kashfiyotini Bekkerel nurlari deb nomlagan, shundan so’ng u ushbu kashfiyotni radioaktivlik deb atagan.
Kimyoviy elementlarning turg‘un bo‘lmagan izotoplarining o‘z-o‘zidan elementar zarralar yoki yengil yadrolar chiqarib boshqa element izotopiga aylanishiga radioaktivlik deyiladi. Radioaktivlik hodisasi 1896 yilda Fransiyalik olim Anri Bekkerel tomonidan ba’zi elementlarning fluoressensiyalanishini o‘rganish jarayonida kashf etildi. Bekkerel qora qog‘ozga o‘ralgan uran tuzini fotoplastinka ustiga qo‘ydi. Bir necha kun quyosh bo‘lmadi. Fotoplastinka bir qorong‘i yashikda qolib ketdi. Bir necha kundan so‘ng fotoplastinka ochiltirilganda, fotoplastinkaning qorayishi kuzatilgan. Bundan esa uran tuzlari o‘zidan qandaydir nurlar chiqarishi aniqlandi. Bekkerel uran tuzlarining hamma birikmalari o‘zidan noma’lum nurlar chiqarishini payqadi. Bu hodisa radioaktivlik hodisasi edi. Bekkerel tomonidan radioaktivlik ochilishida S. Tompson va uning bir necha yil oldin de Sen-Viktor degan olimlar ham uran tuzlarining fotoplastinkaga ta’sirini kuzatgan edilar. Lekin Tompson va de-Sen-Viktorlar o‘z kuzatishlarini asoslab, bunday yangilikni yana o‘rganishidagi ishlarni davom etdirmagan. Bekkerel esa uran tuzlarining o‘zidan noma’lum nurlar chiqarishini 1 mart 1896 yilda aniqladi va bu to‘g‘risida 2 martda Parij Fanlar Akademiyasida axborot berdi. Bekkerel o‘zi kuzatgan, aniqlagan yangilikni, ya’ni uran tuzlarining fotoplastinkaga ta’sir qiladigan nurlar chiqarishini atroflicha o‘rgandi, bu nurlarni ionlashtirish ta’sirini va bir qator qonuniyatlarni aniqladi. Atom yadrosi kashf etilgandan so‘ng, radioaktivlik yadroga tegishli jarayon ekanligi ma’lum bo‘ldi. Radioaktiv aylanishlarda yadrolarning tarkibi, ichki energiyasi o‘zgaradi. Radioaktivlik yadroning ichki xususiyati bo‘lib, har bir yadro o‘ziga xos yemirilish turiga, intensivligiga, yarim yemirilish davriga ega. Radioaktivlikning asosiy xususiyati bir elementning mustaqil ravishda boshqa elementga aylanishidir. Radioaktivlikning ochilishi bilan yadrolar tarkibi va elementar zarralar xususiyatini o‘rganishning dastlabki davri boshlandi. Tabiatda uchraydigan elementlarda tabiiy ravishda kuzatiladigan radioaktivlik hodisasi tabiiy radioaktivlik deb ataladi.
Bunday radioaktiv izotoplar sun’iy radioaktiv izotoplar deyiladi. Tabiiy va sun’iy radioaktivlik orasida prinsipial farq yo‘q, har ikki xildagi radioaktivlik bir xil qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Radioaktivlik qonunlari radioaktiv izotoplarning qanday kelib chiqishiga bog‘liq emas. Mariya Kyuri birinchi marta elementlarning nurlanishini radioaktivlik, nurlarni esa radioaktiv nurlar, nurlanuvchi elementlarning o`zini esa radioaktiv elementlar deb atadi. Radiy elementi ayniqsa nurlanishning aktiv manbai bo‘lib chiqdi. Shu sababli bu element radiy nomini oldi. Radioaktiv yadrolarning yemirilishida hosil bo‘ladigan yangi yadrolar kimyoviy xossalari jihatidan dastlabki yadrodan farq qiladi. Radioaktiv izotoplarning yadrolarida ortiqcha neytron va protonlar bo‘ladi. Radioaktiv izotoplar o‘z tarkibini mustaqil ravishda o‘zgartirib, yemirilib turg‘un yoki radioaktiv izotopga aylanadi. Lekin ko‘pchilik xollarda ketma-ket bir necha radioaktiv aylanishlar kuzatiladi. Bu holda bir-biri bilan “Qarindoshlik” aloqalari bo‘lgan radioaktiv yemirilishlarning butun bir zanjiri hosil bo‘ladi. Radioaktiv yemirilish zanjirlari radioaktiv oilalar yoki radioaktiv qatorlar deb yuritiladi. Radioaktivlik hodisasiga qiziqib bir qator olimlar radioaktivlik ustida ishlay boshladilar. Radioaktivlikni o‘rganishda Mariya Kyuri, Piyer Kyuri va Rezerfordlar juda katta hajmdagi ishlarni bajardilar.
Mariya va Piyer Kyurilar toriy, poloniy, radiy va boshqa radioaktiv elementlarni topilishidagi ishlari uchun 1903 va 2011 yillarda ikki marta Nobel mukofotini olishga sazovor bo‘ldilar. Rezerford radioaktiv nurlanishlarning moddalarda yutilishini, bunda intensivlikning kamayishini, vaqt o‘tishi bilan radioaktiv element aktivligining eksponensial qonun bo‘yicha kamayishini, radioaktiv elementlar alfa, beta-nurlar chiqarib, boshqa elementlar izotoplariga aylanishini, radioaktiv izotoplarning yarim yemirilish davri T1/2 ni va yemirilish doimiyligi λ ni o‘z tajribalarida aniqladi. 1898 yilda Rezerford ximik Soddi bilan birgalikda radioaktiv elementlar chiqarayotgan nurlanishlarning magnit maydonda og‘ishini kashf qildi. Rezerford magnit maydonda nurlanishlar dastasinining ajralishini va biri bir tomonga, ikkinchisi qarama-qarshi tomonga og‘ishini kuzatdi. Bir tomonga og‘gan nurlanishlar α-alfa nurlanishlar, qarama-qarshi tomonga og‘gan nurlanishlar β-beta nurlanishlar deb ataldi. Keyinchalik 1900 yilda Fransiyalik olim Pol Viyyar radiy nurlanishlarining yangi tashkil etuvchisini aniqladi. Bu nurlanish magnit maydonda og‘maydigan, o‘z tabiatiga ko‘ra rentgen nurlariga o‘xshash bo‘lgan qisqa to‘lqinli elektromagnit nurlanishlar ekanligi ma’lum bo‘ldi. 1903 yilda radioaktiv nurlanishlarning bu yangi tashkil etuvchisi gamma-nur deb ataldi. Biosferada sochilgan tabiiy radionuklidlar hamda turli sabablarga ko‘ra tabiat namunalarida paydo bo‘lgan sun’iy kelib chiqishga ega bo‘lgan radionuklidlar hech qanday tabiat hodisalariga – temperatura, bosim o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda yemirilib turadi. Yemirilishlardan hosil bo`lgan α, β, γ-nurlanishlar biosferaning umumiy nurlanishlariga o`z hissasini qo`shadi.3
Gaz oqimining toriyli preparat radioaktivligiga ta’sirini o‘rganishlar toriyli preparat sirtida aktiv modda hosil bo‘lishi va uning gaz oqimi bilan oson chetlashtirishi aniqlandi. Bu yangilik 1899 yilda Rezerford laboratoriyasida R. Ouens tomonidan kashf qilindi va tezda rivojlantirildi, unga toriyning gazsimon radioaktiv emanatsiyasi deyildi. Rezerford va Coddilar o‘z izlanishlaridan shunday xulosaga keldilar: Toriy emanatsiyasi – toriyning aktiv qoldig‘i bo‘lib, bu qoldiq birnecha ketma-ket: toriy–toriy–iks–toriy emanatsiyasi aylanishlardan keyin hosil bo‘ladi. Emanatsiyaning yemirilishidan turg‘un element hosil bo‘lishi mumkin. Toriy emanatsiyasining ochilishi boshqa elementlar emanatsiyasini aniqlashga turtki bo‘ldi. Ko‘p vaqt o‘tmay E. Dorn radiyning emanatsiyasi aniqlanganligini xabar qildi. Uch yildan keyin esa A. Debern aktiniyning emanatsiyasini kashf qildi. Keyinroq toriy, radiy va aktiniyning emanatsiyalari kimyoviy element radonning turli xil ko‘rinishdagisi ekanligi aniqlandi.
Emanatsiyalar – radioaktiv gazlar bo‘lib, inert gazlardir. Inert gazlar bilan hech qanday kimyoviy reagentlar reaksiyaga kirishmaydi. Har uch holatda aniqlangan radon bir-biridan aktivligining kamayishi tezligi bilan farq qiladi. Toriy, radiy va aktiniylarning emanatsiyalari qisqa yashovchi radioaktiv nurlanishlar manbai deb qaraldi. Toriy emanatsiyasining ochilishi va o‘rganilishi 1899 yilning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keldi. X-elementlar. Fraksion kristallanish usuli bilan uran birikmalarining biri cho‘kmaga va filtratga ajratildi. Filtrat uran xususiyatiga ega bo‘lib, lekin aktivligi sezilarli emas edi. Cho‘kmada uran yo‘q edi, lekin ancha aktivlikka ega edi. Bunda shunday xulosaga kelindi: aktivlik uranga tegishli emas, balki boshqa moddaga tegishli bo‘lib, u uranga aralashib uranga aktivlik beradi. Bunday effektni birinchi marta V. Kruks kuzatdi va uranga radioaktivlik xususiyatini beruvchi taxmin qilingan radioelement UX mavjudligini tushuntirdi, toriyga ham shunday radioaktiv xususiyatini beruvchi element ThX mavjudligini aniqladi.

Download 311.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling