Fakulteti tal`im yo`nalishi kurs guruh talabasi


Download 311.92 Kb.
bet2/14
Sana15.06.2023
Hajmi311.92 Kb.
#1486177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Radioaktivlik va radioaktiv elementlar kurs ishi.docx.

Sh. M. Mirziyoyev
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida (2017-yil, 20-aprel PQ-2909) yangi avlod o‘quv, ilmiy adabiyotlarini yaratish va ularni Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
Radioaktivlik – atom yadrosi fizikasi fanining asosiy bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Fransuz olimi Anri Bekkerel tomonidan 1896 yilda ochilgan radioaktivlik hodisasini zamonaviy fandagi buyuk kashfiyotlar qatoriga kiritish mumkin. Yadroviy kelib chiqishga ega bo‘lgan hodisalar orasida radioaktivlik birinchi tizimli tadqiqotlar mavzusiga aylandi. Bu esa modda tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot tarixida radioaktivlikning o‘rnini, ahamiyatini belgiladi. Radioaktivlikni o‘rganish jarayonida moddaning yangi xususiyatlari aniqlandi: o‘z-o‘zidan yemirilishi natijada kimyoviy elementlarning radioaktiv aylanishlari, ularning genetik qatorlari, kimyoviy elementlarning turli holdagi ko‘rinishlari – izotoplar tushunchasi paydo bo‘lishi, atomlar nafaqat og‘irliklari, balki atom ichkarisidagi elektr zaryadlari bilan xarakterlanishi ko‘rsatildi, atom va atom yadrosi tuzulishi to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllandi, atom energiyasidan foydalanish muammolarini hal qilish imkoniyatlari yaratildi.
Radioaktivlik sohasida qilingan olamshumur kashfiyotlar, radioaktivlikning turli sohalardagi tadbiqlari qatorida atrof-muhit namunalarining radioaktivlik xususiyatlari, darajasi, sabablari, radioaktiv nurlanishlarning tirik organizmlarga salbiy va ijobiy ta’sirlari, himoyalanish usullari kabi radioaktivlikka xos bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganishga imkoniyat yaratdi. Bunday ma’lumotlar bugungi kunda kishilarning radiatsion xavfsizligini ta’minlashda zaruriy ma’lumotlar hisoblanadi.
Radioaktivlik hodisasiga qiziqib bir qator olimlar radioaktivlik ustida ishlay boshladilar. Radioaktivlikni o‘rganishda Mariya Kyuri, Piyer Kyuri va Rezerfordlar juda katta hajmdagi ishlarni bajardilar. Mariya va Piyer Kyurilar toriy, poloniy, radiy va boshqa radioaktiv elementlarni topilishidagi ishlari uchun 1903 va 2011 yillarda ikki marta Nobel mukofotini olishga sazovor bo‘ldilar.

Download 311.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling