Fakulteti turizm kafedrasi


Download 22.9 Kb.
bet2/2
Sana08.06.2023
Hajmi22.9 Kb.
#1465565
1   2
Bog'liq
pari2

Kurs ishining vazifalari:
Yevropa mintaqasining turistik mamlakatlari haqida ma’lumot berish
Rossiya,Portugaliya,Turkiya davlatlari turizmni o’rganish.
Yevropaning turistik mamlakatlari va Rossiya,Portugaliya,Turkiya davlatlarining Xalqaro turizm rivojida tutgan o’rni haqida tushuntirish.

Mundarija


Kirish
I Bob.Yevropa mintaqasining turistik mamlakatlari.
1.1.Yevropa mintaqasida turizmning holati……….
1.2.Yevropa mintaqasining turizm tarixi…………..
1.3.Yevropa mintaqasining Xalqaro turizm rivojiga qo’shgan hissasi…………..
II Bob.Rossiya federatsiyasi,Portugaliya,Turkiyada turizmning rivojlanish asoslari
2.1.Rossiya federatsiyasida turizmning o’rni……....
2.2.Portugaliya davlatining Xalqaro turizm rivojiga qo’shgan hissasi…………..
2.3.Turkiya davlati turizmi………………………….

Kirish
Keyingi yillarda vujudga kela boshlagan yangi iqtisodiy va ijtimoiy muhit,mustaqillika erishgan har bir mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish va uning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan sohaladan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Chunki mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga ta`sir etuvchi har qanday jarayonning mazmun va mohiyatini chuqur o`rganish tanlangan yo`lning nechog`lik to`g`ri yoki aksi ekanligini ko`rsatib beradi. . O`zbekistonda ham bu borada mustaqillik yillarida soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilgan bolib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Bu yo‘nalishdagi ishlar bugun ham davom etmoqda. Shu tufayli Jahon sayohat va turizm Kengashi (World Travel and Tourism Council – WTTC )ning ma`lumotlari bo‘yicha, O`zbekiston Respublikasi turizm sohasi tezkorlik bilan rivojlanayotgan davlatlar 10 taligi ro‘yxatiga kiritilgan. Istiqbolni belgilash davrida O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolarga turistik xizmat ko‘rsatishning o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu holat kelajakda o‘zbekistonda kiruvchi va chiquvchi turizm bozorida turistik biznes nafaqat turizm industriyasi, balki milliy iqtisodiyotning turizmga turdosh bo’lgan bir qator boshqa sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi. 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “2005 -yilgacha bo`lgan davrda O`zbekistonda turizmnin rivojlantirish davlat dasturi” to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni turizmning kelajakdagi rivojlanish darajasini belgilab berdi. Turistik oqimning barqaror ravishda o‘sishi har yili 3-5 foizgacha ko'payadi deb ta’kidlanmoqda.Shu tufayli, yurtimizga sayohat qiladigan mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun turizmni nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganish va bilish talab etilmoqda. Turizm nafaqat o‘tmishni o‘rganish, o‘zga xalqlar va elatlar, ularning urf-odatlari, an’analari, milliy meroslari bilan tanishish, ularning madaniy yodgorliklaridan bahramand boiish, shu bilan birgalikda, katta biznes manbasi bo’lib hisoblanadi.Davlat dastuini amalga oshirishda qo’yilgan asosiy qadam Respublika Oliy Majlisining XV sessiyasida (1999-yil 20-avgust)qabul qilingan”Turizm to’g’risidagi”qonun bo’ldi.Bu qonun respublikamizda turizmni rivojlantirishning huquqiy asoslarini,turizm sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini,O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida turizmning ahamiyati va o’rnini belgilaydi.Xorijiy turistlarni mamlakatimizga kengroq jalb qilish uchun mamlakatning umumiy imiji mehmonxonalarda xizmat ko’rsatish sifatini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish orqali yaxshilanadi. Barcha tarmoqlar singari turizm sohasida ham malakali kadrlarga ehtiyoj juda katta. O`rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida ta`lim olib, keyinchalik shu tanlangan mutaxasssliklari bo`yicha oliy o`quv yurtlarini tugatgan oliy ma`lumotli malakali kadrlar O`zbekistonda turizm sohasini rivojlanishining milliy modelini shakllantirish va takomillashtirishda muhim rol o`ynaydilar. turistlar sonini ko`paytirish uchun O`zbekistonning turistik imkoniyatlarini jahonda eng ko`p sayohat qiluvchi iste`molchilarga taqdim qilish lozim. Shuningdek, Xorijiy maqsadli bozor segmentlarini to`g`ri tanlash va alohida marketing faoliyatlarini yo`lga qo`yish lozim.
Download 22.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling