Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport


II Bob. SPORT MAKTABLARIGA QABUL QILISHDA DASTLABKI TANLOVNI O‘TKAZISH USLUBIYATI


Download 216.12 Kb.
bet10/18
Sana31.01.2024
Hajmi216.12 Kb.
#1833267
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport-fayllar.org

II Bob. SPORT MAKTABLARIGA QABUL QILISHDA DASTLABKI TANLOVNI O‘TKAZISH USLUBIYATI




    1. Bolalarni dastlabki tanlovga tayyorlash

Bolalarni dastlabki tanlovga tayyorlash maktab sharoitida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi. O‘quvchilar ma’lum dastur asosida baholovchi mashqlar, harakatli hamda xalq o‘yinlari yordamida saralanib beriladi. Mazkur saralovchi vositalar aynan basketbol o‘yinining mohiyatiga, ya’ni o‘yin malakalariga nihoyatda yaqin bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday vositalar tavsiya qilingan adabiyotlarda keng yoritilgan. Dastlabki tanlovga tayyorlash jarayonida o‘quvchilar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari shart. Bu tadbir qanchalik sifatli va samarali amalga oshirilsa, shunchalik sport maktablarida uyushtiriladigan tanlovni sifat darajasi yuqori bo‘ladi.



    1. Dastlabki tanlov

Mazkur tadbir quyidagi tartibda olib boriladi:



  1. bosqich. Targ‘ibot, tashviqot ishlarini uyushtirib o‘quvchi bolalarni qiziqtirish, jalb qilish (suhbat, ma’ruzalar o‘tkazish, basketbol musobaqalri haqida filmlar namoyish qilish). Ko‘rgazmali musobaqalar uyushtirish, taniqli sportchilar ishtirokida suhbatlar o‘tkazish.


  2. bosqich. Baholovchi mashqlar, harakatli va xalq o‘yinlari yordamida dastlabki tanlov – qabul o‘tkazish (qaddi-qomat ko‘rsatkichlari, jismoniy sifatlarining rivojlanganligi darajasi, apparatlar yordamida olingan qobiliyat ko‘rsatkichlari va hokazo).


1- va 2-jadvalda basketbol guruhiga qabul qilish uchun nazorat mashqlarini baholash ko‘rsatkichlari keltirilgan.


  1. bosqich. Boshlang‘ich tayyorgarlik (bir yillik o‘rgatish davri)da bolalarni maxsus sifatlar, texnik va taktik malakalarni o‘zlashtirish qobiliyatini, imkoniyatini


baholash. Ularni nasliy xislatlarini o‘rganish. Texnik va taktik tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rik tanlov o‘tkazish.




    1. jadval




Download 216.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling