II Bob. SPORT MAKTABLARIGA QABUL QILISHDA DASTLABKI TANLOVNI O‘TKAZISH USLUBIYATI
Bolalarni dastlabki tanlovga tayyorlash
Bolalarni dastlabki tanlovga tayyorlash maktab sharoitida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi. O‘quvchilar ma’lum dastur asosida baholovchi mashqlar, harakatli hamda xalq o‘yinlari yordamida saralanib beriladi. Mazkur saralovchi vositalar aynan basketbol o‘yinining mohiyatiga, ya’ni o‘yin malakalariga nihoyatda yaqin bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday vositalar tavsiya qilingan adabiyotlarda keng yoritilgan. Dastlabki tanlovga tayyorlash jarayonida o‘quvchilar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari shart. Bu tadbir qanchalik sifatli va samarali amalga oshirilsa, shunchalik sport maktablarida uyushtiriladigan tanlovni sifat darajasi yuqori bo‘ladi.
Dastlabki tanlov
Mazkur tadbir quyidagi tartibda olib boriladi:
bosqich. Targ‘ibot, tashviqot ishlarini uyushtirib o‘quvchi bolalarni qiziqtirish, jalb qilish (suhbat, ma’ruzalar o‘tkazish, basketbol musobaqalri haqida filmlar namoyish qilish). Ko‘rgazmali musobaqalar uyushtirish, taniqli sportchilar ishtirokida suhbatlar o‘tkazish.
bosqich. Baholovchi mashqlar, harakatli va xalq o‘yinlari yordamida dastlabki tanlov – qabul o‘tkazish (qaddi-qomat ko‘rsatkichlari, jismoniy sifatlarining rivojlanganligi darajasi, apparatlar yordamida olingan qobiliyat ko‘rsatkichlari va hokazo).
1- va 2-jadvalda basketbol guruhiga qabul qilish uchun nazorat mashqlarini baholash ko‘rsatkichlari keltirilgan.
bosqich. Boshlang‘ich tayyorgarlik (bir yillik o‘rgatish davri)da bolalarni maxsus sifatlar, texnik va taktik malakalarni o‘zlashtirish qobiliyatini, imkoniyatini
baholash. Ularni nasliy xislatlarini o‘rganish. Texnik va taktik tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rik tanlov o‘tkazish.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |