Фалсафа 2021 №3. p65
Philosophy and life / ¹ 3 (14) 2021
Download 315.72 Kb. Pdf ko'rish
|
4550-Текст статьи-9109-1-10-20220509
53
Philosophy and life / ¹ 3 (14) 2021 Manosi: barcha mavjudliklarni komi (komi murod-oliy maqsad) sening saxovating tufayli. Àslda ularda seni qoyim vujuding va saxovating borligi tufayli ular bordir. Àsl qoyimlik Senga xos. Vujudung qachon qilsa zohir qidam (qadim), Bolub borcha ashyo vujudi adam [À.Navoiy, 1991: b.9 ]. Manosi: azalda Sening vujuding zohir bolishi bilan, barcha ashyolar adamdan, yani yoqlik olamidan vujud (borliq) olamiga kelishdi. Tasavvufshunos olim N. Komilov, vahdatul vujud falsafasida «Hamma narsa Undan» tushunchasi bilan birga Hamma narsa Udir tushunchasi ham bazan qollaniladi. Biroq, shunga qaramay, buni Tabiat Xudodir degan goyaga tenglashtirolmaymiz. Hamma narsa Udir degan qarashda Xudoning zoti sifatlarida mujassam, degan fikr ifodalangan. Vahdatul vujud talimotiga kora, olam uzluksiz ozgarishda (transformatsiya, inqilob), Xudo har bir lahzada ozgacha shan (surat, shakl-shamoyil- yani forma) bilan zuhur etadi, yangi shan avvalgisiga oxshamaydi. Faqat orif buni his etadi, chunki aql suratlarga boglanib qoladi, orif qalbi doim mohiyatga haqiqatga qarab boraveradi[8]. Orif sozi, bizni ozbek va boshqa musulmon xalqlari tillariga arab tilidan kirib kelgan bolib, uning ilk mazmuni Ollohni tanish, tan olishni anglatgan. Keyinchalik, umuman, talim, ilm-marifatni anglatuvchi tushuncha sifatida etirof etila boshladi. Xususan, maorif sozining ozagi orifdir. I. Haqqulov: tasavvuf tadqiqotchilarining etirof qilishlaricha, Mansur Xalloj va Boyazid al-Bistomiyda ham vahdatul vujudga yaqin fikr-qarashlar bolgan. Àmmo ular vahdatul vujudga qaraganda vahdatul shuhudga yaqindirligini aytadi. Navoiyning Xazoyinul maoniydagi bir gazalida bu haqda shunday deyiladi: Zihi kamol ila kavnayn naqshiga naqqosh, Muqavvanot vujudin vujuding aylab fosh[À.Navoiy, 1987. b.226] deb boshlanuvchi gazali mazmuni tahlilini keltiradi. Tavhid va vahdatul vujud atamasi ilmiy adabiyotda kopincha bir maznunda tadbiq etiladi. Xolbuki, tavhid sof diniy, vahdatul vujud esa tasavvufiy tushuncha bolib, mohiyat etibori bilan ular bir-biridan farq qiladi. Vahdatul vujudniki - "kasrat", shuning uchun ularning birini ikkinchisiga nisbat berish mumkin emas, deydi [I.Haqqulov,1993: b. 18-20]. Bu yerda tasavvufiy sheriyatda borliqni orifona va shoirona tamsil va badiiy tarzda bayon qilish sanati borligini korishimiz mumkin. Bazi orinlarda aytib otganimizdek, falsafaning boshqa muammolari kabi borliq bilan bogliq masalalarda nafaqat, dunyoviy va diniy yondashuv namoyondalari ortasida murosasiz bahslar kechadi, balki, dinlardagi oqimlar, mazhablar, suluklar, tariqat yollarida ham juda murosasiz ixtiloflar bolib, qoli baland kelganlar maglublarni kofirlikda ayblab, qatl qilishgacha borganlar. Zero bu masalani Navoiy falsafiy merosini organishning mafkuraviy jihatlari mavzumizda toxtalib otganmiz. Insoniyat tarixi mafkuraviy kurashlar jarayoni bilan kechgan ekan, bu hol hozir ham davom etib kelmoqda. Xususan, bazi tadqiqotchilar vahdatul vujud talimotini panteistik nazariya deb talqin qilsa, diniy aqida tarafdorlari buni qabul qilishmaydi. Vaholanki, shu davrgacha olib borilayotgan tadqiqotlar ilmiy tili qadimgi yunon tili, uning merosxori bolgan Garbiy Yevropa mamlakatlari tillarida bolganligi olaroq panteizm ilohiy, ilohiyot, Ollohga doir sozini anglatar ekan, aslda ularning mantiqiy asosi bir ekanligini korishimiz mumkin. Lekin, garchi masalaning qoyilishi va unga javob aniq bolishi mumkin bolgani holda, unga yondashuv va javoblar masalasida bahslar bor va u tabiiydir. Panteistik qarashlarning deyarli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling