Фалсафа 2021 №3. p65
Philosophy and life / ¹ 3 (14) 2021
Download 315.72 Kb. Pdf ko'rish
|
4550-Текст статьи-9109-1-10-20220509
55
Philosophy and life / ¹ 3 (14) 2021 davrgacha umumiy qarashlar, harakatlar va ananalar asosida faoliyat korsatib kelayotgan sufiylar dunyosini algov-dalgov qilib tashlash bilan birga ularni ikki lagerga bolib tashladi [Sh.Sirojiddinov, 2021: b. 31-36]. Bizning nazarimizda, - borliqning ibtidosi, yani ilk mohiyati, asosi ilohiy manbaalarda Xudo deb topilgan bolsa, bu hozircha boshqa yondashuvlardan ancha aniqrogi. Borliqning ichki mazmuni, xossalari, ozgarish jarayonlari bilan bogliq jarayonlar, ularni qonuniyatlari bilan materialistik tadqiq qilayotgan fan sohalari bir qarashda borliqning ilk ibtidosidan ancha yiroq. Yassaviyning ilohiyotida borliq va mohiyat, javhar, ibtido masalalari Navoiy asarlari va qarashlarida davom etadi hamda mukammallashadi. Shu jihati bilan ham Yassaviy merosi Navoiyning umuman ijodiy faoliyatidagi manba va nazariy-uslubiy asos hisoblanadi. Yassaviyning xizmati shundaki, u juda koplab tasavvufiy istiloh va tushunchalarni turkiylashtirdi. Bu xizmatlarini Navoiy Nasoyimul muhabbat va boshqa orinlarda etirof etgan va katta baho bergan. Umuman, Yassaviy etiqodda ham pir hisoblanadi Navoiy Yassaviya tariqati, Naqshbandiya sulukiga etiqod qiladi [I.Haqqulov, 1993: b. 18-20]. Bizning nazarimizda, orifona va shoirona yondashuvlar kopincha borliq, olam bilan bogliq masalalarda mustaqil fikrlarni sherda, gazalda isyon tarzida ifodalash shakli edi. Bu talqin kop hollarda fojiali yakun topgan. Sufiyni olam va borliq, umuman boshqa falsafiy va etiqodiy savollarni Quroni Karimga zid yoki rad etish holatini, faqatgina, zikr, shataxot holati bilan izohlansa u omon qolgan. Boshqa hollarda qatl qilinganligini korish mumkin. Lison ut-tayr falsafasini tushuntirishdan boshlagan maqul korinadi. Farhod va Shirinda: Àjab suratki bir naqqoshi mohir, Bolur yuz nav surat birla zohir. Shuhudi aql darkidin mubarro, Vujudi dark (idrok)shubidin muarro[À.Navoiy, 1991: b. 11]. Shuhudi (korish, mushohada) aql darkidin mubarro (idrok qilib bolmaydi), Nishoni benishonliqdin yiroqroq, Makoni bemakonliqdin qiroqroq. Àzaldin behad oshib ibtidosi, Àbaddin asru toshib intihosi[À.Navoiy, 1991: b. 11]. Bu satrlarda ham, Àlloh butun moddiy, nomoddiy olamning ibtidosi, asosiy javhari, moyasi ekanligi ifodalangan. Shuningdek, makoni bemakonlikdan qiroqroq, yani islomiy talimotda lomakon, makondan tashqarida kabi masalalar badiiy tarzda, bu mojizotlar aql bilan anglab yetib bolmaydigan ilohiy asrorligi aytiladi. XULOSA - Vahdat ul-vujul talimoti Islom dini uning olam va borliq bilan bogliq qarashlari zaminida shakllangan va takomillashgan; - Talimot boshqa barcha falsafiy qarashlar kabi bahs-munozara va ixtiloflardan iborat; - Navoiy falsafasiga kelganda uning vahdoniyat va olamning yagona mohiyati Olloh degan tasavvufiy talimot tarafdori ekanligini anglash mumkin; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling