Falsafa 21-mavzulari mundarija


MAVZU BUYUK MATAFFAKIRLAR ETIKA KATEGORIYALARI XAQIDA


Download 0.56 Mb.
bet42/47
Sana08.11.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1755024
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Falsafa 21-mavzulari mundarija

18 MAVZU BUYUK MATAFFAKIRLAR ETIKA KATEGORIYALARI XAQIDA
1.Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi. Axloqning jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyati.
2.Qadimgi Sharq axloqiy ta’limotlar beshigi (Shumer, Bobil, Misr). “Avesto” qadimgi dunyoning axloqiy qomusi.
4. Qadimgi Yunon, Rim va Hindi-Xitoy mintaqasi axloqiy ta’limotlari.
5. Axloqiy pandnomalar
1. Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo`lgan qadimiy fan.
Bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq»,» Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nom bilan atab kelingan. Ovro`poda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo`llar edik. Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan, Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo`ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga - etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa -san'at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta'limotni fan darajasiga ko`targanlar va «Etika» (ta yethika) deb ataganlar.
Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz.
Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o`rganadi. «Axloq» so`zi arabchadan olingan bulib bu «xulq;» so`zining ko`plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma'noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob'ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe'l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo`lsak doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq eng kamqamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob — inson haqida yoqimli taassurot o`ygotadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo`lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o`z ichiga oladi.
Xulq - oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo`lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta'sir ko`rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo`la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig`indisidir.
Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o`z yakka hukmronligi yo`lida millionlab begunoh insonlarni o`limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Xitler, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojialarga olib keladi.
2. Axloqshunoslik qadimda fizika va metafizika bilan birgalikda falsafaning uzviy (uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan sung) alohida falsafiy yo`nalishdagi fan maqomini oldi. Bu fikrni quyidagicha kengaytiribroq talqin etish mumkin. Ma'lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni haqiqatga olib borishdir. Shundan kelib chiqqan holda, falsafaning tadqiqot ob'yektini tafakkur deb belgilash maqsadga muvofiq.
Axloqshunoslik axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etadi va amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. Shu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafasi deb atash mumkin. Hozir u falsafiy fan sifatida uch yo`nalishda ish olib boradi, ya'ni axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etar ekan, u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o`rgatadi. Shunga ko`ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va rasmona-me'yoriy tabiatga ega. Qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero sof nazariy axloqshunoslikning tuzulishi mumkin emas. U insoniyat o`z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy qonun-qoidalarga o`rgatadi, ularga axloqning mohiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar chiqaradi, ya'ni, axloqshunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, Sitseron, Seneka, Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, G`azzoliy, Spinoza, Kant, Hegel, Shopenhauer, Foyerbax, Kirkegaard, Nittsshe, Vl. Solovyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta'limotlar bilan birgalikda «Patanjali», «Qobusnoma», Sa'diyning «Guliston», Jomiyning «Baxoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqga bag`ishlangan asarlar ham o`z mustahkam o`rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi ham, o`ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning omuxtaligidadir.
Axloqshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, har ikkala fan ham bir xil muammo — axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. Chunki umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud bo`lgan ma'lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta'sir ko`rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloqqa ana shunday ta'sir o`tkazganlar.
Chunonchi, islom dinini oladigan bo`lsak Qur'oni Karim, Hadisi sharif, Ijmo' va muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Shuningdek komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farqi shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondoshadi.
Axloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Ma'lumki, juda ko`p hollarda axloq me'yorlari bilan huquq me'yorlari mohiyatan va mazmunan bir xil bo`ladi. Shunga ko`ra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan huquqshunoslikning tadqiqot ob'ektlari ko`p jihatdan o`xshash, ular faqat yondoshuv usuli nuqtai nazaridan farq qiladi, ya'ni, huquq me'yorlarining bajarilishi, odatda, maxsus adliya idoralaridigi lavozimli kishilar orqali, majburiy sanktsiyalar vositasida yo`lga qo`yiladi: axloq me'yorlari esa u umumiy qabul qilingan milliy urf-datlar, jamoatchilik fikri yordamida, alohida belgilangan kishilar tomonidan emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek huquqshinoslik kasbi uchun muhim bo`lgan amaliy axloq jihatlarini axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan maxsus sohasi tadqiq qiladi va tavsiya etadi.
Axloqshunoslik pedagogika bilan ham chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta'lim berish jarayonlarini pand-nasixatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Shu bois axloqshunoslik o`zining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Axloqshunoslikning ruhshunoslik (psixologiya) bilan aloqasi alohida ahamiyatga ega. Zotan, bu ikkala fan kishilar hatti-harakati, fe'l-atvori va mayl-istaklarini o`rganadi. Lekin bu o`rganish ikki xil nuqtai nazardan olib boriladi: ruhshunoslik u yoki bu hatti-harakat, fe`l-atvor, sababi asos (motiv)larning ruhiy tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, axloqshunoslik ruhshunoslik tadqiq etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi.
Axloqshunoslikning ijtimoiyshunoslik (sotsiologiya) bilan aloqasi o`ziga xos. Bu ikkala fan inson faoliyatini boshqarishning ijtimoiy muruvatlaridan bo`lmish axloqni o`rganadi. Lekin axloqshunoslikning miqyosi bu borada keng.
Ma'lumki, sotsiologiya insonlarning ommaviy hatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum doirasidagina tadqiq etadi.
Axloqshunoslik esa, o`z mohiyatiga ko`ra, lozim bo`lganda, muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak yutug`i sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli hatti-harakatlarni hamda ularning sababiy asoslarini o`rganadi.
Axloqshunoslikning siyosatshunoslik bilan aloqasi, ayniqsa, o`ziga xos va murakkab. Chunki siyosiy kurash qarama-qarshi axloqiy qoidalar va talablar kurashini taqazo etadi. Shaxsiy intilishlar bilan davlat va jamiyat manfaatlarining mosligi, maqsadlar va vositalarning pok yoki nopokligi muammolari o`rtaga chiqadi. Lekin, aslida siyosat qay darajada axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona bo`ladi. Bu hozirgi kunda axloqshunoslik ham, siyosatshunoslik ham jiddiy tadqiq etadigan eng muhim umumiy muammolardan biridir. Shuningdek rahbarlik odobi, partiyaviy odob, etiket singari axloqshunoslikning muomala madaniyati doirasiga kiruvchi maxsus sohalari ham siyosatshunoslik bilan chambarchas bog`liq.
Axloqshunoslikning ekologiya bilan aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda.Endilikda global ekologik muammolar ko`proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtai-nazarlariga bog`liq ekani ma'lum bo`lib qoldi. Shunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etish axloqshunoslikka borib taqalmoqda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan maxsus soha ham yuzaga keldi. Lekin, bu - axloqshunoslik ekologiyani to`liq o`z ichiga oladi, degan so`z emas. Chunki bunda axloqiy baholash va boshqarish ob'ekta sifatida tabiatning o`zi emas, balki odamning tabiatga bo`lgan munosabati maydonga chiqadi.
Axloqshunoslik hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan. Faqat zulm va zo`ravonlikka, adolatsizlik va huquqsizlikka asoslangan totalitar tuzumlardagina yolg`onga bo`ysundirilgan, soxtalashtirilgan hamda shu yo`l bilan uning ahamiyati pasaytirilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi sharofati bilan yana axloqshunoslik yangi jamiyatda tobora o`z yuksak mavqeini egallab bormoqda.

Shu o`rinda Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning quyidagi qimmatli fikrlarini keltirish joiz: «Aslini olganda, axloq — ma'naviyatning o`zagi», «Inson axloqi shunchaki salom-alik xushmuomalalikdangina iborat emas. Axloq - bu, avvalo, insof va adolat tuyg`usi, iymon, halollik degani». Bu fikrlar, bir tomondan, eski tuzumdan qolgan axloqsizlik ko`rinishlariga loqayd qarovchilarga va axloqshunoslikni yengil-yelpi, ikkinchi darajali fan sifatida tushunuvchilarga adolatli zarba bo`lsa, ikkinchi tomondan, axloqning yangi jamiyatimizdagi ulkan mavqeini hamda axloqshunoslikning jiddiy nazariy tadqiqotlarga suyanishi kerakligini ta'kidlaydi. Zero hozirgi sharoitda totalitar tuzum ta'qiqi yohud ta'qibiga uchragan milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar hamda qadimiy urf-odatlarimiz, an'analarimiz yangi zamon ma'naviy qadriyatlarini yaratishda asos bo`lib xizmat qilishi mumkin.



Ma'lumki, yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va hukmron qismi sifatida yashab keldi. XIX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrda u o`z tafakkur quvvati bilan, ilmiy-texnikaviy inqiloblar tufayli ana shu biosfera ichida noosferani-texnikaviy muhitni yaratdi. Mana, hozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz uz texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz-yeymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, pleyer, lift, kompyuter, poezd, tayyora, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari, zavodlar, lokatorlar, kimyoviy dori-darmonlar va h.k. Bugun video telefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo`lsak necha ko`plab yo`l bosishimiz kerakligi haqida o`ylab o`tirmaymiz, to`g`rirog`i, bu esimizga ham kelmaydi. Chunki texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan. Faqat bugina emas. Inson endilikda o`zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta'sir ko`rsata boshladi. Yer tarixida inson birinchi marta ulkan geologik kuch bo`lib maydonga chiqdi. Insoniy tafakkur biosferadagi o`zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Bu haqda noosfera ta'limoti asoschilaridan biri buyuk rus olimi V.I.Vernadskiy shunday degan edi: «Butun geologik davr mobaynida yaratilgan, o`z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o`zgarishga kirishdi... Aftidan, inson ilmiy tafakkuri harakatining bu tomoni tabiiy hodisa bo`lsa kerak... Hozir biz biosferadagi yangi geologik evolyutsion o`zgarishlarni boshdan kechiryapmiz. - Biz noosferaga kirib boryapmiz». Ammo noosfera faqat ijobiy emas, balki salbiy hodisa sifatida ham namoyon bo`lmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli baleistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning vujudga kelishi atmosferani, olamiy okeanni, yer osti va yer usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib keldi. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, o`simliklarning, hayvonlarning ko`pgina turlari jisman yo`q bo`lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa joy topolmay, okeanda, kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz go`zal orollarga ko`mib tashlanishi, kislota yomg`irlarining ko`payib borishi singari hodisalar bag`oyat xatarli. Afsuski, inson ko`ra-bila turib, o`zi o`tirgan shoxga bolta urishni tuxtatmayotir. Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma'noda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig`lantirishni taqozo etadi. Ya'ni, ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma'nodagi axloqiy muammolar sifatida ko’ndalang bo`lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureata Konrad Lorents: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasining asosiy sababi sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy tuposlikdir», degan so`zlari shu nuktai nazardan ayni haqiqat.
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o`zini va o`z sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman desa - XXI asrdan boshlab etosfera davriga utishi kerak; axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda axloqshunoslik fanining o`rni nihoyatda beqiyos.
Shuningdek yana bir muhim muammo bu — biologik axloqshunoslik. Mazkur hodisa so’nggi bir necha-o`n yillik ichida sof tabobat muammosidan to`laqondi axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan a'zosini boshqa bemorga jarrohlik operatsiyasi yo`li bilan o`tkazish orqali kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtai nazardan qanday baholanadi, degan savol kun tartibida dolzarb bo`lib turibdi.
Bizning fanimiz oldida ana shunday global vazifalar turibdi. Aynan shu vazifalarni bugungi kunda axloqshunoslikning ahamiyatini belgilab beruvchi barometrlar, deyishimiz mumkin.

Ilm dunyosidagi, har qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo`lmaydi, degan hikmat, ayniqsa, axloqshunoslikka taalluqli. Zero axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurning vujudga kelishi hamda uning taraqqiyoti qonunlarini o`rganadi, ma'naviy merosning ulkan qismi bo`lmish axloqiy ta'limotlar, hikmatlar, pand-ugitlarni zamonaviy jamiyat hayotiga tadbiq etish va targ`ib qilish yo`llarini tahlil etadi. Garchand har bir axloqiy kontseptsiya ma'lum bir mutafakkir mulohazalari va faoliyatining mevasi bo`lsa-da, u, mohiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan kelib chiqadi. Ayni paytda, turli odob va etiket qonun-qoidalarini o`z ichiga oladigan axloqiy targ`ibot muammolari, axloqiy pand-ugitlar va me'yorlar talablarini bajarish, axloqiy boshqarish sohasiga kiradi hamda axloqshunoslikning odatda «amaliy axloq» deb ataladigan qismini tashkil etadi.


Darhaqiqat, avval aytib o`tganimizdek «Kalila va Dimna»siz, Konfutsiy o’gitlarisiz, «Qobusnoma»siz xalq maqol va matallarisiz bu fan taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin. Shuningdek muayyan axloqiy tizimni anglash, baholash ham xuddi targ`ibot singari, ma'lum ma'noda adabiyot vositasida amalga oshirilishini unutmaslik lozim.
Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim ming yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo`lmish mixxatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (Shumer) alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma'budlar ezguliq adolat, haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo`lganlari uchun ham madh etiladi. Chunonchi, quyosh ma'budi Utu axloqiy me'yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib turgan, ma'buda Nanshe esa, ba'zi matnlarda haqiqat adolat va shafqat homiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin, ayni paytda, ma'budlar tomonidan o`rnatilgan «Me» deb atalgan qonunlar ro`yxatidan olam harakatini tartibga solish, uning to`xtovsiz va uyg`un bo`lishini ta'minlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan birgalikda - «yolg`on», «nifoq», «gina», «qudrat», «qo’rquv» tushunchalari ham o`rin olgan. Shuningdek somiriylarning maqol va matallari, hikmat-iboralari ham diqqatga sazovor; ularning ko`pchiligi umuminsoniy hikmatlar darajasiga ko`tarilgan va Sharqda bir oz boshqacharoq shaklda hozir ham qo’llaniladi. Bundan tashqari, turli axloqiy muammolar esa «Gilgamesh» eposi dostonlarida ko`tarilgan.
Qadimgi Misrda esa odob-axloq masalalari o`ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida «Pxatotep o’gitlari» bizgacha yetib kelgan eng qadimiy pandnoma hisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval beshinchi sulola fir'avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o`rniga o`z o`g`lini tayinlashni iltimos qiladi va o`g`liga atab o`ttiz yetti nasihatdan iborat mazkur pandnomani yozadi. Unda o`sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o`zni tutish, muomala odobi singari muammolar ko`tariladi, axloqiy fazilatlar esa hikmatlar va nasihatlar tarzida targ`ib qilinadi. Undagi ugitlar yuksak badiiyati bilangina emas, balki quldorlik davri talablarini chetlab o`ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, haqiqiy donishmandlik va insonparvarlik namunasi sifatida hanuzgacha kishini hayratga soladi: «Qimmatbaho toshdek yashirindir oqilona so`z, holbuki uni don tuyayotgan churidan topish mumkin».
2.Qadimgi Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog`liq. Taxminan bundan XXX asr muqaddam yoyila boshlagan bu dinning Qadimgi Xorazmda-yaratilgan, «Avesto» deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatlar va illatlar sanab o`tiladi, talqin etiladi. Unda zardushtiylik ilohi Axura-Mazda — ezgulik Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo`ladi; ezgulik va yovuzlik yorug`lik va zulmat, hayot va mamot o`rtasidagi abadiy kurashning ibtidosi aks etadi. «Abadiy ezgulik», «Ezgu niyat», «Ezgu tartib», «Ilohiy tobe'lik», kabi ezgu tushunchalar real ma'no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma'budlar siymosida namoyon bo`ladi, ular Axura-Mazda atrofida yaxshilik urug`ini sepib yuradi. Bunday tushunchalarning aksi esa Ahriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi Apa Mana, so’lish va o`lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jumlasidandir.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, «Avesto»da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda yeru ko`kdagi barcha ne'matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas burchi hisoblanadi. Ozodalik tozalik gigenik tushuncha dan axloqiy va ilohiy tushuncha darajasiga ko`tariladi: suvni, atrof-muhitni toza tutish, jonivorlarga, xususan, itga uchi o`tkir suyak yoki qaynoq ovqat bermaslik - ularga nisbatan shafqatni anglatadi; inson shafqatli bo`lishi kerak. Bularning hammasi «Avesto»da ekologik axsloqshunoslikning dastlabki kurtaklari ham mavjudligini ko`rsatadi.
3.Qadimgi Sharq axloqshunosligida Qadimgi Hindiston axloqiy tafakkur ilohida o`ringa ega. U tarixan vedachilik yo`lga, jaynchilik buddachilik «Bxagavadgita» va «Artxashastra» hamda lokoyata oqimlaridan tashkil topgan.
Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyatini to`rt tabaqa-varnaga bo`ladi; braxmanlar (kohinlar), kshatariylar (harbiylar), vayshchilar (dehqonlar, kosiblar), shchuralar (qullar). Mashhur «Manu qonunlari»da yozilishicha, braxmanning mashg`uloti - ta'lim berish, Vedani o`rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuhfalar olish; kshatariylar fukarolarni quriqlaydilar; vayshchilar chorva, tijorat, sudxo’rlik va dehqonchilik bilan shug`ullanadilar; shchudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruhga xizmat kiladi. «Xotin, o`g`il va qul - uchalasi xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bo`lsa, o`shaning qo`lga kiritgan mulkidir» - deyiladi «Manu qonunlari»da. Vedachilik axloqiga ko`ra, braxmanlar tug`ma axloqiy yuksak odamlar, shchudralar esa tug`ma tuban axloq egalari hisoblanadi.
Buddachilik axloqshunosligi nafaqat Hindistonda, balki Qadimgi Xitoyda ham o`ziga xos mavqe egalladi. Lekin u yerda yana ikki axloqshunoslik yo`nalishi katta ahamiyatga va qamrovga ega edi. Ulardan biri daochilik.
Daochilik ta'limotining asoschisi Lao-tszi (miloddan avvalgi VI-V asrlar) yirik namoyondasi Chjuan-tszi (miloddan avvalgi 369-286 yilar) hisoblanadi. Lao-tsziga nisbat beriladigan «Dao de szin» kitobida daochilikdagi asosiy yo`nalishlarning mohiyati aks etgan. «Dao - hamma narsadan ustun», «ildiz», «Er va osmonning onasi», «dunyoning ilk asosi», «si» esa moddiy asos, dao «de» ni - fazilatni undan yaratadi. Shuningdek «dao» yo`l ma'nosini ham anglatadi. «Dao de szin» ni «fazilat yo`li» deb ham atash mumkin.
Ayni paytda, Lao-tszining fikricha, donishmand bilimini oshira borib uni odamlarga tarqatmaydi, faqat xalqning farovonligi uchun ishlatadi; «Xalqning bilimi kuchli bo`lsa, uni boshqarib bo`lmaydi. Uning yemagini totli, kiyimini chiroyli, uy-joyini tinch, hayotini quvonchli qilish kerak». Ana o’shanda, ya'ni ilm fan taraqqiy etmasa, sivilizatsiya kirib kelmasa, bir davlat qo`shni davlatga ko`z olaytirmaydi, urush bo`lmaydi. Xullas, donishmand ibtidoiy davrlarni ideallashtiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak daochilik axloqshunosligidagi asosiy maqsad - odamlarning tabiat ko`rsatgan yo`ldan borishiga erishish; tamoyili - faoliyatsizlik; xalqning baxti - uning urug`chiliq qabilachilik munosabatlaridagi tenglik va soddalikka qaytishida; donishmandlarning baxti esa mo’tadillik; xotirjamliq tabiatga yaqinlikdadir.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling