Falsafa 21-mavzulari mundarija
Download 0.56 Mb.
|
Falsafa 21-mavzulari mundarija
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15 MAVZU HUKMNING UMUMIY XARAKTERISTIKASI. HUKM VA GAP.
Maʼruf Kurbanov tomonidan esa Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlar orasida huquqiy bilimlar va huquqiy madaniyatni oshirish masalalari”ga doir maʼruza qilindi. U oʻz maʼruzasida yuqoridagi maʼlumotlarini inobatga olgan holda baʼzi yoʻnalishlardagi qonun buzulishi holatlari haqida umumiy maʼlumotlar berib oʻtdi.
Boʻlib oʻtgan bahs-munozaralar natijalari yuzasidan korruptsiya bilan bogʻliq qonunbuzarlik holatlarini aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etishda moliya organlari xodimlari, ayniqsa, yosh kadrlarning masʼuliyatini oshirishga doir masalalarga qaratilgan amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur videokonferensiya yoshlarning ijtimoiy xavfli holati – Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi bilimlarini oshirishga, huquqiy ongi va zamonaviy dunyoqarashini kengaytirishga, shu yoʻl bilan yurt taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan malakali kadrlar boʻlib yetishishlariga xizmat qiladi. Umuman olganda, videokonferensiya davomida mamlakatimizning barcha hududlarida – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan moliya va gʻaznachilik organlari hamda byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi xodimlari, xususan, yosh kadrlar ishtirok etib, oʻzaro fikr almashishga muvaffaq boʻldilar. 15 MAVZU HUKMNING UMUMIY XARAKTERISTIKASI. HUKM VA GAP. Hukm predmetga ma'lum bir xossa va munosabatning xos yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. hukmlar tasdiq va inkor shaklida bo’ladi. Masalan, tushuncha tafakkur shaklidir – tasdiq hukm, tushuncha gap emas – inkor hukm. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning ichki, zaruriy xossalari, bog’lanishlari va munosabatlarini bilib boramiz. Predmetlar haqida hosil qilingan bilimlar hukm yordamida ifodalanadi. hukm ham tushunchaga o’xshash ob'ektiv voqe'lik in'ikosi natijasi sifatida fikrni ifodalashning mantiqiy shaklidir. Bizning har bir chin (yoki xato) fikrimiz voqelikdagi narsa va xodisalarning xossalari, o’zaro munosabatlari borligi yoki yo’qligi hamda bu voqelik elementlarining xossalari, ular orasidagi munosabatning doimiyligi, zaruriy yoki tasodifiyligi xaqida borsa, unda bizning fikrimiz hukm shaklida ifodalanadi. Tasdiq yoki inkor har bir hukmning xarakterli belgisidir. Shuning uchun, agar hukm o’ziga xos bo’lgan tasdiq yoki inkor belgisiga ega bo’lmasa, u hukm bo’la olmaydi. Demak, hukm narsa va xodisalar, ularning turli belgilari, xususiyati va munosabatlari haqidagi tasdiq yoki inkor shaklidagi fikrdir. Chin hukmda buyum belgisi va munosabati xaqidagi fikr voqe'likda buyum belgisi va munosabati qanday bo’lsa, xuddi shunday olinadi. Masalan, Antarktida okeandir – chin hukm. Agar voqe'likdagi buyumlarga xos xususiyat va munosabat xos emas deb, xos emas xossa va munosabat xos deb olinsa, unda hukm albatta xato bo’ladi. Masalan, Antarktida okean emas va Antarktida dengizdir – xato hukmlar hisoblanadi. Tafakkur til bilan bog’liq bo’lganligi sababli hukm gap bilan bog’liq. hukm va gap aynan bir xil emas. hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa, gap grammatik kategoriya hisoblanadi. Barcha gaplar ham hukmni ifodalamaydi. So’roq, undov va buyruq gaplar asosan hukmni ifodalamaydi. Ba'zi so’roq gaplar (so’roq - ritorik) gaplar hukmni ifodalaydi. Masalan, “Onani kim sevmaydi?” so’roq gapi “Onani hamma sevadi” ma'nosidagi darak gap o’rnida ham kelishi mumkin. So’roq gaplarning asosiy maqsadi javob olishdir. Shuning uchun so’roq gaplar bir qator hukmlar yordami bilan ma'lum xabarni yetkazish usulidir. So’roq gapdagi «nima bo’ldi:?» so’rog’i «nimadir bo’lganligi» hukmini ifodalaydi. Bunday holat bo’lmaganda edi, so’roq ham ma'nosiz fikrga aylanar edi. Shuning uchun har bir so’roq gapda ikki bo’lak, birinchisida boshlang’ich xabar «nimadir bo’lganligi» va ikkinchisida aynan “qaysi hodisa bo’lganligi” haqidagi savol spetsifikasini tashkil etuvchi muaammo mavjud. Shunga o’xshash holat undov gaplarda ham mavjuddir. Fikrlash jarayonida turli xil savollarga bir xil gap shaklida javob beriladi. Shuning uchun bitta gap turli xil hukmlarni ifodalashi mumkin. Bundan tashqari hukm bilan gapning tarkibi bir-biridan farq qiladi. Gapda ega va kesim bir yoki bir necha so’z yordamida ifodalanadi. Shuning uchun gapda ega va kesimdan tashqari, boshqa bo’laklar aniqlovchi, to’ldiruvchi kabi bo’laklar ishtirok etishi mumkin, shunga qarab gapnig strukturasi o’zgarib turadi. hukm tarkibi qat'iy bo’lib, sub'ekt, predikat va ularni munosabatini aniqlovchi bog’lovchidan iborat bo’ladi. hukmning sub'ekti – bu hukmning predmetini ifodalovchi tushuncha bo’lib, S simvoli bilan ifodalanadi. hukmning predikati – uning predmeti belgisi va munosabatini ifodalovchi tushuncha bo’lib, P simvoli bilan ifodalanadi. Sub'ekt va predikat hukmning terminlari hisoblanadi. Subekt va predikat munosabatini mantiqiy bog’lovchi “ – ” ifodalaydi. U o’zbek tilidagi “ifodalaydi”, “hisoblanadi”, “boradi”, “keladi” kabi fe'llarga to’g’ri keladi. hukmning formulasi – S – P. Masalan, daftar (S) – (bog’lovchi) o’quv quroli (P). Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling