K. S. Kurbanov, Sh. I. Cho’lliyev, Sh. I
Download 18.37 Kb.
|
такриз 2 (2)
K.S. Kurbanov, Sh.I.Cho’lliyev, Sh.I. Raximovlarning O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar univeristeti barcha yo‘nalishidagi talabalar uchun «Veb dasturlash texnologiyasi» fanidan amaliy ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmaga TAQRIZ Bugungi kunda Veb sohasi jadallik bilan rivojlanib borayotganligi sababli har bir soha egasi o’zining shaxsiy veb saytiga ega bo’lishi dolzarb bo’lib qoldi. Qolaversa ta’limda veb dasturlashning o’rni juda muhim, talaba jurnalistika sohasining qaysi yo’nalishida o’qishidan qat’iy nazar o’zining shaxsiy blogi yoki portfolio saytlarini o’zi ishlab chiqishi va bu fan sifatida o’tilyotgani tahsinga loyiq. Mazkur qo’llanma veb dasturlash texnologiyasiga kirish bo’lib html, css va javascript dasturlash tili o’rta darajada o’rgatilgan , mazkur uslubiy qo‘llanmada veb-hujjatni ko’rkamlashtirish, o’ziga tortuvchi qilib cssda dizayn berish, javascriptda animatsion veb sayt qilishni o’rgatishga mo’ljallangan, veb sayt dizaynini qilish domen va hosting olish jarayonlari ham to’laqonli tushuntirib o’tilgan. Mazkur uslubiy qo‘llanmada universitetning barcha yo‘nalishlariga “Veb dasturlash texnologiyasi” fani bo‘yicha amaliy ishlarni bajarishga doir ma’lumotlar amaliy misollar bilan tushuntirib o‘tilgan. Ushbu uslubiy qo‘llanma har bir o‘rganilayotgan amaliy mashg‘ulot mavzularini mustaqil ravishda o‘zlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, uslubiy qo‘llanmada veb sahifalar o‘ziga xosligi haqida yetarli ma’lumotlar mavjud, lekin ,mavzularni yana ham kengaytirib o’tilsa maqsadga muvofiq bo’lardi. Yuqoridagilarni inobatga olib, “Veb dasturlash texnologiyasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma nashrga taqdim etilishi mumkin, deb hisoblayman. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU “Informatika asoslari” o‘qituvchsi PhD Babajanov M.R. Download 18.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling