Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Uchinchi savol: Fan - texnika inqilobi va jamiyat hayotidagi fan o„rnining ortib borishi
masalasida shuni qayd etish lozimki, “XX asr - fan asri” deb atalgan bo„lsa, “XXI asr - texnologiya asri” deb atala boshlamoqda. Sababi, fan - texnika inqilobi bir tomondan jamiyatda moddiy boyliklarni rivojlan-tirish, insonning oziq - ovqatga, kiyim - kechakka bo„lgan ehtiyojini to„laroq qondirish bilan birga jamiyat oldiga ham bir qator masalalarni ko„ndalang qilib qo„ymoqda. Jumladan, fan - texnika taraqqiyoti intellektual salohiyatni zudlik bilan rivojlantirish muammosni qo„ymoqda, sababi hozirgi kunda faqatgina hozirgi zamon fan - texnika taraqqiyotining mohiyatini, ahamiyatini chuqur bilgan, hozirgizamon fan taraqqiyotining chuqur egallagan kishigina fan - texnika taraqqiyotining rivojlanishiga o„z hissasini qo„shishi, unga ijobiy ta‟sir etishi mumkin. Shuning uchun ham mustaqil mamlakatimiz oldida bilimdon va hozirgi zamon fan - texnika inqilobining ahamiyati, mohiyatini chuqur biladigan malakali kadrlar tayyorlashga alohida e‟tibor qaratish lozim. Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash bozor iqtisodiyotida htish sohasini jadallashtirish uchun intellektual salohiyatni yanada mustahkam-lashga e‟tibor berila boshladi. Prezident I.A.Karimov “O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida” nomli asari va boshqa maqola hamda nutqlarida mamlakatimizda ilm - fanning rivojlanishiga alohida e‟tiborni qaratdi. 91 Ayniqsa, jahon ilm - fani rivojiga katta hissa qo„shgan ulug„ ajdodlarimizning ilmiy merosini chuqur o„rganish va ularning an‟analarini rivojlantirish maqsadida Xorazmda Ma‟mun akademiyasining qaytadan tiklanishi va uning nishonlashini hayotimizda ulkan voqeadir. Shuningdek, ilmiy - tadqiqot muassasalarining tarkibiy tuzilishiga muhim o„zgarishlar qilindi. Zamon talablariga javob beradigan yangi Oliy o„quv yurtlari, Ilmiy - tadqiqot institutlari, Oliy Attestatsiya Komissiyasi tashkil etildi. Talabalarni Oliy o„quv yurtlariga qabul qilishning ilg„or usullari, yangi pedagogik texnologiyalar joriy etildi. O„zbekistonda ilm -fan kishilarning malakasini, bilimini oshirishga ko„maklashadigan jamg„armalar tashkil qilindi. Fan rivojining huquqiy asoslari yaratildi, ilm - fan xodimlarini ijtimoiy himoyalashga e‟tibor kuchaytirildi. Fan taraqqiyotida an‟anaviylik va yangilanish jarayoni dialektikasini bilish, bu jarayonni O„zbekiston sharoitida yanada rivojlantirish davr talabidir. Fandagi an‟anaviylik, bir tomondan uni tarixiy ildizlardan uzilib qolishdan saqlasa, ikkinchi tomondan mamlakat taraqqiyoti yo„lida paydo bo„lgan muammolarni an‟anaviy usullar bilan hal etish uning hayotdan ajralib qolishiga olib keladi. Fan taraqqiyotida an‟anaviylik va yangilikni (novatorlik) uzviy bog„lash muhim muammolardan biridir. O„zbekiston faniga kirib kelgan muhim yangiliklar uning tarkibiy tuzilishidagi o„zgarishlardan tashqari, yana quyidagilar namoyon bo„ladi: 1. Fanning kompyuterlashtirilishida; 2. Jahonning dolzarb umumbashariy muammolarini hal etishda o„zbek olimlarining faol ishtirok etayotganliklarida; 3. Ilmiy tadqiqotlarda eng zamonaviy texnika, asbob - uskunalaridan va ilg„or metodlardan foydalanayotganida; 4. Olimlarning jahon tillarini o„rganishda rag„batlantirilishida; 5. Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari Oliy o„quv yurtlari hamkor-ligida mutaxassis kadrlar tayyorlash yo„lga qo„yilganligida; 6. Ilmiy - tarbiya tizimining tubdan isloh qilinganligida; 7. Eng muhim global muammolarga bag„ishlab Halqaro ilmiy - amaliy anjumanlar, simpoziumlar o„tkazilayotganligida; O„zbekistonda demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirish, iqtiso-diy, siyosiy, madaniy va ma‟rifiy vazifalarni hal etishda fanning asosiy vazifalariga Prezident I.A.Karimovning asarlarida 92 batafsil asoslab berilgan. Fanning rivoji o„z oldiga qo„ygan muammolarni hal etishda ilmiy metodlardan, fan yutuqlaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. XX asr fan - texnika inqilobi insonning moddiy va ma‟naviy hayotida tub o„zgarishlarni vujudga keltirdi. Insonning borliq va tabiat taqdiri uchun javobgarlik hisssini yanada oshirdi. Fan inson hayotining barcha sohalariga kirib bormoqda, inson va jamiyat borligining muhim tarkibiy qismiga bevosita ilshab chiqaruvchi kuchga aylandi. 93 Nikolay Kuzanskiy Nikolay Kopernik Jordano Bruno Fransis Bekon Rene Dekart Keyingi yuz yil davomida ilmiy faoliyat bilan shug„ullanuvchi olimlar soni beqiyos darajada o„sdi. Agar XX asr boshlarida butun yer yuzidagi olimlar yuz ming atrofida bo„lgan bo„lsa, hozirgi kunga kelib ularning soni olti milliondan oshib ketdi. Fan - texnika sohasidagi inqilobiy o„zgarishlarni olimlar sonining o„sib borishidagina emas, balki ilmiy kashfiyotlar salmog„i va sifatini muttasil ortayotganida ham ko„rish mumkin. Butun insoniyat tarixida qilingan ilmiy kashfiyotlarni yuz foiz deb oladigan bo„lsak, uning to„qson foizi XX asrga to„g„ri keladi. Ilmiy informatsiyalar har o„n - o„n besh yilda ikki marta ortib bormoqda. Hozirgi kunda O„zbekiston fanini rivojlantirish, ulug„ ajdodlarimiz-ning ilmiy an‟analarini davom ettirish, hozirgi zamon fan - texnika yutuqlarini puxta egallash mamlakatimizning ilg„or ma.mla.ka.tlar qatoridan munosib o„rin egallashi uchun mustahkam zamin yaratadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling