Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Uchinchi savol. Materiya, harakat hamda makon va zamon tushunchalarining talqini. Ushbu
savolni yoritishda Substansiya (lotincha - substansiya, mohiyat, ya‟ni narsalarning mohiyati) deyilganda falsafada dastlabki vaqtlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va bir butun dunyodagi barsa narsa hodisalarning asosini tashkil etadigan moddiy yoki ruhiy birlamchi narsa tushunilgan “Materiya”, “Moddiy unsir” ga nisbatan ham, “Atomlar” ga nisbatan ham, “Pramateriya” ga nisbatan ham kengroq, umumiyroq bo„lib, borliqning ob‟ektiv real shaklni ifodalovchi, eng umumiy tushunchadir. Haqiqatan ham, materiya - bu tushuncha, obstraksiya, fikrning mahsulidir, chunki olamda “umumiy materiya” uchramaydi, balki materiyaning konkret ko„rinishlari uchraydi. Umuman, hamma vaqt materiya konkret ob‟ektlar ko„rinishida uchraydi. Shunday qilib, faylasuflar barcha moddiy ob‟ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzida ifodalash uchun qo„llaydigan tushuncha bu - “Materiya” dir. Materiyaning falsafiy uchta muhim jihati mavjud. Bular, birinchidan, materiya tushunchasi falsafiy kategoriya ekanligi, ikkinchidan, bu kategoriya ob‟ektiv reallikni, moddiy voqealarni ifoda etishi, uchinchidan, materiya bilish mumkinligining ta‟kidlanishidir. Materiya o„zining mavjudligini behisob hodisalari, xususiyatlari orqali namoyish qiladi. Turli xil fanlar bu xususiyatlarni tadqiq etadi. Tabiatshunoslik va aniq fanlar materiyaning u yoki bu konkret xususiyatini, o„zlarining tadqiqot ob‟ektlari doirasiga kiruvchi xossalarinigina o„rganadi. Materiyaning eng umumiy xossa va xususiyatlarini falsafa fani o„rganadi. Materiyani inson tomonidan bilish uning muayyan xususiyatlarini o„rganishdan boshlanadi. Bizni xilma - xil ko„rinishdagi, shakldagi, turli tuman xossali moddiy ob‟ektlar - hodisalar o„rab olgan. Ular tuli xil xususiyatlarga ega va turli tarzda tuzilgandir. Fanning bergan ma‟lumotiga ko„ra, atrofimizdagi har qanday jism molekulalardan tashkil topgan, molekulalar esa atomlardan tashkil topgan. Atomlar murakkab shakldagi o„zak neytron, pozitron, ya‟ni, yadro va elektron qobiqlardan tashkik topgan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling