Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Mavzuning rejasi
1. Tabiat ob‟ektlarining tuzilishi va rivojlanishi. 2. Tabiat va uning borligi darajalari. 3. Yerdagi hayot, biosotsial evolyutsiya va tabiatni falsafiy tushunishning ahamiyati. Birinchi savol. Tabiat ob‟ektlarining tuzilishi masalasi murakkab masala bo„lib, tabiat va 37 jamiyat haqidagi konkret fanlar borliqning o„z predmetlariga mos keluvchi muayyan xususiyatlarnigina o„rganadi. Borliqning umumiy xossalari haqida esa falsafa fani tadqiqot olib boradi. Bizning tevarak atrofimizni xilma - xil ko„rinishdagi turli - tuman moddiy ob‟ektlar o„rab olgan. Ular turli xil xossa va xususiyatlarga egadir. Asrlar mobaynida hamma jismlar materiyaning bo„linmas shakli atomlardan tashkil topgan degan tasavvur hukmron edi. Atomlarning murakkab tuzilgan-ligi haqidagi farazlar XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib uzil - kesil tasdiqlandi. Hozirgi zamon fanining bergan ma‟lumoticha, atrofimizdagi har qanday jism molekulalardan tashkil topgan, molekulalar esa atomlardan tuzilgan. Atomlar murakkab tuzilgan yadro va elektron qobiqlardan iborat. Atomning elektron qavatlari bir - biridan va atom yadrosidan muayyan uzoqlikda joylashgan bo„ladi. Eng sodda atom hisoblanuvchi vodorod atomining yadrosi bitta protondan, murakkabroq atomlarning yadrosi esa proton va neytronlar-dan tashkil topadi va h.k. Organik va anorganik moddalar molekula tuzilishi bilan bir - biridan farq qiladi. Jonli organizmlar organik moddalardan tashkil topgan bo„ladi. Jonli organizmlarning tarkibi asosan hujayralar va hujayra sistemalari-dan iborat. Yer shari atrofini qurshab turuvchi biosferani bir butun jonli sistema deb atash mumkin. Mikroorganizmlar, o„simlik dunyosi, hayvonot dunyosi va insonning o„zaro aloqadorliklari bu biosferaning mavjudligini ta‟minlab turadi. Yer shari o„z atrofida harakatlanuvchi Oy bilan birga yilda bir marta Quyosh atrofini aylanib chiqadi. Bu sistema ham biosferaga o„z ta‟sirini o„tkazadi. Yer yuzida mintaqalarning farq qilishi, fasllarning almashinuvi ana shu sistema harakati bilan bog„liqdir. Quyosh va uning atrofida harakatla-nuvchi sayyoralar, ularning yo„ldoshlari, asteroidlar, kometalar va kichik planetalar birgalikda Quyosh sistemasini tashkil qiladi. Quyoshdan eng uzoq joylashgan planeta Pluton uning atrofini 247,5 yilda bir marta to„liq aylanib chiqadi, ya‟ni Yer yili - 356,25 kunga teng bo„lsa, Pluton yili 247,5 ta Yer yiliga tengdir. Quyosh sistemasi millionlab yulduzlarni o„z ichiga oluvchi Galaktika (Somon yo„li) tarkibiga kiradi. Uning diametri 94,6 mln. yorug„lik yiliga teng. Undan keyingi sistema galaktikalar tupi bo„lib, uning diameti 1 megaparsekka teng, u 30 tagacha galaktikani o„z ichiga oladi (1 parsek 3,26 yo.y.). Keyingi sistemaga galaktikalarning mahalliy tupi, unga 2 ta giper galaktika va 27 ta mitti galaktikalar kiradi. Majmuada 500 tagacha galaktika bo„ladi, uning diametri 5 megaparsek. Galaktikalar majmuasi galaktikalarning o„ta majmuasiga birlashadi, uning diametri 40 megaparsek bo„lib, o„zida 10 mingdan ziyod galaktikani birlashtiradi. O„ta yirik majmualar koinotning boshqa 38 strukturaviy birliklariga kiradi. Koinotning radiusi esa 15 - 20 mlrd. yorug„lik yiliga tengdir. Bu sistemalarni umumlashtirib, borliqning moddiy ko„rinishlarini turli xil struktura darajasiga ajratish mumkin. Sifati jihatidan materiya ikki xil shakda, ko„rinishda uchraydi: moddasimon, nomodda ko„rinishda. Materiyaning moddasimon ko„rinishdagi shakllari ikkiga, modda va antimoddalarga ajraladi. Bular bir - biri bilan chambarchas bog„langan bo„lib, ular to„qnashganda keskin sifati o„zgarish ro„y beradi, ya‟ni moddaning moddaviy ko„rinishi nomoddaviy ko„rinishga aylanadi. Materiyaning nomoddiy ko„rinishi ham ikki xil shaklda namoyon bo„ladi: maydon va nurlanish. Muayyan maydondagi nurlanishlar fizik vakuumda (fizik vakuum - bu fizik jismlardan xoli bo„lgan joy) moddiy zarrachalarning hosil bo„lishiga yordam beradi. Xullas, bular ham bir - biri bilan chambarchas bog„liqdiryu Materiyaning biz yuqorida qayd etgan ko„rinishlaridan boshqa ko„rinishlari bo„lishi ham mumkin. Agar biz borliqning moddiy ko„rinishlarini tuzilishi jihatidan turkumlashtirsak, borliqning struktura darajalari haqidagi xulosa hosil bo„ladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling