Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Ikkinchi savol: Ikkinchi masalada qadriyatlar bu insoniy tushuncha ekanligini, shu bilan birga
qadriyatlar tushunchasi turli xil ma‟noda qo„llanishini ko„ramiz. Istiqlol yillarida O„zbekiston bu mavzuga umuminsoniy tamoyillar asosida yondashish shakllandi. Bunday qarashning vujudga kelishi qadriyatlar-ning ijtimoiy - ma‟naviy yangilanishi, jamiyat a‟zolarining kamoloti hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati masalalariga davlat miqyosida yuksak e‟tirof ko„rsatilayotganligi mazkur soha rivojining bosh yo„nalishidir. Qadriyat nima? - degan masalaga yondashadigan bo„lsak, kundalik hayotda ko„pchilik tomonidan qo„llaniladigan “Qadriyat” iborasi odamlar uchun biror zarur ahamiyat kasb etadigan ob‟ekt, narsa, hodisa va boshqalarga nisbatan ishlatiladi. Ammo buyumning qadri hisobga olinmasa, masalaning aksiologik jihati ochilmaydi. Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. Shu ma‟noda qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo„llanilmasdan balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo„lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, 81 jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab, tartiblar va boshqalarning qadrini, ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir. Bu kategoriya o„zida qadriyat ob‟ektining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyatini, falsafiy - aksiologik mazmunini, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. Qadriyatlar muammosiga bag„ishlangan (asosan rus tilidagi) ilmiy - falsafiy manbalarning ko„pchiligida qadriyat (sennost) tushunchasini baho (otsenka) tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir xil daraja va ko„lamdagi tushunchalar sifatida qarash hollari uchraydi. Bu ikki tushuncha qiyoslanayot-ganda, qadr tushunchasi e‟tiborga olinmaydi. Balki, bunday holga rus tilidagi “otsenko” va “sena” so„zlarining o„xshash ma‟noli (ko„proq iqtisodiy) tushunchalar ekanligiga sabab bo„lishi ham mumkin. rus tilida qadr iborasi ishlatilmaydi, uning ruscha tarjimasi yo„q. Qadr tushunchasi o„zbek tilida serqirra ma‟no va mazmunga ega, u tilimizdagi ba‟zi ibora va so„zlarda o„ziga xos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi. Qadriyatlarning qadrini bilish, uning ahamiyatini anglab olish va baholash bir - biri bilan uzviy bog„liq jihatlarni tashkil etadi. Qadriyat-larning ahamiyati anglab olinmasa, qadri to„g„ri tushunilmasa, unga berib bo„lmaydi. Qadriyatshunoslikda qadriyat tushunchasi bilan bu tushuncha bog„langan ob‟ekt o„rtasida farq bor deb qaraladi. Agar qadriyat berilgan, qadrni ifodalaydigan falsafiy tushuncha sifatida qaralmasa, unga ta‟riflarning son - sanoqsiz bo„lishi aniq. Negaki, dunyoda qadrlanadigan narsa va hodisalar nihoyatda ko„p. Qadriyat tushunchasi esa ularning birortasi uchun to„g„ridan - to„g„ri ism, atama yoki bevosita nom bo„la olmaydi, balki ularning qadrini anglatadigan tushuncha sifatida namoyon bo„ladi. Odamlar bitta jamiyatda, bir davrda va o„xshash sharoitlarda yashayotgan- liklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi. Ijtimoiy jarayonlar ta‟sirida kishilarning qadriyat to„g„risidagi tasavvufi, qarashlari ham turmush tarziga qarab o„zgarib boradi. Ana shunga ko„ra, hammada ham qadrlash tuyg„usi doimo bir xil bo„lavermaydi. Ijobiy va salbiy qarashlar bir - biriga zid tushunchalar shakllanib boraveradi. Shuni ta‟kidlash joizki, qadriyatlar jamiyatning rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruriyatga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog„onasiga chiqib oladi, boshqalarni xiralashtirganday bo„lib tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot qonunlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan qadriyatni barqaror qilishga intilish nisbatan kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganda - ozodlik, imperiya 82 hukmronligi nihoyasida - istiqlol, urush davrida - tinchlik, tutqinlikda - erkinlik, kasal va bemorlik onlarida - salomatlikning qadri oshib ketadi, ularga intilish kuchayadi. Yoshlarda, ayniqsa talaba va o„quvchilarda ma‟naviy yetuk tuyg„ularni shakllantirishda qadr - qimmatga yetish, yashashning qadrini bilish, aksiologik bog„liqliklarning botiniy va zohiriy tomonlarini o„rganish katta ahamiyatga ega. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling