Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi savol
Mavzuning rejasi:
1. Qadriyatlar mavzusining tarixi va qadrlash tamoyilining o„ziga xos xususiyatlari; 2. Qadriyatlar kategoriyasi, uning asosiy shakllari; 3. Qadriyatlarning jamiyat va inson hayotidagi ahamiyati, inson qadri. Birinchi savol: Qadriyatlar mavzusining tarixi masalasida qadriyatlar to„g„risidagi fan aksiologiya (aksio - qadriyat, logos - fan, ta‟limot ma‟no-sini bildiradi) falsafaning shu masalani o„rganadiga va u bilan shug„ullana-digan sohasi hisoblanadi. Istiqlol tufayli qadriyatlar to„g„risidagi qarash-larimiz shitob bilan o„zgardi. O„zbekistonda qadriyatlarga munosabat ko„paydi, uning turli tomonlari olimlarimiz tomonidan tahlil qilina boshlandi. G„arb olimlari bu sohada Yevropa madaniy merosini o„rganish ong yo„lga qo„yildi. G„arbda 79 qadriyatlar bilan shug„ullanadigan falsafiy soha-aksiologiya deb ataladi. Bizda ham Suqrot va Aflotun, Aristotel va Xegellar katta e‟tibor bergan bu mavzuning G„arb falsafasida o„z tarixiga ega ekanligidan dalolat beradi. Qadriyatlar qarashlar Sharqda ham o„z tarixiga ega. Nomlari siviliza-siyamiz tarixiga abadiy bitilgan Xorazmiy, Forobiy, al-Buxoriy, at-Termi-ziy, Beruniy, ibn Sino, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar qadriyatlar haqidagi qarashlar o„z aksini topgan. Gap hozirgi mustaqillik davrida ushbu qarashlarni xolisona to„g„ri o„rganishni talab etadi. Ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tarixi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarda, jumladan Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi to„g„risidagi asarlarda, Alpomish, To„maris va Shiroq to„g„risidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, halq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko„plab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma‟naviy merosning yorqin namunasi - “Avesto” Zardushtiylikning muqaddas kitobi bo„lganligidan unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash mezonlari, o„sha davrdagi milliy g„oyalar ifodalangan. Qadriyatlar to„g„risidagi qarashlar rivojida VIII - XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, Islom hukmron dinga aylangan edi. E‟tirof etish joizki, Qur‟on va Hadislarda ta‟riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masalalari halqimiz tarixi va madaniyatiga ijobiy ta‟sir ko„rsatgan. Shu bilan birga, arab istilosi davrida ko„pgina milliy qadriyatlarimizning yo„qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq zarur. Bu to„g„rida Beruniy “Qadimgi halqlarimizdan qolgan yodgorliklar” asarida afsus bilan yozib qoldirgan. Sivilizatsiyamiz qadriyatlari halqimizga xos qadrlash me‟yorlari musulmon Sharqi va arab dunyosi madaniyatining rivojiga ham nihoyatda katta aks ta‟sir ko„rsatgan. Tarixda nomlari saqlangan allomalarimizdan Abu Hanifa, al - Buxoriy, at - Termiziy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband kabi o„nlab ilohiyot ilmining zabardast allomalari jahon qadriyatlar tizimiga o„zlarining munosib hissalarini qo„shgan. Ularning asarlarida gohida biz allaqachon esimizdan, tilimizdan va balki dilimizdan ham chiqarib yuborgan qadriyatlar va tushunchalarga duch kelamiz. Jadidlarning merosi halqimiz madaniyatiga yanada kattaroq ta‟sir ko„rsatishi mumkin edi. Afsuski, bolsheviklar boshlagan siyosiy jarayonlar bu avlodning boy merosini o„z domiga tortdi, uning taqdiri ayanchli bo„ldi, taqiqlab qo„yildi. O„tmish avlodlar ardoqlagan va buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan sharqona qadrlash mezonlari taqiqlanganligi hozirgacha o„z salbiy ta‟sirini ko„rsatib turibdi. Faqat mustaqillik yillaridagina bu 80 sohada ijobiy siljishlar bo„ldi. Sobiq Ittifoqda qadriyat masalasida 60 - yilarda tadqiqotlar tomoni-dan ko„tarilgan bo„lsada, 90 - yillargacha falsafa darsliklarida alohida mavzu sifatida o„z o„rniga ega bo„lmadi. Aksiologiya nomi bilan Sobiq Ittifoqda birorta ham darslik yoki o„quv qo„llanmasi chop etilmagan. Qadriyatlar to„g„risida G„arbda keng tarqalgan aksiologiya fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq - huquqlariga doir ko„pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo„lgan ilmiy sohalar qatoriga kirdi. Mustaqillik yillarida qadriyatlarga insoniy munosabatda bo„lib yondashish vujudga keldi. Bunday qarashlarning vujudga kelishi, qadriyatlar-ning ijtimoiy va ma‟naviy yangilanishi jamiyat a‟zolarining kamoloti hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati masalalariga davlat miqyosida yuksak e‟tirof ko„rsatilayotganligi mazkur soha rivojining bosh yo„nalishidir. Qadriyatlar mustaqillikni mustahkamlashning ma‟naviya omillaridan biri sifatida qadrlanishi borasidagi ijobiy jarayonlar tadqiqotlarni ko„paytirish, ularga nisbatan mas‟uliyatni yanada oshirishni taqozo qilmoqda. Mustaqillik asrlar davomida shakllangan o„ziga xos sharqona va o„zbekona qadrlash masalalari va me‟yorlarini qayta tiklash hamda ma‟naviy talablar darajasida takomillashtirishni kun tartibiga qo„ydi. Demak, mustaqillik natijasida qadriyatlarning tiklanishi qadriyatlar-ga bo„lgan ehtiyojning ham oshib borishiga olib keldi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling