Falsafa asoslari


Sport va uning ma'naviy-estetik jihatlari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Sport va uning ma'naviy-estetik jihatlari. Jismoniy tarbiya 
va sport insonga xushkayfiyat, estetik ruh, harakatchanlik, ep-
chillik, chaqqonlik, jismoniy faollik baxsh etadi. Bu xususda 
B.Lou o'zining «Sport go'zalligi» degan kitobida F.Kinonning 
«Teatr, tomoshabinga suyanib rivojlanadigan san'at turi... Sport 
musobaqalarida tomoshabinlar o'zlarini xuddi spektakl tomo-
shasidagidek tutadilar: ular yuksak mahorat egalariga qarsak 
chaladilar va yomon o'yin ko'rsatganga nisbatan salbiy munosa-
batlarini yashirmaydilar. Sportda ham, teatrda ham biz «o'yin» 
haqida gapiramiz»
1
degan fikrini keltirar ekan sportning axlo-
qiy-estetik tarbiyaviy ahamiyatga egaligini nazarda tutadi. Shu-
ningdek B.Lou H.Slyusherning «Sport va ekzistensiya» kitobidagi 
«Sport — toki haqiqiy sport ekan, u estetik fazilat va nafislikka 
erisha oladi. U sportchi uchun chuqur ma'noga boy holat... sport 
botiniy yaxlitlikni va yuksak darajadagi hissiy ko'tarinkilikni 
talab qiladi» bu bilan H.Slyusher sportchi his etadigan estetik 
zavq haqida
2
ta'kidlaydi, deb fikr bildiradi. Bundan ham ko'rinib 
turibdiki sport shaxsda jismoniy go'zallikni his qilish qobiliyatini 
tarbiyalashi uning kamolotida katta o'rin tutadi. Bu sohada amal-
1
Лоу Б. Красота спорта. - M.: Радуга, 1984. - С.92. 
2
O'sha manba. - S. 177. 
367 


ga oshirilayotgan ishlar sog'lom va barkamol avlodning jismoniy 
go'zalligi, sog'lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgandir. 
Zero, jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirishda jis­
moniy madaniyat muhim ahamiyat kasb etib, insonning barcha 
tabiiy va ijtimoiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqaradi, uni ma'nan 
yuksaltirib ezgu ishlarga safarbar etadi. Bu yerda gap professional 
sportchining jismoniy madaniyatiga oid talablar haqida emas, 
balki tabiiy harakatchanligi, kelishgan qaddi-qomati, jismoniy 
fazilati bilan ajralib turuvchi sog'lom inson haqida bormoq-
da. Binobarin, sog'lomlik bebaho boylik, moddiy va ma'naviy 
ne'matlar yaratish asosi, oliy qadriyat sanalgan inson kamolo-
tining tarkibiy qismidir. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «Jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirish aholi salomatligini ta'minlashning muhim omili 
bo'lib, avvalo, yoshlarni sog'lom va barkamol etib tarbiyalashda 
beqiyos ahamiyatga ega»
1

Ma'naviy va jismoniy sog'lom inson ijodiy qobiliyatlarini 
ro'yobga chiqarish imkoniyatlariga ega, kayfiyati yuqori, ijodkor 
bo'ladi. Bu narsa uning nafaqat jismoniy mehnat sohasi, balki 
estetik qadriyatlarni yaratishdagi faolligida ham ko'zga tashlanib 
turadi. Mustaqillik yillarida mamlakatda jismoniy tarbiya va 
sportni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik vazifa etib bel-
gilandi. 1998-yil 6-sentyabrda Toshkentda 28 davlat vakillari 
Kurash xalqaro assotsiatsiya (KXA)ga asos solishdi. O'tgan yillar 
davomida 711 ta sport inshooti qurilib, bolalar ixtiyoriga top-
shirildi, ularning 161 tasi yangidan bunyod etildi, qurilish-tik-
lash ishlariga 9,8 milliard so'm, ularni zamonaviy asboblar bilan 
jihozlashga 1,7 million AQSH dollari miqdorida mablag' ishlatil-
di. Birgina 2008-yilning o'zida kasb-hunar va akademik litseylar 
qurish uchun 382,4 mlrd so'm sarflandi. Jahonning eng zamo­
naviy stadionlari bilan tenglasha oladigan «Bunyodkor» stadioni 
ham O'zbekistonning sportga bo'lgan munosabatining yorqin na-
munasidir. Mustaqillik yillarida О'zbekistonda jismoniy tarbiya va 
1
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan 
birga quramiz. - Т.: O'zbekiston, 2017. - B. 475-476 . 
368 


sportning o'ziga xos yangi tizimi shakllandi. Maktab o'quvchilari 
o'rtasida «Umid nihollari», litsey va kollej o'quvchilari o'rtasida 
«Barkamol avlod», oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida «Uni-
versiada» musobaqalari doimiy tus oldi. 
Sport irodani mustahkamlashda, aniq maqsad sari intilishda, 
qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan yengishda juda katta 
ahamiyat kasb etishini, u inson qalbida g'alabaga ishonch, g'urur 
va iftixor tuyg'ularini tarbiyalaydi. Ayniqsa, «Barkamol avlod» 
musobaqalari sport sohasida yangi an'analarni boshlab berdi. 
Yoshlarning nafaqat jismoniy chiniqishlariga, balki halol bel-
lashuvlar ishtiyoqi, g'alabalar quvonchi bilan yashashiga, xalqi-
mizga xos mardlik, tantilik va bag'rikenglik hislarini ko'rsatib, 
ma'naviyatlarining yuksalishiga ham xizmat qilmoqda. Bir so'z 
bilan aytganda, sport nafaqat yoshlarning jismoniy jihatdan chi-
nakam sog'lom bo'lishi, o'z tabiiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqa-
rish vositasi bo'lib qolmay, balki har tomonlama kamol topishi, 
ma'naviy-ruhiy, siyosiy-mafkuraviy va badiiy-estetik salohiyatla-
rini, ongi va tafakkurini vatanparvarlik, milliy g'urur va milliy 
iftixor ruhida shakllantirish va rivojlantirish omili sifatida ham 
ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. 
Shuningdek, sport — milliy va umuminsoniy estetik madaniyat 
ramzi sifatida xalqlar o'rtasidagi do'stlik va birodarlik tuyg'ularini 
mustahkamlashda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. Buning 
yorqin misolini bir qator milliy va ommaviy sport o'yinlarida 
ko'rishimiz mumkin. Xususan, o'zbek milliy kurashi o'zida es-
tetik madaniyatning yuqori kechinmalarini namoyon etishi, 
kurashayotgan kurashchilarning nozik harakatlarida kishini il-
homlantiradigan va zavqlantiradigan estetik qiyofaning aks eti-
shi milliylik va umuminsoniylik xususiyatlarini namoyon etadi. 
Sportning nozik va barchaning o'ziga estetik zavq bilan jalb eta-
digan turlaridan yengil atletikada ham bu jarayon yaqqol gavdala-
nadi. Sport o'yinlari ichida umumbashariy ahamiyat kasb etadi-
gan futbol millionlar o'yini sifatida yuksak estetik madaniyatning 
namunasidir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling