Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar: 1.
Tayanch tushunchalar: estetik tarbiya, fan, ta'lim, sport es-
tetikasi, estetik did, «ommaviy madaniyat», madaniyat, estetik munosabat, estetik anglash, voqelik, turmush estetikasi, mehnat estetikasi, reklama, texnologiya. 373 Takrorlash uchun savollar: 1. Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifalarini tushuntirib be- ring. 2. Estetik tarbiyaning asosiy vositalariga nimalar kiradi? 3. Milliy estetik tarbiyaga mahallaning ta'siri qanday? 4. Estetik tarbiyada san'atning tutgan o'rni haqida gapirib be- ring. 5. Estetik tarbiyada mehnatning roli qanday? 6. Globallashuv sharoitida estetik tarbiyaga tahdidlarning o'ziga xos ko'rinishlarini sharhlab bering. 7. Internet va uning estetik tarbiyaga ta'siri xususiyati haqida gapiring. «Ommaviy madaniyat»ning namoyon bo'lish shakllarini ayting. 374 XULOSA Ma'lumki, insoniyat azal-azaldan olam va odam nima, ular qan- day paydo bo'lgan, qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o'zgaradi va taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlab kelmoqda. Umrning maz- muni nimadan iborat, ajdodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qan- day ma'no bor, degan savollar ham necha asrlardan buyon ko'pchilikni o'ylantiradi. Har bir kishi uchun abadiy ahamiyatga molik ana shunday masalalar, olam va odamlar o'rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umr- ning mazmuni, dunyodagi o'zgarishlar, o'zaro aloqadorlik va bog'liqlik hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning azaliy va barcha zamon faylasuflari shug'ullanadigan asosiy mavzulari hisoblanadi. Shu ma'noda, falsafa insoniyat yaratgan eng qadimgi fanlardan biri, odamzod hayotining ilk davrlaridan boshlab uning doimiy yo'ldoshi bo'lib kelmoqda. Bu sohada to'plangan hikmatlar xazinasi, atoqli fayla- suflar merosi, ularning asarlari insoniyat yaratgan ma'naviy qadriyatlar orasida muhim o'rin egallaydi. O'z zamoni, yurti va xalqining tafak- kuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta'limotlarida ifoda etgan buyuk donishmandlar o'rtaga tashlagan ezgu g'oyalar jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qilgan. Odamlarni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bu g'oyalar muayyan davr va xalqlarning maqsad-muddaosiga, ularning mualliflarini esa insoniyat qadrlaydigan donishmand va allomalarga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etgani shubhasiz. Bu esa falsafaning barcha fanlar va xalqlarning yutuqlaridan oziqla- nadigan umuminsoniy va universal fan ekanidan dalolat beradi. Uning hayotiyligi dunyo xalqlari tarixi va tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog'li mos ekani, ularning manfaatlari va intilishlarini qay darajada aks ettira olishiga bog'liq, albatta. Bu esa jahon falsafasining umumin- soniyligi va milliyligi, muayyan xalq yoki mintaqaga xos tafakkur tar- zining mohiyati va ahamiyatiga nisbatan xolisona qarashni taqozo eta- di, falsafani zamonaviy mazmun bilan boyitib, bugungi talablar asosida rivojlantirishni zaruratga aylantiradi. So'z falsafa haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Zero, umuminsoniylikni milliyliksiz to'g'ri tushunib bo'lmagani kabi, milliylikning mohiyatini ham umuminsoniy mezonlarsiz chuqur anglab bo'lmaydi. Ushbu masalalarni tahlil qilish jarayonida biror-bir g'oya, oqim, yo'nalish yoki falsafiy ta'limotni mutlaqlashtirish, bosnqalarining aha- miyatini kamsitish yoki yo'qqa chiqarish haqiqatdan yiroq va bugungi 375 davr talablariga javob bermasligi shubhasiz. Aksincha, ularning bar- chasini xolis talqin etish, falsafa fani, uning mazmun-mohiyati, jami- yat va inson hayotidagi o'rni va ahamiyati, xilma-xil falsafiy oqimlar, faylasuflar va ularning ta'limotlari haqida to'g'ri va ilmiy tasavvurni shakllantirish har qanday tadqiqotning asosiy mezoni va bu boradagi yutuqlar omili bo'lib qolaveradi. Lekin ushbu fan tarixi faqatgina ilmiy yutuqlar, ezgulikning mutlaq g'alabasi, falsafaning doimiy kamolotidan iborat emas. U jamiyat uchun ni- hoyatda katta ahamiyat kasb etgan g'oya va ta'limotlar, turli-tuman falsafiy yo'nalishlar, oqim va maktablarning vujudga kelishi, kamoli yoki zavoliga ko'p bora guvoh bo'lgan. Ularning ba'zilari xalqlar va davlatlarni taraqqi- yotga yetaklagan, ezgulik va adolatga xizmat qilgan bo'lsa, boshqalari ta- nazzulga sabab bo'lgan, odamlarni qabohat va jaholat tomon boshlagan. Falsafaning o'ziga ham barcha zamonlarda bir xil munosabat bo'lmagan. Ba'zi davrlarda u davlat mafkurasi darajasiga ko'tarilgan, ma'naviy hayotda yakka hukmronga aylangan bo'lsa, boshqa davrlar- da unutilishga, ikkinchi darajali fanga aylantirishga mahkum qilin- gan. Muayyan tarixiy burilish davrlarida «Falsafa nima o'zi?», «Uning qanday foydasi bor?» degan masalalar dolzarb ahamiyat kasb etgan. Tarixda «Falsafa endi yo'q bo'ldi, uni o'rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ham ko'p bo'lgan. Ana shunday davrlarda kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etishga harakat qilganlar, undan zamonaviy tashbehlar izlaganlar. Qanday bo'lmasin, zamonlar o'tishi bilan odamzod baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u insonning ma'naviy kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan. Shu bilan birga o'z davrining qonun va xususiyatlarini zukkolik bi- lan anglagan, hayot qonuniyatlaridan voqif bo'lgan ba'zi yetuk faylasuf va allomalarning hayoti ham bir tekis kechavermagan, ularning g'oya va qarashlar, jamiyat va millat kamoli uchun harakatlari hamma tomonidan ham bir xil qabul qilinavermagan. Bu boradagi tajriba shundan dalolat beradiki, falsafa tarixi bunday kishilarning nomini eslash va ularni sahi- falarida saqlab qolishni xush ko'rmaydi, kimning kim ekani haqida xulosa chiqarishni esa odamlarning o'ziga va kelajakka havola qilib qo'ya qoladi. Shu tariqa kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq taraqqiy etavermagan. Rivojlanish ortidan inqiroz, yutuqlar ketidan mag'lubiyatlar farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar uni ta'qib etgan. Muayyan jamiyat taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun ilg'or falsafiy ta'limotlarga ehtiyoj sezgan, albatta. Bu esa 376 buyuk falsafiy ta'limotlar, bir tomondan, madaniy-intellektuat rivojla- nish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar taqozosi ekanidan dalolat beradi. Bu masalaning falsafa fani va uni o'rganish uchun hozirgi davrdagi turli falsafiy g'oya va mafkuralar, ta'limot va nazariyalar bilan bog'liq yana bir muhim jihati ham bor. Globallashib borayotgan bugungi dun- yoning mafkuraviy manzarasi, ro'y berayotgan g'oyaviy kurashlarning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil qiladigan ushbu mavzuning tarixi, tavsifi va ahamiyati falsafaning o'zi kabi qadimiy va nihoyatda dol- zarb ekanligiga shubha yo'q. Insoniyat ibtidosidan boshlangan ana shu azaliy kurashda ezgulikning g'alaba qilishi, sog'lom tafakkur ustuvor bo'lishi targ'ib etilsa-da, bunday muvaffaqiyatni qo'lga kiritish ham- ma vaqt ham oson kechmagan. Afsuski, asrlar osha odamlarni ezgu va xayrli ishlarga boshlab kelayotgan, umuminsoniy ahamiyatga mo- lik bunyodkor g'oyalar bilan birga, mazmun-mohiyati buzg'unchilik va g'ayriinsoniylikdan iborat vayronkor mafkuralar, shaxsiyatparastlik mayllari ham rang-barang shakllarda namoyon bo'lib turadi. Falsafiy tafakkur rivoji shu tariqa, muayyan g'oyalar ustuvor bo'lgan necha-ne- cha zamonlar almashinuvi, turli mafkuralar kurashidan iborat uzluksiz jarayon sifatida davom etib kelmoqda. Mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etilayotgan hozirgi sharoitda tinchlik va totuvlikka, barqarorlik va bag'rikenglikka rahna soluvchi buzg'unchi mafkuralarning maqsad-muddaolarini o'z vaqtida anglash, ularga qarshi kurashish, ezgu g'oyalarni amalga oshi- rishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarida faol va mas'uliyatli bo'lish bu boradagi faoliyatimizning asosiy mezonidir. Xullas, falsafiy tafakkur taraqqiyoti insoniyat rivoji bilan uzviy bog'liq va jamiyat hayotdagi voqea-hodisalar ijtimoiy ongda, xususan falsafada ham o'ziga xos tarzda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davr o'zgarishi, yangi zamon boshlanishi bilan unga mos ma'naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Lekin bu jara- yon faqat stixiyali tarzda, o'z-o'zidan yuz beravermaydi. Chunki, inson tafakkurining yangi davrga xos o'zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo'lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Falsafiy tafakkur rivoji bilan bog'liq bun-day holat hozirgi davrda ham yaqqol namoyon bo'lmoqda. Shu ma'noda, bugungi kunga mos dun- yoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirish falsafaning eng asosiy vazifalaridan biriga, barchamiz uchun ulkan mas'uliyatga aylangani shubhasiz. 377 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling