Falsafa asoslari
Bobur va boburiylar davri falsafasi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Bobur va boburiylar davri falsafasi. Temur avlodidan bo'lgan
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) o'sha davrning eng ma'rifatli podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mir- zo xonadonida tug'ilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab-yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga ko'tarildi. Hindistonning XX asrdagi eng atoqli kishilari Maxatma Gandi va Javoharlal Neru ham Bobur va boburiylar — Shoh Jahon, Avrangzeb va Akbar kabi temuriyzodalarga juda katta baho berganlar. Ichki kelishmovchiliklar natijasida o'z yurtini tashlab ketishga majbur bo'lgan Bobur avval Qobulda, so'ngra esa 1526-yilgi Pa- nipat jangida Ibroxim Lo'di ustidan g'alaba qozonib, Hindiston- da o'z hukmronligini o'rnatdi. «Boburiylar sulolasi» Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madani- yatining davomchisi sifatida mashhur bo'ldi. Boburning xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o'rnatdi, obodonlashti- rish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me'moriy yodgorliklar, bog'chalar, kutubxonalar barpo qildi, madaniyat, san'at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, san'atga katta qiziqish bilan qaragan, yuksak aql egasi, qomusiy bilimga ega bo'lgan davlat arbobi, olim va shoirdir. Boburiylarning ko'pchiligi ma'rifatchilik bilan mashg'ul bo'ldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar. Ularning 55 yana bir xizmati islom va budda diniga e'tiqod qiluvchi musulmon va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga chaqirishda bo'ldi. Boburning mashhur tarixiy asari «Boburnoma»dir. Bulardan tashqari, u huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aruz ilmiga oid «Mufassal», musiqa bo'yicha «Musiqiy», harbiy ishlarga oid «Harb ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» o'sha davrdagi Marka- ziy Osiyo, Hindiston, Afg'oniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotini, savdo munosabatlari, jug'rofiyasi, hayvonot va nabotot olamini, iqlimi, qabila va elatlarning urf-odatlari, ma- rosimlari, turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir. Bobur o'zining lirik she'rlarida ishq, muhabbat, Vatan sog'inchi, mehr, vafo, insoniylik, do'stlik, yaxshilik va mehr-oqi- batni kuyladi. Javoharlal Neru Boburning Hindistondagi faoliyatiga katta baho bergan edi. Neru Boburning dilbar shaxs ekanligi, mard va tadbirkorligini, san'atni sevganini va umuman, Hindiston uchun ko'p ish qilganligini ta'kidlagan edi. Bobur va boburiylarning siyosiy, madaniy faoliyatlari Hindiston va O'zbekiston o'rtasidagi do'stlik rishtalarini mustahkamlashda hozir ham muhim rol o'ynamoqda. Shunday qilib, XIV-XV asarlarda Movarounnahr va Xuroson- da madaniy yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans davri ham deb atamoqdalar. Ba'zi olimlar esa, bu atamaning Sharq mamlakatlariga to'g'ri kelmasligi to'g'risida o'z fikrlarini ayt- moqdalar. Nima bo'lganda ham Yevropada XV—XVI asarlarda- gi ko'tarinkilik, Renessansning muhim xususiyatlari Markaziy Osiyoda ro'y bergan madaniy yuksalish bir-biriga ko'p tomonlari bilan o'xshab ketadi. Bular orasida mushtarakliklar ko'p. XIV-XV asrlar moddiy va ma'naviy yuksalishining muhim xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab chiqarish o'sdi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, dehqonchilik rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik va madaniy alo- qalar o'rnatildi, inson aql-zakovati va uning eng yaxshi fazilat- lariga e'tibor kuchaydi, ilm-fan va san'at rivoj topdi, qomusiy olimlar yetishib chiqdi, madaniy merosni o'rganishga qiziqish ortdi. Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksalish hozir 56 ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Ular mustaqil davlatimizni mustahkamlashda, madaniy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar samara- dorligini oshirishda, milliy g'oya va mafkurani shakllantirishda ma'naviy ozuqa vazifasini o'tamoqda. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling