Falsafa asoslari


XIX asr oxiri va XX asr boshidagi falsafiy tafakkur


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

XIX asr oxiri va XX asr boshidagi falsafiy tafakkur. Minta-
qamiz XIX asr oxirlarida Chor Rossiyasi tarkibiga zo'rlik bi-
lan qo'shib olindi va bu ijtimoiy tafakkurda chuqur iz qoldirdi. 
Turkistonda ma'rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik 
g'oyalarining vujudga kelishida muhim o'rin egalladi. Lekin 
Sho'rolar davrida jadidchilik ko'pincha bir tomonlama talqin 
qilindi, uning g'oya va maqsadlarini soxtalashtirish va hatto 
60 


uni millatchilik harakati deb baholash hollari ham bo'ldi. Musi 
taqillikka erishilgandan so'ng bu harakatni xolisona va ilmiy 
nuqtayi nazardan tadqiq qilish imkoniyati tug'ildi. Jadidchilik 
harakatining yirik namoyandalari Turkistonda mustaqillik, mil-
liy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib 
bordilar. Jadidchilik harakatining muhim xususiyati uni milliy-
ozodlik harakati va Turkistonda milliy burjuaziyani vujudga keli-
shi bilan chambarchas bog'liqligi edi. 
O'sha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari yetishib 
chiqdi. Bular Munavvar qori, Avloniy, Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon 
va boshqalardir. 
Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1919) jadidchilik harakatining 
asoschilaridan biri bo'lib, yangi maktablar qurish, yosh avlodni 
mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, ma'rifat va 
taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo'shgan mutafakkirdir. 
Behbudiy yangi maktablar uchun «Risolayi asbobi savod», «Riso-
layi jug'rofiyai umroniy», «Kitobat ul-atfol», «Amaliyoti islom», 
«Risolai jug'rofiyai rusiy» va boshqa darsliklarni yozadi. Uning 
asosiy asari «Padarkush» dramasidir. Bulardan tashqari, Beh-
budiy ko'plab publitsistik maqolalar yozdi, matbuotda xizmat qil-
di, nashr ishlari bilan mashg'ul bo'ldi. Uning maqolalarida millat 
va Vatan taqdiri, mustaqillik g'oyasi, axloq va ta'lim-tarbiya va 
boshqa masalalar o'rin olgan. 
Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri Abdulla 
Avloniydir (1878—1934). U pedagogik faoliyat va badiiy ijodni 
qo'shib olib bordi. Avloniy ochgan maktablarda dunyoviy fanlarni 
bolalarga o'qitish yo'lga qo'yildi. Mutafakkir «Ikkinchi muallim», 
«Birinchi muallim», «Alifbedan so'nggi o'quv kitobi» kabi dars-
liklarni yaratdi. Ayniqsa, olimning «Turkiy guliston yoxud ax-
loq» darsligi bolalar dunyoqarashi, milliy ongi va mafkurasining 
shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Unda bolalarga ilm-
fan sirlarini o'rgatish, yaxshi xulq-odob qoidalarini singdirish, 
Turkiston xalqini asriy qoloqlikdan qutqarish yo'llari, iqtisod, 
tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xomashyo qaramligidan 
xalos etish, ma'rifat va ma'naviyatni yuksaltirish masalalari yo-
ritilgan. Avloniy «Advokatlik osonmi», «Biz va Siz», «Portugaliya 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling