Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
61
• inqilobi», «Ikki sevgi» va boshqa dramatik asarlar yozib, o'zbek teatri va dramaturgiyasi rivojiga munosib hissa qo'shdi. Jadidchilik harakatining yana bir yorqin vakili Abdurauf Fitrat (1884-1939) bo'lib, ilmning ko'p sohalarida ijod qilgan muta- fakkirdir. Olim «Sayxa» («Bong»), «Hind sayyohining qissasi», «Uchqun» to'plami, «Chin sevish», «Hind ixtilochilari», «O'zbek tili grammatikasi», «Chig'atoy adabiyoti» va boshqa ko'plab asar- lar yozdi. Fitratning asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan qutqazish, ilm-ma'rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish, xalqning o'zligini tanishi, ongining o'sishi, kuchli va rivojlangan davlat tuzish, xalqning bilimdon bo'lib, tijorat va tadbirkorlik bilan shug'ullanishi, Yevropaning fan va texnika yutuqlarini o'rganish kabi g'oyalar ilgari suriladi. Uning yuqoridagi millatparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sug'orilgan g'oyalari hozir ham tadbir- korlik, ma'naviyat va ma'rifatni ravnaq toptirishda, milliy g'oya va mafkurani shakllantirishda, xalqning o'zligini anglashida muhim ahamiyatga ega. Xullas, O'zbekiston hududidagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixini qisqa yoritish shundan dalolat beradiki, u bizning davrimizgacha uzluksiz ravishda madaniyat, inson tafakkuri va aql-zakovati- ning yuksalishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Lekin musta- bid tuzum davrida ijtimoiy-falsafiy fikr tarixiga bir tomonlama, sinfiy nuqtayi nazardan yondashildi, faqat kommunistik partiya mafkurasi talablariga to'g'ri keladigan g'oya va fikrlarga e'tibor berildi. 1917-yildagi Oktyabr to'ntarishidan so'ng asta-sekin o'tmish ma'naviyati, falsafiy fikri o'rnini markscha-lenincha mafkura egallay boshladi. Oliy o'quv yurtlari, keng xalq ommasi orasida dialektik va tarixiy materializm va ilmiy ateizm targ'ib qilindi, ularga to'g'ri kelmaydigan ta'limotlar qattiq tanqid ostiga olindi. Eng achinarlisi shuki, o'z milliy madaniyati, urf-odati va an'analariga sodiq bo'lgan, ularni saqlab qolishga intilgan ziyoli- lar, shoir va yozuvchilar quvg'inga uchrab, qatag'on qilindi. Lekin yuqoridan bo'lgan tazyiqlarga qaramay, madaniy- ma'naviy va ijtimoiy-falsafiy merosimizni o'rganish, tadqiq qi- lish tamoman to'xtab qolmadi. 60—70-yillarda I.M. Mo'minov, V.Zohidov, keyinroq esa, O. Fayzullayev, E.Yusupov, 62 M.Xayrullayev, J.Tulenov, H.Po'latov kabi d WW Kail falsafiy tadqiqotlari o'sha davr tafakkurini ak %^l etgan. yatga ega bo'ldi. p/\ ' ч £ ш O'zbekistonning mustaqillikka erishuvi fall > °^' xolisona, haqqoniy va yangicha tafakkur asos uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Endigi vazifa ning asoratlarini bartaraf qilib, milliy mafkuramL ma'naviy va madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy falsai ,^ ca- rixini chuqur va har tomonlama o'rganishdan ibor^«air:^ Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling