Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
5
шШЯШШШШВ^ВВ •ш^нш Bundaylar nazarida falsafa tushunarsiz, mavhum va ortiqcha fan bo'lib qoladi, faqat baho olish uchun yodlangan qonun va qoidalar tez orada unutiladi. Ularda falsafa qonunlarini hayotga tatbiq etib bo'lmaydi, bu — foydasiz bilim sohasi, binobarin uni o'rganishga ketgan vaqt bekorga o'tdi, degan alamli qarash shakllanib qoladi. Agar falsafadan bilim beruvchi o'qituvchining o'zi ham bu sohani bir mahallar chetlab o'tgan sobiq talabalardan biri bo'lsa, masala yanada chigallashadi. Aslida, falsafaning asosiy vazifasi inson ongida ezgu intilishlar, yuksak ma'naviy qadriyatlarga mos dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bunday dunyoqarash biron-bir g'oyani zo'rlab singdirish yoki quruq yod oldirish orqali emas, balki ishontirish, xilma-xil fikrlarni o'rtaga tashlash, muhokama qilish, zarur tushuncha, tamoyillarni aniqlash jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Ana shularni hisobga olgan holda, mazkur kitobda quyidagilarga alohida e'tibor qaratildi: — falsafani jahon madaniyati va sivilizatsiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida o'rganish; — falsafiy g'oyalar, muammolar, oqim va yo'nalishlarni tavsif- lashda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning uyg'unligi tamoyiliga amal qilish; — har bir mavzuni istiqlol va O'zbekistonda amalga oshirilayot- gan tub o'zgarishlar bilan uzviy bog'liq holda tushuntirish. Biz bu jarayonda biror-bir g'oya, oqim, yo'nalish yoki falsafiy ta'limotni mutlaqlashtirib, boshqalarining ahamiyatini kamsitish fikridan yiroqmiz. Aksincha, maqsadimiz ularning barchasini xolis talqin etish, talabalarda falsafa fani, xilma-xil falsafiy oqimlar, atoqli faylasuflar va ularning ta'limotlari haqida to'g'ri va xolisona tasavvurni shakllantirishdan iboratdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling