Falsafa asoslari


Ayniyat va ziddiyat bilan bog'liq qonuniyat


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Ayniyat va ziddiyat bilan bog'liq qonuniyat. Olamdagi har bir 
narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-
114 


birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. 
Demak, voqelik va o'zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning 
bo'lisbi ham odatiy hoi. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, ke-
cha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik 
va yomonlik, adolat va jaholat va h.k. qarama-qarshi tomonlar 
bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqo-
zo etadi, biri ikkinchisisiz mayjud bo'la olmaydi. Faraz qilaylik, 
magnitning manfiy zaryadi bo'lmasa, u holda ushbu narsa magnit 
bo'lolmaydi. 
Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. 
Lekin narsalar qanchalik xilma-xil, turli-tuman bo'lmasin, ular 
o'rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat 
jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o'rtasida o'xshash 
tomonlar, belgilar bor. Aytaylik, ularning yo rangi yoki bir xil 
materialdan yasalganligi yoki bo'lmasa, vazni o'xshash bo'lisbi 
mumkin va h.k. 
Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshash 
tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biri-
dan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. 
Aynan bir xil bo'lgan narsaning o'zi yo'q. Hatto daraxtning bir 
shoxida yonma-yon turgan 2 barg ham bir-biridan farq qiluv-
chi ba'zi jihatlarga ega. Hech bo'lmaganda, ular bir-biridan ma-
kondagi o'rni bilan farq qiladi. 
Hayotdan misol keltiradigan bo'lsak, bir-biriga tashqi to-
mondan tamomila o'xshash bo'lgan Hasan va Husanlarda 
ham juda ko'p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda 
fe'1-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo'lishi, ya'ni 
ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tafovut 
narsa-hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tu-
shunchadir. 
Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir-
birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi 
tomonlari, kuchlarining o'zaro munosabatiga aytiladi. 
Qarama-qarshiliklar o'rtasidagi munosabatni ziddiyat degan 
tushuncha ifodalaydi. Ko'p hollarda ayniyat va tafovutning zidli-
gi va ularning bir maxrajga kelishi, me'yoriy o'zgarishlar tufayli 
115 


rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. 
Taraqqiyot shu ma'noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo 
bo'lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo'lgan abadiy va 
azaliy murakkab jarayondir. 
Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko'tarilgan mark-
sizmda asosan ziddiyatga ko'proq e'tibor berilar edi. U mut-
laqlashtirilar va jamiyatga ko'chirilib, asosan, antogonistik ziddi-
yatlar to'g'risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli 
hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat 
paydo bo'libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat 
va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo'lib kelmoqda. Odamzod 
ziddiyatlar kamroq bo'lgan, kishilarning xilma-xil intilish va 
maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g'oyalari uyg'unlashgan, 
barqarorlik ustuvor bo'lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib 
kelmoqda. 
Ana shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt — 
ziddiyat, logos — ta'limot) deb ataladigan falsafiy yo'nalish pay-
do bo'lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug'ullanadigan olim 
va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni 
keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat 
uchun foydali tarzda hal qilish yo'Ilari va usullari ustida bosh 
qotirishadi. 
Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o'zgarishga, 
yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga 
o'tishga sabab bo'ladi. Olam turli-tuman bo'lganligi uchun zid-
diyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, 
asosiy va asosiy bo'lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o'rtasida farq 
bo'lgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo'q. Chunki amalda, 
hayotda ular bir-biriga o'tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda 
turli xil o'rin tutishlari mumkin. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling