Falsafa asoslari
«Butun», «qism», «struktura», «sistema», «element» kategori-
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
«Butun», «qism», «struktura», «sistema», «element» kategori-
yalari. Falsafaning «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» kate- goriyalari bilan «butun», «qism», «struktura», «sistema», «ele- ment» kategoriyalari o'rtasida uzviy bog'liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya'ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog'lanish, aloqadorlik muno- sabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo'lsa, «bu- tun», «qism», «struktura», «sistema», «element» kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog'lanish munosabatlarini jara- yon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtayi nazardan, butunni — umu- miylik, qismni yoki elemental — alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o'xshashlik bo'lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmuyi ham bo'lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy jihatdan «butun», «qism», «element»larga ajratish bilishga xos nis- biy hodisa bo'lib, uning samaradorligini ta'minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko'ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak. Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalari- dan bo'lib hisoblanadi. Sistema — grekcha so'z bo'lib, mantiqiy ma'nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birik- ma, degan ma'nolarni anglatadi. Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan ele- mentlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtayi nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Xusu- san, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko'ra turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, Chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi ele- mentlarning mavjudlik holati va rivojlanishi obyektiv qonuniyat- larini o'rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga 126 qaratilgan. Ya'ni, insonning obyektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyat- lari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi. Sistema — narsa va hodisalarning bog'lanishlari, aloqador- ligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa-hodisalar bog'lanishi, aloqadorligi va muno- sabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta'minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin ti- lida tuzilish, tartib degan ma'noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg'un bog'lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda struktura- ni sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tash- kil qilgan elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga qa- rab, moddiy olamning xilma-xil ko'rinishlari, DNK yoki RNK laming o'zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning obyektiv realligi tarzida mavjud bo'lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo'lgan sistema- lardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura»ga ajratish mumkin. Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o'zaro bog'lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta'minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko'rinishlari tarzida namoyon bo'ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo'lsak, unda- gi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko'zga tashlanadi. Ya'ni, jamiyat- ning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabat- lari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O'z navbatida, siste- mani to'laligicha bilish, uning strukturaviy aizilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. 127 Shuni alohida ta kidlash kerakki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga ko'ra yondashi- shiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma'naviyat jamiyat strukturasi- da, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi, lekin ma'naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo'lsak, uning ichki elementlardan iborat mus- taqil sistemaligini ko'ramiz. Shunga ko'ra, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo'lib, kategoriyalar sifatida, unga bo'lgan munosabat doirasida konkretlashadi. Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bo'lib hisoblanadi. Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyati- ga ko'ra: muhim va muhim bo'lmagan, asosiy va asosiy bo'lmagan elementlarga ajratib o'rganish alohida ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xu- susiyatlariga ko'ra, o'z ahamiyatiga ega bo'ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida ko'rsatilganidek, turkumlashtirish mutlaqo nisbiy hamda shartli xarakterga ega bo'lib, muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko'ra, konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdagi element- larning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya'ni, sistemadagi uning xarakteri- ni belgilab turgan muhim element, ma'lum vaqtga kelib muhim bo'lmagan elementga aylanishi yoki aksincha bo'lishi mumkin. Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategori- yalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo'ladi. Falsafa fanidagi an'anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o'quv qo'llanmalaridan farqli o'laroq, bu kategoriyalarni qiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmuni- ni ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va voqelik» kategoriyalarining mazmuni, 128 yuqorida ko'rsatilgan «alohidalik», «xususiylik» «umumiylik», «bu- tun», «qism», «struktura», «element» kategoriyalari mazmunibilan uzviy bog'liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir- birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini alohida tahlil qilish zarur. «Mohiyat va hodisa» kategoriyasi ham shunday tahlilni talab qiladi. Mohiyat — o'zida alohidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa, ularning bog'lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo'lishidir. Mohiyatni alohidalik, maxsuslik, umumiylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o'rganish maqsad- ga muvofiq. Bundan tashqari, subyekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga ko'ra, asosiy va asosiy bo'lmagan, nisbatan barqaror yoki o'zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi ja- rayonida o'rnini almashtirib turishlarini e'tiborga olish zarur. Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson ehti- yojlarini qondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan, jamiyat ustqurmasining siyosiy elementi bo'lgan davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda vositalari mamlakat hududida yashayotgan kishilarning muayyan hayot sharoitlarini ta'minlashdan iborat bo'lib, uning mohiyatini tashkil qiladi. Shunga ko'ra, har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va ehtiyojlariga, sivilizatsiya kelajagiga bog'lab tahlil qilgandagina, u ahamiyatga ega bo'ladi. Narsa va hodisalarni bilish hamda o'zgartirishga inson muay- yan ehtiyojlar asosida yondashadi. Bu yondashish subyektiv xarakterga ega bo'lib, uning konkret ehtiyojlari va manfaatlari nuqtayi nazaridan baholanadi. Masalan, chanqagan kishi uchun suv uning chanqog'ini qondirish, fizik uchun agregat holati, elektr tokini o'tkazishi yoki optik xususiyatlari, ximik uchun, uning H 2 0 kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun-tegirmon parragini aylantirish xususiyatlari asosiy mohiyat hisoblanadi. Narsa va hodisalar doimiy rivojlanib turishi jarayonida, ular- ning mohiyati ham, shunga mos tarzda hodisa ham o'zgarib tura- 129 di. Mohiyatdagi har qanday juziy o'zgarish ham, uning muqarrar o'zgargan hodisasida ifodalanadi. Masalan, suvning elektr tokini o'tkazish xususiyati, uning temperaturasiga bog'liqligi aniqlan- gan. Agar biz suvning temperaturasini ma'lum darajada ko'tarsak, uning elektr tokini o'tkazish xususiyatini o'lchaydigan asboblar bu o'zgarishlarni qayd qilmasligi mumkin. Lekin, bundan suv- ning mohiyatini ifodalaydigan elektr tokining o'tkazuvchanlik xususiyati yo'qolgan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida bog'lanishlari makon va zamondagi muayyan konkretligi bilan ajralib turadi. Mohiyat va hodisa o'z xususiyatlariga ko'ra sistema, struktura va elementlarda o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. Shuning uchun har qanday hodisani va mohiyatni tahlil qilishda aniq tamoyil- larga asoslanish lozim. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling