Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi 
va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko'ra, ularning mazmuni 
va shakli o'zgarib turadi. O'z navbatida, har qanday sistemaning 
elementlari o'rtasidagi strukturaviy bog'lanish konkret mazmunga 
ega bo'lib, unga mos mazmunlarda o'z ifodasini topadi. Boshqa-
cha qilib aytganda, mazmun va shakl o'rtasidagi aloqadorlik, 
bog'lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asosla-
nadi. Ya'ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon 
bo'lishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, narsa va hodisalar-
ning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida 
namoyon bo'ladi. Shunga ko'ra, sabab — biror narsa va hodisa 
rivojlanish jarayonining oqibatidir. 
Narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqi-
bat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tari-
xiy va mantiqiy izchilligi muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, 
bir tomondan, har qanday sabab avvalgi hodisalar yoki ularning 
rivojlanish oqibati tarzida namoyon bo'ladi. Ikkinchi tomondan 
esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi bo'lib hisoblanadi. 
Narsa va hodisalarning rivojlanishi asos bo'lgan sabablar tizimi 
mavjud. Ularni shartli ravishda: asosiy va asosiy bo'lmagan, 
muhim va muhim bo'lmagan sabablarga ajratish mumkin. 
131 


Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vu-
judga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga ko'ra, 
sababni bir vaqtning o'zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniq-
roq qilib aytadigan bo'lsak, har qanday oqibat sabab tarzida 
namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, sababni narsa va hodisalar-
ning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy tak-
rorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning gene-
tik bog'lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, 
ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Hegel till bilan ayt-
ganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sa-
bab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: 
1) uning obyektiv xarakteri narsa va hodisalarning ichki, 
tarkibiy elementlari munosabatlariga xos bo'lib, mohiyatning real 
mavjudlik holatini ifodalaydi; 
2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan 
kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta'minlaydi; 
3) sabab umumiy xarakterga ega bo'lib, hech qanday narsa va 
hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bo'lmaydi; 
4) sabab zaruriy bo'lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibat-
larni keltirib chiqaradi; 
5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil 
bog'lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sa-
babning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog'liqligini xarakterlaydi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling