Falsafa asoslari


 Umumiy tasdiq mulohazalar


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

1. Umumiy tasdiq mulohazalar. Ular bir vaqtning o'zida ham 
umumiy, ham tasdiq bo'lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma 
223 
1
^ • •
• • ••' -
:
 иЛ^^^Н 


talabalar mantiq ilmini o'rganadilar». Bu mulohaza lotin alifbo-
sidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S — P dir» formulasi 
orqali ifodalanadi. 1 
2. Umumiy inkor mulohazalar bir vaqtning o'zida ham umu-
miy, ham inkor bo'lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir 
ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu mulohaza «Hech bir S 
— P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan 
belgilanadi. 
3. Juziy tasdiq mulohazalar bir vaqtning o'zida ham juziy, ham 
tasdiq fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba'zi talabalar mas'uliyatli». 
U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba'zi S—Pdir» formulasi 
orqali ifodalanadi. 
4. Juziy inkor mulohaza bir vaqtning o'zida ham juziy, ham 
inkor bo'lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba'zi talabalar tartib-
li emas». Uning formulasi «Ba'zi S—P emas» bo'lib, lotincha О 
harfi bilan belgilanadi. 
Ajratib ko'rsatuvchi va istisno qiluvchi mulohazalar. Shunday 
mulohazalar borki ularda nimadir ajratib ko'rsatiladi yoki istisno 
qilinadi. «Guruhimiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada 
qatnashadi». Bu ajratib ko'rsatuvchi mulohazadir. «Davrada ya-
qinlarimdan boshqa hamma bor edi». Bu istisno qiluvchi mulo­
hazadir. 
Predikatning mazmuniga ko'ra oddiy mulohaza turlari. Ular 
quyidagilardan iborat: atributiv mulohazalar, mavjudlik (ekzisten-
sial) mulohazalari va munosabat (relyativ) mulohazalari. Atributiv 
(sifat va xususiyat) mulohazalarda biror xususiyatning predmetga 
xosligi yoki xos emasligi aniq, qat'iy ko'rsatiladi. Shuning uchun 
atributiv mulohazalarni birorta predmetning sinfga kirishi (man-
subligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi mulohaza deb 
ta'riflasa bo'ladi. Masalan, «Hamma daraxtlar o'simliklardir» va 
«Hech bir o'simlik hayvon emas». 
Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o'rtasida muayyan rau-
nosabatlarning bo'lishi yoki bo'lmasligini ifodalagan mulohaza-
larga munosabat (relyativ) mulohazalari deyiladi. Masalan: «Butun 
bo'lakdan katta». «Ikki — uchdan kichik son». Birinchi mulohaza-
da «kattalik» munosabati butun va bo'lak o'rtasida bo'lishi tas-
224 


diqlansa, ikkinchi mulohazada «uch» soni bilan «ikki» sonining 
munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan. 
Atributiv va munosabat mulohazalari bilan bir qatorda yana 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling