Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Tayanch tushunchalar: aql, tafakkur, mantiq, tafakkur shak-
li, tafakkur qonuni, nom, termin, tushuncha, oddiy tushuncha, 
murakkab tushuncha, jins, tur, tushunchani chegaralash, tu-
shunchani umumlashtirish, tushunchani ta'riflash, tushunchani 
bo'lish. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Bilish jarayoni qanday amalga oshadi? 
2. Tafakkur nima va u qanday xususiyatlarga ega? 
3. Mantiq atamasi qanday ma'nolarni ifodalaydi? 
4. Fikrdagi izchillik deganda nimani tushunasiz? 
5. Tafakkur qonunlarini bilmasdan ham to'g'ri fikrlash mum-
kinmi? 
6. Tushunchaning mazmuni va hajmining ta'rifini ayta ola-
sizmi? 
7. «E'tiqod» tushunchasiga ta'rif bering. O'z ta'rifingizni gu-
ruhingiz a'zolarining ta'riflari bilan solishtiring. 
11-mavzu. Mulohaza va xulosa chiqarish 
Oddiy mulohazaning kompleks tahlili: tarkibi, ifodalanishi, 
chinlik qiymati, turlari. Klassik formal mantiqda mulohaza ta-
fakkur shakllaridan biri sifatida tushunchadan keyin o'rganiladi. 
Mantiqdan yozilgan xorij adabiyotlarining ba'zilarida esa tafak-
kur shakllarini o'rganish mulohazadan boshlanadi. Mulohaza bi-
lan bog'liq masalalar doirasida tushunchalarga oid ma'lumotlar 
beriladi. Xulosa chiqarish alohida o'rganiladi
1
. Tafakkurlash ja-
rayonini bunday tartibda o'rganish insonning bolaligidan boshlab 
1
Morris R.Cohen Ernest Nagelan introduction to logic and scientific 
method New Dehli. 2007. Restall G. Logic. An introduction. Published in the 
Taylor & Francis e-Library, 2006. 
221 


mulohaza ko'rinishida fikr yuritishi, uning tushunchalar olami 
keyin shakllanishi bilan asoslanadi. Shuningdek, faqat mulohaza-
largina «chin», «yolg'on» qiymatlariga ega bo'ladi. Tushunchalarga 
esa bunday qiymatni berib bo'lmaydi. Masalan, «yo'lbars yirtqich 
hayvon» mulohazasini «chin» deb baholaymiz. «Yo'lbars» tushun-
chasini esa «chin» yoki «yolg'on» deb ayta olmaymiz, Chunki 
unda biror fikr tasdiqlanmagan ham, inkor qilinmagan ham. 
Demak, mulohaza chin yoki yolg'on bo'lishi mumkin bo'lgan 
fikr yuritish shaklidir. Uning asosiy vazifasi narsa bilan uning 
xususiyati, ular o'rtasidagi munosabatlarni ko'rsatishdir. Ana 
shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan 
iborat bo'ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisa-
larning tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy 
bog'lanishlarini hamda munosabatlarini bilib boramiz. Bilimlari-
miz turlicha bo'lgani uchun ularni ifodalaydigan mulohazalar 
ham har xil bo'ladi. Ba'zi mulohazalarda aniq, tekshirilgan bi-
limlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi tax-
min qilinadi, ya'ni noaniq bilimlar ifodalanadi. 
Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko'ra chin, xato 
va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo'ladi. Chinligi isbotlangan fikr-
ni chin deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo'ladi. Yolg'onligi is-
botlangan fikrni yolg'on deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo'ladi. 
Chinligi isbotlangan fikrni yolg'on deb tasdiqlovchi mulohaza 
yolg'on bo'ladi. Yolg'onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlov-
chi mulohaza yolg'on bo'ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xato-
ligini ham aniqlab bo'lmaydigan mulohazalar — noaniq bo'ladi. 
Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza man-
tiqiy kategoriya bo'lsa, gap grammatik kategoriyadir. Mulohaza-
lar, asosan, darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagi-
na fikr tasdiq yoki inkor shaklda bo'ladi va ular chin yoki yolg'on 
qiymatlari bo'yicha aniqlanadi. 
Masalan, «Til insonlar o'rtasidagi muloqot vositasidir», «Hi-
yonatkorlarning hech biri vijdonli emas» kabi gaplar mulohazani 
ifoda qiladi. Demak, mulohaza — predmetga ma'lum bir belgi-
ning (xossaning, munosabatning) xos yoki xos emasligini ifo-
dalovchi tafakkur shaklidir. 
222 


Mulohaza tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib 
ko'rsatish mumkin. Mantiqiy ega —fikr qilinayotgan predmet va 
hodisani bildiradi va fanda subyekt degan termin bilan ifodala-
nadi (simvolik belgisi — S). Mantiqiy kesim predmet xususiyatini, 
munosabatini bildiradi va fanda predikat degan termin bilan ifo-
dalanadi (simvolik belgisi — P). Mulohazaning subyekt va predi-
kati uning terminlari deb ataladi. Mulohazaning uchinchi zaruriy 
elementi mantiqiy bog'lamadir. U subyekt va predikatni bir-biri 
bilan bog'laydi, natijada mulohaza hosil bo'ladi. Mulohazaning 
simvolik ifodalanishi: 
S — P (tasdiq mulohaza), S — P emas (inkor mulohaza) 
Mulohazalar tuzilishiga ko'ra oddiy va murakkab bo'ladi. 
Oddiy mulohaza tarkibidan yana bir mulohazani ajratib 
bo'lmaydigan mulohazadir yoki bir subyekt va bir predikatdan 
tashkil topgan mulohazadir. 
Tarkibidan ikki yoki undan ortiq mulohazani ajratish mumkin 
bo'lgan mulohaza murakkab mulohaza deyiladi. Masalan, «Man-
tiq ilmini o'rganish to'g'ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi», 
degan fikr oddiy mulohazani ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur 
shakllari va qonunlarini o'rganadi» — bu murakkab mulohazadir. 
Oddiy mulohazalar ikki tamoyilga, ya'ni miqdori va sifatiga 
ko'ra tasniflanadi. 1-tamoyil. Miqdoriga ko'ra oddiy mulohazalar 
yakka, umumiy va juziy bo'ladi. 
Oddiy mulohazalarni tasniflashning ikkinchi tamoyi-
li bu ularning sifatidir, ya'ni tasdiq yoki inkor mazmunga ega 
bo'lishidir. Mulohazaning sifatini mantiqiy bog'lama belgilaydi. 
«Hamraa ilonlar zaharlidir» mulohazasining predikatida subyekt 
haqidagi fikr tasdiqlanadi. Bunday mulohaza tasdiqlovchi deyi­
ladi. «Hech bir riyo amal maqbul emas» mulohazasida subyekt 
haqida nimadir inkor qilinadi. Bu inkor mulohaza deyiladi. Mu-
lohazalarning to'g'ri yoki noto'g'riligini aniqlashda va ularni 
mantiqiy tahlil qilishda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati 
bo'yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalani-
ladi. Ular quyidagilardan iborat: 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling