Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
- 11-mavzu. Mulohaza va xulosa chiqarish Oddiy mulohazaning kompleks tahlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari.
Tayanch tushunchalar: aql, tafakkur, mantiq, tafakkur shak-
li, tafakkur qonuni, nom, termin, tushuncha, oddiy tushuncha, murakkab tushuncha, jins, tur, tushunchani chegaralash, tu- shunchani umumlashtirish, tushunchani ta'riflash, tushunchani bo'lish. Takrorlash uchun savollar 1. Bilish jarayoni qanday amalga oshadi? 2. Tafakkur nima va u qanday xususiyatlarga ega? 3. Mantiq atamasi qanday ma'nolarni ifodalaydi? 4. Fikrdagi izchillik deganda nimani tushunasiz? 5. Tafakkur qonunlarini bilmasdan ham to'g'ri fikrlash mum- kinmi? 6. Tushunchaning mazmuni va hajmining ta'rifini ayta ola- sizmi? 7. «E'tiqod» tushunchasiga ta'rif bering. O'z ta'rifingizni gu- ruhingiz a'zolarining ta'riflari bilan solishtiring. 11-mavzu. Mulohaza va xulosa chiqarish Oddiy mulohazaning kompleks tahlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari. Klassik formal mantiqda mulohaza ta- fakkur shakllaridan biri sifatida tushunchadan keyin o'rganiladi. Mantiqdan yozilgan xorij adabiyotlarining ba'zilarida esa tafak- kur shakllarini o'rganish mulohazadan boshlanadi. Mulohaza bi- lan bog'liq masalalar doirasida tushunchalarga oid ma'lumotlar beriladi. Xulosa chiqarish alohida o'rganiladi 1 . Tafakkurlash ja- rayonini bunday tartibda o'rganish insonning bolaligidan boshlab 1 Morris R.Cohen Ernest Nagelan introduction to logic and scientific method New Dehli. 2007. Restall G. Logic. An introduction. Published in the Taylor & Francis e-Library, 2006. 221 mulohaza ko'rinishida fikr yuritishi, uning tushunchalar olami keyin shakllanishi bilan asoslanadi. Shuningdek, faqat mulohaza- largina «chin», «yolg'on» qiymatlariga ega bo'ladi. Tushunchalarga esa bunday qiymatni berib bo'lmaydi. Masalan, «yo'lbars yirtqich hayvon» mulohazasini «chin» deb baholaymiz. «Yo'lbars» tushun- chasini esa «chin» yoki «yolg'on» deb ayta olmaymiz, Chunki unda biror fikr tasdiqlanmagan ham, inkor qilinmagan ham. Demak, mulohaza chin yoki yolg'on bo'lishi mumkin bo'lgan fikr yuritish shaklidir. Uning asosiy vazifasi narsa bilan uning xususiyati, ular o'rtasidagi munosabatlarni ko'rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo'ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisa- larning tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog'lanishlarini hamda munosabatlarini bilib boramiz. Bilimlari- miz turlicha bo'lgani uchun ularni ifodalaydigan mulohazalar ham har xil bo'ladi. Ba'zi mulohazalarda aniq, tekshirilgan bi- limlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi tax- min qilinadi, ya'ni noaniq bilimlar ifodalanadi. Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko'ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo'ladi. Chinligi isbotlangan fikr- ni chin deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo'ladi. Yolg'onligi is- botlangan fikrni yolg'on deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo'ladi. Chinligi isbotlangan fikrni yolg'on deb tasdiqlovchi mulohaza yolg'on bo'ladi. Yolg'onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlov- chi mulohaza yolg'on bo'ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xato- ligini ham aniqlab bo'lmaydigan mulohazalar — noaniq bo'ladi. Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza man- tiqiy kategoriya bo'lsa, gap grammatik kategoriyadir. Mulohaza- lar, asosan, darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagi- na fikr tasdiq yoki inkor shaklda bo'ladi va ular chin yoki yolg'on qiymatlari bo'yicha aniqlanadi. Masalan, «Til insonlar o'rtasidagi muloqot vositasidir», «Hi- yonatkorlarning hech biri vijdonli emas» kabi gaplar mulohazani ifoda qiladi. Demak, mulohaza — predmetga ma'lum bir belgi- ning (xossaning, munosabatning) xos yoki xos emasligini ifo- dalovchi tafakkur shaklidir. 222 Mulohaza tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko'rsatish mumkin. Mantiqiy ega —fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi va fanda subyekt degan termin bilan ifodala- nadi (simvolik belgisi — S). Mantiqiy kesim predmet xususiyatini, munosabatini bildiradi va fanda predikat degan termin bilan ifo- dalanadi (simvolik belgisi — P). Mulohazaning subyekt va predi- kati uning terminlari deb ataladi. Mulohazaning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog'lamadir. U subyekt va predikatni bir-biri bilan bog'laydi, natijada mulohaza hosil bo'ladi. Mulohazaning simvolik ifodalanishi: S — P (tasdiq mulohaza), S — P emas (inkor mulohaza) Mulohazalar tuzilishiga ko'ra oddiy va murakkab bo'ladi. Oddiy mulohaza tarkibidan yana bir mulohazani ajratib bo'lmaydigan mulohazadir yoki bir subyekt va bir predikatdan tashkil topgan mulohazadir. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq mulohazani ajratish mumkin bo'lgan mulohaza murakkab mulohaza deyiladi. Masalan, «Man- tiq ilmini o'rganish to'g'ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi», degan fikr oddiy mulohazani ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o'rganadi» — bu murakkab mulohazadir. Oddiy mulohazalar ikki tamoyilga, ya'ni miqdori va sifatiga ko'ra tasniflanadi. 1-tamoyil. Miqdoriga ko'ra oddiy mulohazalar yakka, umumiy va juziy bo'ladi. Oddiy mulohazalarni tasniflashning ikkinchi tamoyi- li bu ularning sifatidir, ya'ni tasdiq yoki inkor mazmunga ega bo'lishidir. Mulohazaning sifatini mantiqiy bog'lama belgilaydi. «Hamraa ilonlar zaharlidir» mulohazasining predikatida subyekt haqidagi fikr tasdiqlanadi. Bunday mulohaza tasdiqlovchi deyi ladi. «Hech bir riyo amal maqbul emas» mulohazasida subyekt haqida nimadir inkor qilinadi. Bu inkor mulohaza deyiladi. Mu- lohazalarning to'g'ri yoki noto'g'riligini aniqlashda va ularni mantiqiy tahlil qilishda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati bo'yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalani- ladi. Ular quyidagilardan iborat: Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling