Falsafa asoslari
Dediiktiv xulosa chiqarish
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Aylantirish
Dediiktiv xulosa chiqarish. Deduktiv xulosa chiqarishning
muhim xususiyati — unda umumiy bilimdan juz'iy bilimga o'tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlari- dan biri bevosita xulosa chiqarishdir. Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xu- losa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o'zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarki- bi, ya'ni subyekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bevosita xulosa chiqa- rishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud: I. Aylantirish (lot. — obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o'zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi 1 . Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo'sh inkor sodir bo'ladi, ya'ni avval asos- ning predikati, keyin bog'lovchisi inkor etiladi. Bu usul bilan quyidagi ikki formula asosida xulosa chiqarish mumkin: 1 Look: Morris R. Cohen Ernest Nagelan introduction to logic and scientific method New Dehli. 2007. P59. 232 S-P S-J]P S-P Is-lp Inkor qilish jarayonida (-ma; -siz; -mas) kabi qo'shimchalar yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo'lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat'iy mulohazalarning hammasidan aylan- tirish usuii bilan xulosa chiqariladi. № 1 2 3 4 Xulosa asosi bo'lgan mulohaza A. Hamma S-P E. Hech bir S-P emas I. Ba'zi S-P 0. Ba'zi S-P emas Xulosa bo'lgan mulohaza E. Hech bir S-Psiz emas A. Hamma S emas P dir 0. Ba'zi S-P siz emas I. Ba'zi S - P sizdir Aylantirishga misol: A. Hamma shifokorlar oliy tibbiy ma'lumotga ega. E. Shifokor bo'lganlarning hech biri oliy tibbiy ma'lumotsiz emas. E. Hech bir yolg'onchi rostgo'y emas. A. Hamma yolg'onchi bo'lmaganlar rostgo'ydir. I. Ba'zi suralar uzundir. O. Ba'zi suralar qisqa emas. 0. Ba'zi jumlalar tushunarli emas. 1. Ba'zi jumlalar tushunarsizdir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling