Falsafa asoslari
Implikativ mulohazaning chinlik jadvali
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Implikativ mulohazaning chinlik jadvali
p chin chin yolg'on yolg'on q chin yolg'on chin yolg'on p - + q chin yolg'on chin chin Ekvivalentlik mulohazalari «agar va faqat agar ... unda» man- tiqiy bog'lovchisi yordamida ikki oddiy mulohazaning o'zaro bog'lanishidan hosil bo'ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik muloha- zasi shartli mulohaza ko'rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli mulohazaning ekvivalent mulohaza ekanligini aniqlash zarur bo'ladi. Agar shartli mulohazaning asosi natijada qayd etil- 1 Look: Restall G. Logic. An introduction. Published in the Taylor & Francis e-Library, 2006. p. 17. 229 gan fikr uchun zaruriy va yetarli shart hisoblansa, unda bu mulo- haza ekvivalent mulohaza bo'ladi. Ekvivalent mulohazaning mantiqiy bog'lovchisi bog'lovehisi (=) yoki (<->) simvoli, ya'ni (moddiy) ekvivalentlik belgisi bilan ifodalanadi. Ekvivalent mulohazaning formulasi quyidagicha yoziladi: p <-» q. Bu mulohazani ikki qismga ajratish mumkin: p —»• q & q -> p. Masalan, Agar berilgan butun son juft son bo'lsa, unda u ikkiga qoldiqsiz bo'linadi. Ekvivalent mulohazaning asosi va natijasi chin bo'lganda yoki asosi ham, natijasi ham yolg'on bo'lganda, u chin hisoblanadi. Shartli va ekvivalent mulohazani bir-biridan farqlash uchun asos va natijaning o'rni almashtirib ko'riladi. Agar natija bo'lgan mu- lohaza asos mulohaza uchun sabab bo'lmasa, u holatda ekvivalent mulohaza bo'lolmaydi 1 . Quyidagi shartli mulohazaning asos va natija qismlarini o'zgartiramiz: «Agar insonning fikr doirasi keng bo'lsa, unda u ko'p mutolaa qilgan bo'ladi». «Agar inson ko'p mutolaa qilgan bo'lsa, unda uning fikr doirasi keng bo'ladi». Inson fikr doirasi- ning keng bo'lishi faqat ko'p mutolaa qilishiga emas, balki hayot tajribasiga, tafakkurlash qobiliyatiga ham bog'liq. Demak, beril- gan mulohaza ekvivalent mulohaza emas. p chin chin yolg'on yolg'on q chin yolg'on chin yolg'on p+->q chin yolg'on yolg'on chin Murakkab mulohazalarning chin bo'lish shartlarini bilish, fikrlarning chin yoki xatoligini aniqlash bilan birga, bu mulo- hazalar asosida to'g'ri xulosa chiqarishga hamda xulosa chiqa- rishda yo'l qo'yilgan xatolarni aniqlashga imkon beradi. 1 Look: Restall G. Logic. An introduction. Published in the Taylor & Francis e-Library, 2006. p.18. 230 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling