Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yagona oxshashlik metodi.
Ilmiy induksiya
Ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuv- chi belgining mavjudlik sababi o'rganiladi. To'liqsiz induksiya- ning bu turi hodisalarning sababini aniqlash va ularai ifoda etuv- chi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham ilmiy induksiya deb ataladi. Sababiy aloqadorlikni aniqlash ilmiy induktiv xulosa chiqa- rishda muhim ahamiyatga ega. Sababiy aloqadorlikni aniqlash va o'rganishda quyidagilarga e'tibor berish zarur: — ikki hodisa o'rtasidagi zaruriy aloqadorlik muayyan sharoit- da ularning biridan (sabab) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqa- radi. Sabab-hodisaning yo'qligi oqibat-hodisaning ham yuzaga chiqmasligini bildiradi; — sabab-oqibat munosabatlari umumiy xarakterga ega, olam- dagi hech bir hodisa sababsiz mavjud bo'lmaydi; — sabab va oqibat vaqtda ketma-ket keladi. Lekin, oldinma- ketin kelgan hodisalarning hammasi ham sababiy aloqadorlikda bo'lavermaydi; — sabab-oqibat munosabatlari bir ma'noli bo'lib, muayyan sa- bab o'ziga muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqaradi. Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sa- bab-hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqa- rishi yoki aksincha, bir oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar ta'sirida paydo bo'lishi mumkin. Sababiy aloqadorlikni aniqlashning bir qancha metodlari mav- jud bo'lib, ular ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi. Bularga 240 o'xshashlik, tafovut, yo'ldosh o'zgarishlar va qoldiqlar metodlari kiradi. Ularning bar birini alohida ko'rib chiqamiz. Yagona o'xshashlik metodi. Unda o'rganilayotgan hodisaning sababi haqidagi xulosa shu hodisaning kuzatilayotgan tomonlari- ni solishtirish, ularning o'xshash tomonini aniqlash asosida hosil qilinadi. Bu metoddan foydalanib xulosa chiqarilganda, hodisa ning kuzatilayotgan hoUari uchun faqat bitta holatgina umumiy bo'lsa, ana shu holat mazkur hodisaning sababi deb olinadi. Ya gona o'xshashlik metodining formulasi: 1. ABC a 2. ADE a 3. AGF a Demak, A holat ma'lum darajada a hodisaning sababidir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling