Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Tayanch tushunchalar: mulohaza, subyekt, predikat, umumiy 
mulohaza, juziy mulohaza, oddiy mulohaza, murakkab mulohaza, 
birlashtirivchi mulohaza, ayiruvchi mulohaza, shartli mulohaza, 
ekvivalent mulohaza, chin mulohaza, yolg'on mulohaza, xulosa 
245 


asosi, xulosa, mantiqiy ergashish, deduktiv xulosa chiqarish, in-
duktiv xulosa chiqarish, analogiya, dilemma, trilemma. 
12-mavzu. Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining 
mantiqiy shakllari 
Asosli muhokama yuritish (argumentlash)ning mantiqiy asos-
lari: isbotlash va rad etish. 
Inson kundalik muloqotida dalillash, isbotlash tushuncha-
larini ko'pincha bir xil ma'noda, sinonim tushunchalar sifatida 
qo'llaydi. Aslida ular mazmuniga ko'ra o'zaro yaqin bo'lgan va 
hajmiga ko'ra bo'ysunish munosabatidagi tushunchalardir. Da-
lillash hajmiga ko'ra keng tushuncha bo'lib, isbotlash tushun-
chasi unga bo'ysunadi. Dalillash argumentlash tushunchasi bilan 
ekvivalentdir. 
Argumentlash — (lot. argumentatio — dalil, argument kelti-
rish) ilgari surilgan fikrga nisbatan boshqa tomon (auditoriya, 
yakka shaxs va b.)ning ijobiy munosabatini (ma'qullashi, qabul 
qilishi) shakllantirish maqsadida dalillar, argumentlarni keltirish. 
Argumentlashning maqsadi — ilgari surilgan holatlarning audito-
riya tomonidan qabul qilinishiga, konstruktiy munosabatlarning 
shakllanishiga erishishdir; auditoriyani uning e'tiboriga havola 
qilinayotgan holatning, fikrning adolatli ekanligiga ishontirishdir, 
uni shu fikrni qabul qilishiga va shunga muvofiq harakat qilishiga 
erishishdir. Argumentlashda «haqiqat-yolg'on», «ezgulik-yovuz-
lik» dilemmalari muhim emas. Muhimi, ilgari surilgan fikrga 
nisbatan ishonchni shakllantirish, ishontirishdir. Tinglovchilar 
yoki kuzatuvchilarni ishontirish, e'tiqodini shakllantirish uchun 
nafaqat verbal (nutq orqali), balki noverbal (harakat, yuz ifodasi, 
ko'rgazmali vositalar va b.) usullardan ham foydalaniladi. Argu-
mentlashning tarkibida tezis — mulohaza yoki mulohazalar tizimi 
va dalil yoki argument — tezisni asoslash uchun keltirilgan fikr, 
mulohazalar ajratiladi. Argumentlash til vositasida ta'sir qilish 
bo'lib, biron-bir fikrni ma'qullash yoki rad etish uchun dalillar, 
argumentlarni o'z ichiga qamrab oladi. U avvalo inson ongiga 
qaratilgan bo'lib, inson o'ylab, bu fikrni qabul qilishi yoki rad 
etishi mumkin. Argumentlashga quyidagilar xos: 
246 


— argumentlash hamma vaqt til vositasida amalga oshiriladi; 
— argumentlashning vazifasi kimningdir e'tiqodini, ishonchi-
ni kuchaytirish yoki susaytirishga yo'naltirilgan faoliyatdir; 
— argumentlash ijtimoiy faoliyatdir, Chunki u faqat insonga va 
insonlarga qaratilgan bo'lib, boshqa tomonning keltirgan dalil-
lariga o'zining faol munosabatini bildirishni — dialogni nazarda 
tutadi; 
— argumentlash retsipiyentlarning aqliy faolligini, ya'ni ar-
gumentlarni o'ylab qabul qilishi yoki qarshi chiqishini nazarda 
tutadi. 
Argumentlashning tuzilishi va usullari bilan tanishishdan av-
val isbotlash va rad etishning mohiyati, tuzilishi, usullari va qoi-
dalarini bilib olish zarur, Chunki ular argumentlashning xususiy 
ko'rinishidir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling