Falsafa asoslari
Bahs-munozara jarayonida mantiqiy qonun-qoidaiarning buzi-
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chinligini ham, xatoligini ham birdek isbotlash mumkin bolgan fikrlarga esa paradoks deyiladi.
- Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipo
- muammoli vaziyat
Bahs-munozara jarayonida mantiqiy qonun-qoidaiarning buzi-
lishi bilan bog'liq bo'lgan va bilmasdan yoi qo'yilgan mantiqiy xato — paralogizmlar deb ataladi. Masalan: «Missioner» parologizmi. Bir missioner (dinni targ'ib qiluvchi odam) kannibal (odamxo'r) lar orasiga tushib qolibdi. Kanniballar uni qanday qilib yeyish masalasida bahslashib qolishibdi. Ba'zilari qovurish kerak desa, boshqalari qaynatish kerak debdi. O'zaro kelisha olmay bir qa- rorga kelishibdi. Ular missionerga: «Sen biror gap aytgin. Agar gaping to'g'ri bo'lsa, seni qaynatib, noto'g'ri bo'lsa, qovurib yey- miz» — deyishibdi. Missioner ularga «Meni qovurib yeysizlar» — deb javob beribdi». Missionerning javobi kanniballarning o'zaro tortishuviga sabab bo'libdi. Chunki qovurib yesalar, u to'g'ri gapirgan bo'ladi va uni qaynatish kerak bo'ladi. Agar qaynatib yesalar, unda noto'g'ri gapirgan bo'ladi va shartga muvofiq uni qovurish kerak bo'ladi. Kanniballarning tortishuvidan foydalan- gan missioner qochib qutuilibdi. Chinligini ham, xatoligini ham birdek isbotlash mumkin bo'lgan fikrlarga esa paradoks deyiladi. Masalan, «Buning isboti yo'qligi isbotlangan», «Hech qachon «hech qachon» so'zini aytma», «O'yinning faqat bitta qoidasi bor, u ham bo'lsa, hech qanday qoida yo'q». Yuqorida qayd etilgan holatlarni bilib olish insonga bahs- munozara jarayonida dadil ishtirok etib, o'z qarashlarini himoya qilishga, mustaqil nuqtayi nazarga ega bo'lishga va boshqalarning zararli ta'sirlaridan saqlanishga yordam beradi. 3. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipo- teza, nazariya. Bilish jarayonida inson voqea va hodisalarning mohiyatini tushunib boradi. Inson qancha ko'p bilimga ega bo'lmasin, bil- magan narsalari undan ham ko'proq bo'ladi. Bilmagan, noma'lum narsalarni bilish uchun hamma vaqt ham mavjud tasavvurlar, prinsiplar yetarli bo'lmaydi. Bilish jarayonida mavjud bilimlari- mizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qi- lish zaruriyati o'rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat 255 paydo bo'ladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal qilish, fanda esa tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo'ladi. Masalan, kompyuter viruslariga qarshi himoya tizimini yaratish shunday muammolardan hisoblanadi. Meditsina sohasida rak kasalligini davolash, avtomobilsozlikda yoqilg'ini tejovchi vositalarni ixtiro qilish, ekologiya bilan bog'liq muammolar va boshqa sohalarga oid muammolar mavjud. Hozir- gi kunda bu muammolarni hal qilish uchun mavjud qonun va prinsiplarning yetarli emasligi, fanda yangi izlanishlar olib bo- rishni talab qilmoqda. Ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ich- ki ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi vaqtda matematikada to'plam nazariyasi bilan bog'liq muammo- larni hal qilish zaruriyati bunga misoldir. Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd qilingan yangi faktlar o'rtasidagi ziddiyatning paydo bo'lishi yoki ana shu ilmiy tasavvurlar yetarli darajada tizimga solin- maganligi, yaxlit bir ta'limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir. Mana shundan kelib chiqib, muammoli vaziyat bilish taraq- qiyotining turli bosqich va bo'g'inlarida olam hamda uni bi- lish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o'zgartirishning obyektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling