Falsafa asoslari


Muammoni qo'yish va hal etish


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Muammoni qo'yish va hal etish. 
Muammo — javobi bevosita mavjud bilimda bo'lmagan va ye-
chish usuli noma'lum bo'lgan savoldir. 
Shuning uchun ham muammoni qo'yish va hal qilish mavjud 
bilimlarni qayta ishlash, ba'zi hollarda esa, hatto, ular doirasi-
dan chetga chiqishni, yangicha yechish usuli, metodlarini qidirib 
topishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surish va 
muhokama qilish xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz 
ehtiyojlari belgilab beradi. 
Ko'lamiga ko'ra shaxsiy, hududiy, bir davlat yoki bir necha 
davlat miqyosidagi va umuminsoniyat muammolarini ajratish 
mumkin. Bu muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur 
shartlaridan biri uni to'g'ri qo'yish va aniq bayon qilishdan iborat. 
To'g'ri qo'yilgan savol muammoning yarim yechimi hisoblanadi. 
256 


Muammoni to g и qo'yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasav-
vur qilishning o'zi yetarli emas. Har qanday muammoning yechi-
mi ilmiy asoslangan bo'lishi kerak. Buning uchun muammoni 
hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko'ra 
bilish muhim ahamiyatga ega. 
Muammolarni qo'yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bi-
limlari va qobiliyati muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Odatda, 
ko'p hollarda yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu 
sohasining yirik mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur 
bilimli olimlar tomonidan ilgari suriladi hamda ular ba'zan 
uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, milliy 
ma'naviyatimizga yot g'oyalarning yoshlar ongiga salbiy ta'siri 
muammosining qo'yilishi va tadqiq etilishi misolida ko'rish 
mumkin. Ma'lumki, OAV, Internetdagi ayrim ma'lumotlar en-
digina ma'naviy olami shakllanayotgan, shaxsiy tajribasi haqi-
qatni yolg'on, uydirmadan farqlashga yetarli bo'lmagan yosh-
larda hayotiy tushunchalarning shakllanishiga salbiy ta'sir 
ko'rsatmoqda. Yosh avlod ma'naviy olamining daxlsizligini 
asrash jamiyatimiz oldida turgan muammolardan biridir. Bu 
muammo faylasuflar, gumanitar fan vakillari tomonidan tadqiq 
etilmoqda. 
Muammoli vaziyatni tahlil qilishga turli xil tomondan yon-
dashish mumkin bo'lganligi uchun ham hal qilinishi lozim 
bo'lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mum­
kin. Bunda ba'zi muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa, ba'zilari 
bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va shuning uchun 
ham juziy xususiyatga ega bo'ladi. Ko'p hollarda bir-biri bilan 
bog'lanib ketgan mana shunday juziy muammolar hal qilingan-
dan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va yechish 
imkoniyati vujudga keladi. 
Muammolarni to'g'ri qo'yish va bayon qilish ularni ye-
chishdan kam ahamiyatga ega emas. Muammoni to'g'ri qo'yish 
uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida, jamiyat hayotida tutgan 
o'rni va ahamiyatini to'g'ri baholash, uni hal qilishning metod-
larini topish zarur. Bu amalda qo'yilishi mumkin bo'lgan turli 
xil muammolar ichidan eng muhimi va to'g'risini tan lab olishni 
257 


bildiradi. Muammoni tanlash malum bir darajada tadqiqotning 
umumiy yo'nalishi va xususiyatlarini belgilab beradi. 
Oxir- oqibatda qaysi muammoni qo'yish amaliy faoliyatimiz ehti-
yojlariga bog'liq. Chunki faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning 
ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari o'rtasidagi 
ziddiyat yaqqol namoyon bo'ladi, ilmiy izlanish predmeti aniqla-
nadi va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo'yiladi. 
Ilmiy muammo, odatda, malum bir nazariya doirasida vu-
judga keladi va uning yordamida hal qilinadi. Ba'zi hollarda esa 
muammo mavjud nazariyani o'zgartirish va muammoni yechishga 
moslashtirishni talab qiladi. 
Muammoni yechish uchun quyidagi ishlar amarga oshiriladi: 
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bolmaydigan fakt 
va hodisalar aniqlanadi; 
b) muammoni hal qilish g'oyalari va metodlarini tahlil qilib, 
ularga baho beriladi; 
d) muammoni hal qilish turi, maqsadi, olingan natijani tek-
shirish yollari belgilab olinadi; 
e) muammoning negizi bilan uni yechish uchun ilgari surilgan 
g'oyalar o'rtasidagi aloqaning xususiyatlari ko'rsatiladi. 
Bu ishlar amalga oshirilgandan keyin bevosita muammoni ye-
chishga kirishiladi. 
Barcha muammoning yechilishi nisbiy xususiyatga ega. 
Boshqacha aytganda, muammoning mutlaq tola yechimini 
topish qiyin. Chunki o'rganilayotgan hodisaning barcha tomon-
larini qamrab olib bolmaydi. Shuning uchun ham ilmiy izlanish 
davomida yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bo'lib, u 
mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo etadi. 
Ba'zi hollarda muammolarning yechimini uzoq vaqtgacha 
topib bolmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o'rganish. bilan 
bogliq muammo hozirgacha tola hal bolmagan. 
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay yechimiga ega emas, 
degan fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud metodlar, vosita-
lar yordamida yechib bolmaslikni ko'rsatadi xolos, va shu tariqa 
yechishning yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, 
muammo hal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi. 
258 



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling