eng asosiy vositalardan biri — savol-javob (dialog)dir. Savol-javob-
ni tashkil eta bilish insonda voqelikka mos (adekvat) tushuncha-
larning shakllanishiga, mulohazalarini to'g'ri qurishga va xulosa
chiqarishga o'rgatadi.
Savol-javob, dialog erotematik (grek. yerotematikos — savol
shaklida) mantiqda o'rganiladi. Savol mantiqiy reallikning
o'ziga xos alohida ko'rinishidir. Savol berish, ya'ni fikrni to'g'ri
javobga yo'naltirish san'ati — tafakkurlash madaniyatining zaru-
riy elementidir. Mantiqan to'g'ri savollarni qo'ya bilish aqllilik,
farosatlilikning muhim belgisidir. Savol nima? Savol — keng
ma'noda tafakkur shakli bo'lib, uning yordamida qo'yilgan
maqsadlarga erishish uchun ma'lum turdagi bilimlarning yetish-
maslik (tanqislik) holati tilda ifodalanadi
1
. Inson bilimi predmet
va hodisal#r haqida avvalgi hosil qilingan mulohazalardan yan-
gi, ularni to'ldiradigan, kengaytiradigan mulohazalarni yara-
tishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma'lum bir savol
larni qo'yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo'ladi. Savol
so'roq gap yordamida ifoda qilingani uchun, undagi ma'lumot
yakunlanmagan bo'ladi. Mulohaza va so'roq gap bilishda turli-
cha vazifalarni bajaradi. Mulohazaning vazifasi predmet haqi-
dagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bo'lsa, savol uning
yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, aniqlashga,
o'rganishga qaratilgan bo'ladi. Savollar iltimos yoki talab qilib
beriladi.
Demak, savol avvaldan ma'lum bo'lgan axborot asosida
Do'stlaringiz bilan baham: