Falsafa asoslari
Etika va siyosatshunoslik
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etika va ekologiya.
- Gedonizm va evdemonizm talimotlari.
Etika va siyosatshunoslik. Etikaning siyosatshunoslik bilan
aloqasi, ayniqsa, o'ziga xos va murakkab. Chunki siyosiy kurash qarama-qarshi axloqiy qoidalar va talablar kurashlni taqozo etadi. Shaxsiy intilishlar bilan davlat va jamiyat manfaatlarining mos- ligi, maqsadlar va vositalaming рок yoki nopokligi muammolari o'rtaga chiqadi. Lekin, aslida siyosat qay darajada axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona bo'ladi. Bu hozirgi kunda etika ham, siyosatshunoslik ham jiddiy tadqiq etadigan eng muhim umumiy muammolardan biridir. Etika va ekologiya. Keyingi paytlarda etikaning ekologiya bilan aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan etika ko'proq insonning o'zi, o'zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini tahlil etish bilan shug'ullangan, uning tabiatga bo'lgan munosabati diqqat markazidan chetda qolib kelgan. Lekin keyingi davrlarda, ayniqsa, XXI asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doira- sidagi yondashuvlar oqibatida paydo bo'lgan ekologik buhron manzarani o'zgartirdi. Endilikda global ekologik muammolar ko'proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtayi nazarlariga bog'liq ekani ma'lum bo'lib qoldi. Shuningdek, etika fani uning nazariy asoslari bo'lmish me- zoniy tushunchalar (muhabbat va nafrat, g'azab, rashk, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, hayotning ma'nosi), tamoyillar (insonparvarlik va erk- parvarlik, vatanparvarlik va millatparvarlik, fidoyilik va ziyoli- lik, mehnatsevarlik, tinchlikparvarlik, jo'mardlik, o'zbekchilik) hamda me'yorlar (halollik va rostgo'ylik, insoflilik, xushfe'llilik, shirinsuxanlik, kamtarinlik va bosiqlik) kabi etikaning tadqiqot obyektini aniq va keng qamrovli tasavvur qilishga yordam beradi. Gedonizm va evdemonizm talimotlari. Qadimgi davr axloq- shunosligida paydo bo'lgan falsafiy-axloqiy ta'limotlardan biri gedonizm bo'lib, uning mohiyatiga ko'ra inson faqat jismoniy 272 rohatlanmasdan, ruhiy huzurlanish xususiyatiga egadir. Gedo- nizm ta'limotining asoschisi Aristippdir (e.av. 435—355-y.y.). U Suqrotning zamondoshi bo'lib, insonning ruhiy holati ikki turda bo'lishini aniqlaydi. Birinchisi, inson rahining rohatlani- shi bo'lsa, ikkinchisi noxush og'riqli holatidir. Insonning butun hayot mazmuni rohatlanishdan, huzurbaxshlikdan iborat, degan g'oyani ifoda etadigan tushuncha bu gedonizm (qad. yun. hedone — zavqlanish, rohatlanish)dir. Gedonizm ta'limotiga ko'ra, inson o'z hayotining tabiiy ehtiyoji, asosiy harakatlantiruvchi kuchi si- fatida huzurbaxshlikka, rohat-farog'atga intiladi. Aristipp fikri- cha, rohatlanish yengil, yoqimli va huzurbaxshlik bilan kechsa, ruhiyatnig noxush og'riqli holati esa azob va qiynoqlardan ibo- ratdir. Aristipp fikricha, inson og'riqdan qochishi va iloji bori- cha rohatlanishga intilishi oqibatida baxtga erishishi mumkin, jismoniy ehtiyojlarni qondirish esa inson hayotining mazmun- mohiyatini tashkil etadi. Bu ta'limotga binoan, huzur-halovat, rohatlanish baxsh etmaydigan harakatga e'tibor qaratish va kuch sarflash arzimaydi. Gedonizmning psixologik talqinida insonni harakatga un- dovchi asosiy kuch bu — zavqlanish va rohatlanishga intilish, deya e'tirof etiladi. Axloqiy gedonizmda esa, inson o'zining yoki o'zga kishilarning rohatlanishi uchun yashashi kerak, degan g'oyani targ'ib etuvchi turli xil falsafiy yondashuvlarni o'zida mujassamlashtirgan. Masalan, gedonizmni huzurbaxsh- lik, rohatlanish sifatida targ'ib etuvchi yondashuvlardan biri- ning asoschisi Epikur insonning yotsirashdan va jirkanishdan xalos bo'lishi bu — xohish-istaklarni qondirish, deya talqin etadi. Bu yondashuvda inson ehtiyojlarining qondirilishi emas, balki azob va baxtsizlikdan xalos bo'lish maqsadi ifoda etilgan. Inson hayotini gedonistik yondashuv asosida talqin qilish falsa- fa tarixida markaziy masalalardan biri bo'lib kelgan va ko'plab faylasuf-mutafakkirlar ijodida o'ziga xos tarzda ifoda etilgan. Fransuz faylasufi I.Bentamning yozishicha, «Tabiat insonni ikki asosiy borliq: azob va rohat girdobiga tushirgan. Ular bugun biz nima qilishimiz va ertaga nima bilan shug'ullanishiniizni belgilab beradi. Hatto haqiqat va yolg'on, sabab va oqibat me- 273 zonlari ham ana shu ikki asosiy negizga tayanadi». Gedonizm ta'limotida insonning mayl va ehtiyojlari jamiyatda o'rnatilgan ijtimoiy me'yorlarga qarama-qarshi qo'yiladi, inson erkinligini cheklovchi va uning o'ziga xos xususiyatlarini namoyish etishga to'sqinlik qiluvchi har qanday ijtimoiy shart va me'yorlar in- kor etiladi. Ular faqat shaxsiy ehtiyojlarni qondirish hayotining mazmuni deb biladi va bu yo'lda mavjud ijtimoiy qonun-qoi- dalarga bepisandlik bilan qarash, hatto ularni inkor etishgacha boradi. Evdemonizm (yun. yeudaimonia — baxt-saodat, rohat-farog'at) esa, baxt-saodat, rohat-farog'atni kishilar hayotining oliy maqsa- di, deb hisoblaydigan axloqiy yo'nalish bo'lib, bu ibora etimologik jihatdan, birinchidan, qoniqish hissining subyektiv holatini, ik- kinchidan, qoniqishga xizmat qiladigan obyektiv sharoit, ya'ni tashqi ne'matlarni anglatadi. Bu ikki jihat uzviy bog'liq bo'lsa- da, ba'zan ular bir-biridan farq qilishi, masalan, barcha moddiy ne'matlarga ega odam baxtsiz bo'lishi va aksincha, qashshoq, ust- boshi yupun inson o'zini baxtli his etishi mumkin. Evdemonizm yunon etikasining asosiy tamoyillaridan biri bo'lib, u Suqrotning shaxs ichki erkinligi, insonning tashqi dunyoga qaram emasligi to'g'risidagi g'oyasi bilan uzviy bog'liq. Evdemonizm baxt-sao- datni jismoniy va ma'naviy huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, balki uni keng ma'noda, barcha jismoniy va ma'naviy (ko'pincha fuqarolikka ham oid) qadriyatlarning majmuyi tarzida tushunadi. Bu ta'limotga ko'ra, o'z shaxsiyatida ana shu qadriyatlarni mujassamlantira olgan kishigina chinakam baxt-saodat sohibi- dir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farog'at baxsh etadi. Qadimgi yunon allomalari Demokrit va Epikur evdemonizmning yorqin namoyandalaridir. Yunon mutafakkirlarining qarashlari- da «baxt» tor, individual axloq doirasida (xususan, baxt inson ijodi bilan bevosita bog'liq holda) talqin etilgan bo'lsa, nasroniy axloqda baxt haqidagi axloqiy me'yor va tushunchalar ongdan tashqarida bo'lgan diniy tasavvurlar bilan bog'liqligi asoslanadi. Boshqacha aytganda, inson axloqi va ma'naviyatining mazmun- mohiyatini belgilab beradigan chinakam baxtga qadr-qimmat va uning mahsuli bo'lgan baxt o'rtasida ziddiyat bo'lmagan dunyo- 274 dagina erishish mumkin. Evdemonizm yo nalishi namoyandalari qarashlarida inson uchun eng buyuk ne'mat baxt sanaladi. Uning asosida yunon faylasufi Arastuning baxt haqidagi ta'limoti yota- di. Uning fikricha, baxt bu «biz doimo uning o'zi uchun o'zini tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy tu- shunchadir 1 . O'rta asrlar tafakkurida evdemonizm (baxtga yeti- shuv ta'limoti) akviniyalik Foma ta'limotiga yo'naltirilgan bo'lib, yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir, degan g'oyani tasdiqlar edi. Evdemonizm yo'nalishidagi huzurbaxshlik ta'limotini yoq- lovchilar Epikur, Gassendi, Lametri, Volter, Golbaxlar baxt va huzurbaxshlikni uyg'unlashtiradilar. Ammo gedonizmdan farq- li o'laroq huzurbaxshlik bu yerda insonning axloqiy faoliyati bilan bevosita bog'lanadi. Misol uchun, Epikur nazdida yuk sak darajadagi huzur tuban jismoniy lazzatda emas, balki nafis ma'naviylikdadir. Faqatgina mutlaq sokinlik va ataraksiya hola- tidagina inson haqiqiy baxt egasiga aylanadi. Yangi davrda evde monizm ko'plab faylasuflar tomonidan rivojlantirilgan. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling