Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Mehnatsevarlik — ijtimoiy foydali mehr at uchun o'z vaqti 
va kuchini berishga tayyorlik holati. Mehnatsevarlik mehnatga 
bo'lgan ijobiy munosabatning namoyon bo'lishidir. Shaxs man-
287 


faati nuqtayi nazaridan, mehnatsevar insonning o'z hayotida mu-
vaffaqiyatga erishish garovi bo'lsa, axloqiy nuqtayi nazardan xalq 
farovonligini ta'minlash uchun zarur faoliyatdir. Mehnatsevar-
likning yo'qligi va dangasalik esa nuqson sifatida qaraladi. Shu 
bilan birga, ishga haddan tashqari ruju qo'yish ijtimoiy manfaatlar 
nuqtayi nazaridan biroz qoralanadi ham. Bunday mehnat, ya'ni 
o'zaro munosabatlar evaziga mehnatga ruju qo'yish, shaxsning 
o'z egoistik maqsadi yo'nalishidagi faolligi deb qaraladi. Shuning 
uchun mehnatga baho berishda masalaning ma'naviy jihati us-
tunlik qiladi. 
Tinchlikparvarlik — shaxs axloqi va ma'naviyatini belgilovchi 
fazilatlardan biri bo'lib, u urushlarga yo'l qo'ymaslik, davlatlararo 
nizo va mojarolarni siyosiy vositalar bilan hal etish, mamlakat 
ichidagi kelishmovchiliklarni tinch yo'llar bilan bartaraf qilish, 
inson huquqi va qonun ustuvorligini ta'minlash tamoyillarini ifo-
dalovchi tushunchadir. 
Tinchlikparvarlikning yana bir ko'rinishi bu totuvlik bo'lib, 
1) tor ma'noda — odamlar, oila, mahalla yoki guruh a'zolari ora-
sidaga o'zaro ma'naviy-murosaviy munosabat; 2) keng ma'noda 
fuqarolarning ma'naviy-axloqiy mezonlari, xatti-harakatlari, 
hayotga munosabatlarida ko'zga tashlanadigan ma'naviy hodisa. 
Totuvlik jamiyatda turli xil ijtimoiy qatlam va guruhlarning turli 
millat, irq va dinga mansub kishilarning o'zaro munosabatlari-
da, ularning muayyan davlat siyosatiga bo'lgan munosabatlarida 
hamfikrlilik tamoyili asosidagi umumiylikni anglatuvchi tushun-
cha hamdir. 
Axloqiy me'yorlar ham inson hayotida muhim ahamiyat kasb 
etadi. Halollik - vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik me-
zoniy tushunehalari bilan bog'liq, insonning o'zgaga munosa-
bati o'ziga munosabatidek sof, pokiza bo'lishini talab qiladigan 
axloqiy me'yordir. Dastavval u diniy tushuncha sifatida vujudga 
kelib, har bir musulmonning yemak-ichmagi, jinsiy va iqtisodiy 
xatti-harakatlari sifatini belgilab beruvchi shar'iy me'yor bo'lib 
amal qilgan, uning ziddi — harom diniy nuqtayi nazardan sal-
biy hisoblangan xatti-harakatlarga nisbatan qo'llanilgan. Ko'rib 
o'tganimizdek, har bir diniy e'tiqodning asosida axloqiylik yota-
288 


di va u ko'p hollarda ibodatdan baland qo'yilgan: solih banda-
lar, «Qur'on»da aytilganidek, eng avvalo go'zal axloq egalaridir. 
Shu boisdan keyinchalik halollik nisbatan tor shar'iy qobiqdan 
chiqib, asta-sekinlik bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy 
me'yorga aylandi, teran ma'naviylik kasb etgani holda, kundalik 
hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo'lib 
qoldi. Masalan, hozirgi kunda ixtisoslashgan mehnat taqsimoti-
ning takomillashuvi, ilm-fan taraqqiyotining yuksalishi natijasida 
biz kasbiy halollik ilmiy halollik, iqtisodiy halollik va boshqalar 
haqida gapirishimiz mumkin. 
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka 
nisbatan kam uchramasligi doimo axloqshunoslarni tashvishga 
solib kelgan. Chunonchi, Imom G'azzoliyning harom yeyish 
haqida to'xtalib, mana bunday deyishi bejiz emas: «Chunonchi, 
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida, hayo-
ni — dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul 
ma'naviy nurning ziyosiga muhtojdir, u iffatning pardasi, vijdon-
ning niqobi deb ataydi». 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling