Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkparvarlik.
Insonparvarlik — insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgi-
laydigan va barqaror etadigan g'oyalar, qarashlar va e'tiqodlar majmuyi, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo'lish huqu- qini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonchdir. Rostgo'ylik Insonning yuksak ijtimoiy maqomini belgilaydigan, bu boradagi diniy va dunyoviy, g'oyaviy-mafkuraviy, milliy va umumbashariy qarashlar, mezonlar, qadriyatlar va an'analar tizi- mini ifodalovchi tushunchadir. Insonparvarlik — odamiylikdir. Uning tub mohiyati inson zoti- ni hurmat qilish, qadr-qimmatini bilish hamda baxt-iqboli yo'lida doimo fidokorlik bilan kurashish va g'amxo'rlik ko'rsatishdan iboratdir. Insonparvarlik — odamzodning qadri, erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo'lishi uchun kurashish, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotni ta'minlashdir. Chinakam insoniylik viqori kishida hamdo'stlik, hamkorlik, hamdardlik, hamjihatlik, adolatlilik, adolatparvar, tinchlik, to- tuvlik, rahmdillik, ko'ngilchan, bag'rikenglik va boshqa yuksak ma'naviy komilliklarni jamlagandagina namoyon bo'ladi. 284 Erkparvarlik. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi - erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Erkpar- varlik, avvalo, o'z millati, o'z vatani erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib qo'ygan insonlar tamoyilidir. Erkparvar inson qullikning, mutelikning har qanday ko'rinishini inkor etishi barobarida inson huquqlarining torn ma'nodagi jang- chisiga ham aylanadi. Bu jangchi bir tomondan, har bir shaxsning so'z erkinligi, o'z fikrini erkin bayon qilishi, saylash huquqi, vij- don erkinligi uchun kurashadi, ikkinchi tomondan, butun-butun millatlar erki masalasini o'rtaga tashlar ekan, malum ma'noda milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling