Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Vatanparvarlik — insonning o'z tug'ilgan joyiga cheksiz mehr-
muhabbat qo'yib, uning xizmatida bo'lishdir. Vatan inson uchun or-nomus, shon-shavkat va g'urur-iftixor manbai hisoblanadi. Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo'lida fidoyilik ko'rsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxt-u saodati uchun kuch- g'ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyo- dagi eng muqaddas va oliyjanob faoliyatni anglatadigan tushun- cha vatanparvarlik nihoyatda serqirra bo'lib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib, yan- gicha ma'no-mazmun bilan boyib, rivojlanib boradi. Vatan man- faati, qadrlashqimmati, taqdiri, istiqboli, ona yurtga muhabbat tuyg'usi qancha chuqur anglansa, vatanparvarlik tuyg'usi shuncha yuksak bo'ladi. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy taraqqiyotning turli bosqichlarida vatanparvarning yangi-yangi qirralari namo- yon bo'lib boradi. Haqiqiy vatanparvar, Vatanga, ona zaminga, o'z xalqiga muhabbat bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo'lida tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish zarurati tug'ilganda jo- nini fido qilishni nazarda tutadi. Millatparvarlik. Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu — mil- latparvarlik. U, ma'lum ma'noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Shu o'rinda millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib yubormaslik lozim. Millatchilik o'z millatini ajratib olib, unga 285 buyuklik maqomini berishga mtilish bo lsa, millatparvar- lik, boshqalarni kamsitmagan holda, o'z millati ravnaqi uchun kurashish, bu yo'lda, lozim bo'lsa, o'z hayotini ham fido qilish demakdir. U insonparvarlik bilan ham chambarchas bog'liq. Chunki o'z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi. Asl millatparvar — milliy o'zligini anglab yetgan inson. U o'z millati bilan faxrlanadi, o'z millati bilan butun jahonning faxrlanishini istaydi. Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g'oya yotadi, u millatni sevish amaliyotining — millatparvarlikning ilmiy-nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. Milliy g'oyaning zamonaviy, biz tanlagan ko'rinishini, uning mafkuraviy jihatlari- ni O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Kari- mov shunday ta'riflaydi: «Milliy mafkuramiz har qanday mil- latchilik va shunga o'xshash unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo'lib, qo'shni davlat va xalqlar, umuman, jahon hamjami- yatida, xalqaro maydonda o'zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo'lishi darkor». Uning ikkinchi jihati esa mana bunday talqin etiladi: «Milliy g'oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurt- ga sadoqat yo'lida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo'lishi zarur». Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling