Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining qo-
nuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi. 
Juziy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va 
hodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan 
asosli taxminiy fikrdan iborat. Arxeologik qazishlarda topilgan 
predmetlarning tabiati, qaysi davrlarga oid ekanligi haqidagi tax-
minlar juziy gipotezaga misol bo'ladi. 
Mantiqda ishchi gipotezalar ham farq qilinadi. 
Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladi-
gan taxmin bo'lib, o'z oldiga o'rganilayotgan hodisaning sababini 
aniqlashni maqsad qilib qo'ymaydi; u faqat kuzatish va eksperi-
ment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi. 
Shunday qilib, gipoteza muammoning yechimini topish uchun 
xizmat qiladigan fikrlarning, bilimlarning mavjud bo'lish va 
rivojlanish shaklidir. 
Nazariya bilimlarning mantiqiy tizimi sifatida. Har bir fan so-
hasida turli nazariyalar mavjud bo'ladi. «Nazariya» atamasi keng 
260 


ma'noda amaliyotdan farq qiluvchi aqliy faoliyat turini ifodalaydi. 
Tor ma'noda esa, nazariya ma'lum bir sohaga oid tasavvurlar, 
tushunchalar, g'oyalar, gipotezalarni tizimga soladigan, shu so-
hani yaxlit tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklidir. 
Nazariya ilmiy bilishning shakli sifatida empirik va nazariy bos-
qichlarning birligini ifodalaydi. 
Empirik bosqichda ilmiy faktlar to'planadi, o'rganiladi, tizim-
ga solinib, turli xil jadvallar, shakllar, grafiklar tuziladi; muayyan 
bir umumlashmalar, xususan, empirik tushunchalar, farazlar, 
empirik qonunlar shakllanadi. 
Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida 
hosil qilingan, lekin o'zaro aloqasi hali aniqlanmagan bilimlar 
o'rtasida munosabatlarni o'rnatish, ularni umumlashtirish, shu 
asosda yangi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni 
yaratish, ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy bog'liq. 
Bilishning bu ikki bosqichi o'rtasida zaruriy aloqadorlik mav-
jud. Nazariyani yaratish empirik bilish jarayonida hosil qilin-
gan predmetning ayrim tomonlari, xususiyatlarini aks ettiruv-
chi tushunchalar, qonunlar, farazlar o'rtasida mantiqiy aloqalar 
o'rnatishga, predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilish, uning 
mohiyatini tushuntirishga bo'lgan ehtiyoj bilan belgilanadi. 
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, nazariyaga quyidagicha ta'rif 
berish mumkin: Nazariya ma'lum bir predmet sohasiga oid tu-

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling