Falsafa asoslari


 Mantiqan o'rinli va mantiqan o'rinsiz qo'yilgan savollar


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

3. Mantiqan o'rinli va mantiqan o'rinsiz qo'yilgan savollar. 
Bitta bo'lsa ham to'g'ri javob bersa bo'ladigan savol mantiqan 
o'rinli savoldir. Bema'niligi tufayli javobsiz qolgan savol o'rinsiz 
savoldir.

4. Ilmiy va ilmiy bo'lmagan savollar. Ilmiy savollarning rema-
sida, ma'lum bir kontekstda empirik yoki abstrakt obyektlarning 
sinfini ifodalovchi, hech bo'lmaganda bitta ilmiy termin bo'ladi. 
Ilmiy bo'lmagan savollarda bunday termin bo'lmaydi. 
Har qanday savolda axborotni aniqlashga qaratilgan element 
mavjud bo'lib uni tekshirish, baholash va faollashtirish kerak 
bo'ladi. Savollarni bilib tanlash, tuzish va muayyan tartibda be-
rish orqali muammoni hal qilish uchun yordam beruvchi sharoit-
ni tug'dirish va yechimini tezroq aniqlashga imkoniyat yaratiladi 
Javob — qo'yilgan savolga muvofiq holda avvalgi bilimni 
aniqlashtiradigan, to'ldiradigan yangi mulohazadan iborat. U 
savolning asosini tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda yan-
gi bilim olishga imkon beradi. Javob savolda mavjud bo'lgan 
263 


noaniqlikni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Inson o'zining 
shaxsiy tajribasiga, olgan bilimlariga, dunyoqarashiga mos 
holda savolga javob qidiradi. Ular yetarli bo'lmasa, bilimnihg 
konkret sohalariga, turli manbalarga murojaat qiladi. Ular ja-
vobni qidirish sohasi, deb ataladi. Mantiqda javobning bir qan-
cha turlari ajratiladi: 
1. Bevosita (aynan so'ralgan savolga javob berish) va bilvosita 
javoblar (so'ralgan savolga taalluqli boshqa ma'lumotlarni qo'shib 
javob berish). 
2. To'liq (savolning barcha elementlari haqida ma'lumotlar 
berilgan) va to'liqsiz (savolning ba'zi elementlari haqida 
ma'lumotlar berilmagan) javoblar. 
3. Chin (voqelikni adekvat aks ettirgan) va xato (voqelikni 
adekvat aks ettirmagan) javoblar. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling