2. Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis is-
botlanmagan argumentlarga asoslansa, bunday argumentlar te-
zisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi taxmin-
lanadi, xolos.
3. «Aylanma isbot etish» deb nomlanuvchi xato. Tezisning chin-
ligi argumentlar orqali, argumentlarning chinligi tezis orqali isbot-
lansa mantiqiy xatoga yo'l qo'yiladi. Masalan, «So'zning qudrati
fikr bilan o'lchanadi», degan tezisni «Fikrning qudrati so'z bilan
o'lchanadi», deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo'l qo'yiladi.
III. Isbotiash usuli (demonstratsiya) bilan bog'Iiq xatolar.
1. «Yolg'on (soxta) isbotiash». Agar tezis uni isbotiash uchun
keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xa-
toga yo'l qo'yiladi. Bunda tezisga aloqador bo'lmagan argument-
larga asoslaniladi. Masalan, «A shaxs yomon odam», degan tezis
«Tunda yomon odamlargina ko'chada yuradi», «A shaxs ko'chada
tunda yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki
(soxta) isbotlangan bo'ladi.
2. Shartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga o'tish. Muayyan
vaqt, munosabat doirasida chin bo'lgan (shartlangan) fikrni, do-
imiy, o'zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy
xatoga yo'l qo'yiladi.
3. Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog'Iiq
bo'lgan xatolar.
2. Argumentlashning strategiyasi va taktikasi. Fikrni asoslash-
da uchraydigan xatolar.
Do'stlaringiz bilan baham: